Риштон туман хтмфмттэ бўлими тасаруффидаги 1-сонли ўрта умумтаълим мактаби №23-сонли буйруғидан


SANA____________ 2021 yil Fan: Matematika 1



Yüklə 3,35 Mb.
səhifə3/58
tarix22.10.2023
ölçüsü3,35 Mb.
#159568
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   58
4-sinf Matematika fanidan to\'garak hujjatlari.docx

SANA____________ 2021 yil Fan: Matematika 1
Mavzu: 10 000 ichida raqamlashga oid misol va masalalar
To’garak maqsadi: O’quvchilarni “10 000 ichida raqamlashga oid misol va masalalar ” xossalari bilan tanishrirish, bilim ko`nikma hosil qilish.
1.Tarbiyaviy maqsad:ko'paytirish amali bilan bog'liq bo'lgan turli mantiqiy masalalar yechish asosida bolalarni ishlab chiqarishning turli sohalari bilan tanishtirish, shu soha mutaxassisliklariga, kasb egalariga hurmatni tarbiyalash;TK4to'g'ri fikrlashga, turli vaziyatlardan mantiqiy yo'l topishga o'rgatish;TK2 tabiatga muhabbatni tarbiyalash. Atrof-muhitga oqilona munosabatni shakllantirish.
2. Rivojlantiruvchi maqsad.Bolalar xotirasini rivojlantirish, hayotiy masalalarni mustaqil hal qilishga o'rgatish.Kasbga yo'llash:TK5kasbiy tushunchalar berish;
bolalardagi qiziqishlarni o'rganish.
To’garak Metodi: savol javob, tushuntirish
To’garak Jihozi: Mavzuga oid ko’rgazma, tarqatmalar.kitob
Darsning borishi.
I.Tashkiliy qism. Salomlashish, davomotni aniqlash, `o`quvchilarni o`quv qurollarini nazoratdan o`tkazish, aylanma daftarlarni almashtirish.
II. Otgan mavzuni so’rash va mustahkamlash. O`tilgan darsda “Takrorlash ” yuzasidan savol-javob o`tkazish, uy vazifasini bajarilishini tahlili o`tkazilib no`to`g`ri bajarilgan misollar yuzasidan ko`rsatma beraman.
III Yangi mavzu bayoni: 1. a) Sonlarni o‘qing: 1 232; 1 047; 2 705; 3 008; 2 000.
b) Eng kichik va eng katta bir xonali, ikki xonali, uch xonali va to‘rt xonali sonlarni ayting.
d) Sonlarni yozing:
– bir ming yetti yuz yetmish besh;
– to‘rt ming sakkiz yuz qirq;
– olti ming qiriq sakkiz;
– yetti ming ikki yuz;
– besh ming besh;
– to‘qqiz ming to‘rt yuz sakson bir;
– uch ming yigirma.
2. 3, 0, 0, 7 raqamlari yordamida beshta turli to‘rt xonali son yozing.
3. 4 449 sonidan keyin keluvchi ketma-ket beshta son yozing.
5 100 sonidan oldin keluvchi to‘rtta son yozing.
4. Ifodalarni > yoki < belgisidan foydalanib yozing:
a) 35 va 5 sonlarining yig‘indisi 10 dan katta; 35+5>10 40>10
b) 10 va 2 sonlari bo‘linmasi 4 va 3 sonlari ko‘paytmasidan kichik;10/2=5<3*4=12 5<12
d) 1000 soni 43 va 26 sonlari ayirmasidan katta;1000>43-26 1000>17
e) 48 va 40 sonlari ayirmasi noldan katta.48-40=8>0
5. O‘quvchilar maktab atrofiga 24 tup atirgul ko‘chati, undan 4 marta kam chinnigul va atirgul bilan chinnigul birgalikda nechta bo‘lsa, shuncha moychechak ko‘chati o‘tqazishdi. O‘quvchilar maktab atrofiga hammasi bo‘lib necha tup gul ko‘chatlari o‘tqazishgan?
VI. O`quvchilarni baholash va uyga vazifa: Darsda faol qatnashgan, doskada misol masala bajargan va birinch bo`lib bajargan o`quvchilarni baholayman. Uyga vazifani e`lon qilaman.

6.Ifodalarning qiymatini toping:


3 400 + 1 200= 4600 (510 – 160) + (350 – 130)=570
8900 – 7 500 = 1400 (480 + 500) – (630 + 170)=180


7. Sonlarni raqamlar bilan yozing:
a) olti yuz qirq ikki =6*100+4*10+2*1= 642
d) sakkiz ming to‘qson uch = 8*1000+10*9+1*3 =8093
b) yetti ming = 7*1000=7000
e) to‘rt ming uch yuz besh = 4*1000+3*100+10*0+5*1= 4305

Yüklə 3,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin