Rishton tumani xalq ta'limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo’limi tasarrufidagi 7-umumiy o’rta ta’lim MAKTABIda
9-sinflar o’rtasida tayyorlangan
Yangi yil bayrami T ADBIR SENARIYSI Yangi yil tadbir senariysi.
Yangi yilni o’tkazish uchun sahna bezatiladi. Archa o’yinchoqlar bilan bezatiladi.
Sahnaga tadbir ishtirokchilari o’zgacha bir hil kiyimda (qorbobo shapkasi, bo’yinbog’lar ya’ni zar ) kirib kelishadi.
1-Sug’diyona: Assalomu alaykum hurmatli ustozlar hamda o’quvchi yoshlar.
2-Husniddin: Hammangizni kirib kelayotgan yangi 2015 yil bilan chin qalbimizdan tabriklaymiz.
3-Fotima: 2015 yil sizlarga baxt va omad, hush kayfiyat, oilangizga tinchlik xotirjamlik olib kelsin.
1-Sug’diyona: Hammagizga hush kayfiyat tilagan holda davramizni boshlash uchun ishtirokchilarimizni taklif qilamiz.
2-Husniddin: Bugungi tadbirimizda “Sehirli Yulduzcha” o’yinini tashkil qilganmiz, ishtirokchilar tomonidan tadbirda yaxshi ishtirok etgan va qatnashgan tomoshabinlarga “Sehirli yulduzcha” berib boriladi, kim “Sehirli Yulduzchani” ko’proq to’plasa o’shanga ishtirokchilar tomonidan sovg’a beriladi.
1-Malohat:Tabassumga burkansin dunyo,
Qordek oppoq bo’lsin dilingiz.
Bo’lsin qordek tozа, musaffo
Qadam qo’ygan YANGI YILINGIZ
2-Bonu: Yangi yilning sovg'asi,
Bezatilgan archasi.
Biz ashula aytamiz,
Yangi yilni qutlaymiz.
Lay-lum, la-la-lum,
Yangi yilni qutlaymiz.
3-Izzat: Xush kelibsan Yangi yilim.
Yildan-yilga Yaxshi yilim.
Maktabimda O'z safimda
Quvnab-quvnab Oldim bilim.
Bayram to'ying Qo'shiq kuying,
Ochar doim Bahri dilim.
Yangi yilim -Yaxshi yilim.
2-Husniddin: Hozir davraga raqs ishtirokchilarini taklif qilamiz.
(Davrada Ziyodani qo’shig’I ostida raqschilar ijro etadi.