6 - LABORATORIYA ISHI
RIP, EIGRP, OSPF VA BGP PROTOKOLLARI ASOSIDA DINAMIK
MARSHRUTLASHNI SOZLASH
Ishdan maqsad
Dinamik
marshrutizatsiya RIP, EIGRP, OSPF,
BGP protokollari asosida
qurilgan tarmoqda xavfsizlikni ta’minlash bo`yicha amaliy ko`nikmaga ega
bo`lish.
Topshiriq
Dinamik marshrutizatsiya protokollari (RIP, EIGRP, OSPF, BGP)
asosida yaratilgan tarmoq topologiyasini yarating.
R1, R2 va R3 marshrutizatorlarining interfeyslarini sozlang va tekshiring.
Har-bir
dinamik
marshrutizatsiya
protokoli
doirasida
axborot
oqimlarining autentifikatsiya masalalarini sozlang
Har bir marshrutizatorning marshrutizatsiya jadvalini o‘rganing.
6.1-rasm. Tadqiq qilinayotgan tarmoq topologiyasi
Qisqacha nazariy ma’lumotlar
IP - texnologiyasida marshrutlash jarayoni umuman tarmoqning unumdorligi
va samaradorligiga ta’sir qiladigan asosiy omillardan biri hisoblanadi.
RIP, EIGRP, OSPF,
BGP Authentication
2
Marshrutlash - bu tarmoqning turli segmentlarida joylashgan oxirgi tizimlar
o‘rtasida ma’lumotlarini uzatishga imkon beruvchi mexanizm hisoblanadi.
Marshrutizatsiya protokollari static va dinamik turlarga bo`linadi.
Statik
marshrutlash deganda vaqt davomida o‘zgarmaydigan
marshrutlar va jadval
bo‘yicha o‘zgaradigan marshrutlar nazarda tutiladi.
Dinamik marshrutizatsiya protokollari IP-tarmoq marshrutizatorlariga
optimal marshrut jadvalini (tanlangan mezonlar asosida) avtomatik ishlab chiqish
va tarmoq topologiyasida sodir bo‘ladigan o‘zgarishlarga
mos holda uni dinamik
ravishda o‘zgartirib borish imkonini beradi. Dinamik
marshrutlash quyidagicha
klassifikatsiyalanadi (6.1-rasm).
Dinamik marshrutizatsiya protokollari
Ichki marshrutizatsiya
protokollari
Tashqi marshrutizatsiya
protokollari
Masofa-vektor
protokollari
Aloqa kanal holati bo’yicha
marshrutizatsiya
protokollari
Vektor yo’li bo’yicha
marshrutizatsiya
protokollari
IGRP
RIPv1
RIPv2
EIGRP
OSPF
IS-IS
BGP
6.1-rasm. Dinamik marshrutizatsiya protokollari klassifikatsiyasi