Rivojlangan davlatlarda ta`lim-tarbiya



Yüklə 107 Kb.
səhifə16/25
tarix16.10.2023
ölçüsü107 Kb.
#156389
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   25
Rivojlangan davlatlarda ta`lim-tarbiya-fayllar.org

4-savolga javob.


Shaxs rivojlanishining gender xususiyatlari. “Gender” atamasi 1968 yilda amerikalik psixolog olim Stoller tomonidan ilmiy iste’molga kiritilgan bo‘lib, “jins” ma’nosini bildiradi. Jinsiy munosabatlar ilgari ham psixologiyada faol o‘rganilgan bo‘lsa-da, yangi atamaning paydo bo‘lishi ijtimoiy fanlarda yangi oqimlarni yuzaga keltirdi. “Gender tarixi”, “Gender psixologiyasi”, “Falsafaning gender tomonlari”, “Gender antropologiyasi”, “Gender sosiologiyasi”, keyinchalik esa “Gender pedagogikasi” kabi fan tarmoqlari shakllandi. “Gender” tushunchasi, avvalo, erkak va ayol, o‘g‘il va qiz bolalar munosabatlarining ijtimoiy-psixologik hamda pedagogik tomonlarini qamrab oladi.
Adabiyotlarda gender tushunchasining bir necha xil talqini mavjud. Jumladan, faylasuflar uni quyidagicha tavsiflaydilar: «Gender» inglizcha so‘z bo‘lib, jinsga mansublikning ijtimoiy jihatlari ma’nosini anglatadi. Bu tushuncha erkaklar va ayollar o‘rtasida nafaqat biologik farqni, balki jamiyatning jinsiy taqsimotida ijtimoiy va madaniy tavsiflarning butun majmuini hisobga oladi. Erkaklar va ayollarga tegishli ijtimoiy bog‘liqlik, xulq-atvor va kutilgan natijalarni ifodalaydi. Psixologlar ham gender tushunchasiga o‘ziga xos tarzda yondashganlar: psixikaning gender asoslari jins va u bilan bog‘liq ijtimoiy stereotiplar, shaxsning psixologik ko‘rinishidir. Olimlar orasida bu xususiyatlarning qaysi biri tug‘ma, qaysi biri esa ta’lim va tarbiya jarayonida rivojlanganligi to‘g‘risida keskin munozaralar bormoqda. O‘g‘il va qiz bolalarning har bir xalq madaniyatida har xil tarbiyalanishi tufayli, ular maktabga kelgan davrdan boshlab jinslarning psixologik farqlari ma’lum bo‘ladi. Bu farqlar orasida psixologlar (A.E.Taras, 2002) qizlar o‘g‘il bolalardan matematik va vizual qobiliyatlari bilan ustunroq deb ta’kidlashadi. O‘g‘il bolalarda qizlarga qaraganda o‘ziga ishonch hissi kuchliroqdir. Qiz bolalar bir xillikka asoslangan qiziqarsiz faoliyatni engilroq qabul qilishadi. O‘zgaruvchan muhitga tez moslashishadi. O‘g‘il bolalar har bir holatni umumiy tarzda baholashsa, qizlar yaxshilab tekshirib, o‘ rganib, keyin unga baho berishadi. Pedagogik ma’noda gender - o‘g‘il va qiz bolalarning murakkab ta’limiy sosiomadaniy birligi bo‘lib, ularning xatti-harakati, mentaliteti va emosional xususiyatlari, o‘quv faoliyatidagi o‘zaro teng va farqli jihatlarini o‘z ichiga oladi. Bugungi kunda o‘g‘il va qiz bolalarning rivojlanishidagi fiziologik, axloqiy, emosional, xulq-atvorga oid farqlar to‘liq o‘rganilgan. Ana shu asosdan kelib chiqib, o‘quvchilarning rivojlanishida hisobga olish lozim bo‘lgan quyidagi gender xususiyatlarni sanab o‘tish mumkin: qiz bolalar o‘g‘il bolalarga qaraganda ikki marta ko‘proq savol berishadi; qizlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘zining istaklari haqida gapirmaydi, lekin tezda kelishib ketadi; o‘g‘il bolalar esa, hal qiluvchi fikrni ayta olishadi va o‘z Huqtai nazarida qolishni afzal ko‘rishadi; mustaqil hal etish bilan bog‘liq vazifalarni bajarishda o‘g‘il bolalar sifati, qiz bolalar esa hajmini hisobga olishadi; o‘g‘il bolalar ko‘proq falsafiy fikr yuritadi, fikrning mantig‘iga e’tibor berishadi; qizlarga ko‘proq psixologiya, adabiyot yoqadi; o‘g‘il bolalar dialog, munozarani afzal ko‘rishadi; qiz bolalar monologlikka moyil, eshitishni va o‘zida aks ettirishni yoqtiradi; o‘g‘il bolalar ko‘proq virtual(mo‘jiza)likka, xayolotga qiziqishadi; qiz bolalar o‘g‘il bolalarga qaraganda rasional va pragmatik. Ular o‘z tanlovlarini foydalilik nuqtai nazaridan, ya’ni tanlanayotgan narsa qanchalik maqsadga erishishga imkon berishiga qarab amalga oshirishadi; o‘g‘il bolalar o‘z tuyg‘ularini ochiq bayon etishadi; qiz bolalar o‘z xohish va istaklarini yashirishadi, aytish uchun uzoq vaqt kutishadi. Shaxs ijtimoiylashuvi. Ijtimoiylashuv insonning madaniyat, kommunikasiya ta’siri ostida shakllanish jarayoni, bir-birlari bilan muloqotda bo‘lishlarini ifodalasa, ijtimoiylashtirish tushunchasi esa, jamiyatning muvafaqqiyatli rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan namunali xulq, psixologik mexanizm, sosial norma va qadriyatlarni o‘zlashtirish jarayonidir. Ijtimoiy- falsafiy, psixologik va pedagogik tadqiqotlar jarayonida shaxs ijtimoiylashuviga xos bo‘lgan quyidagi holatlar aniqlangan: shaxsning ijtimoiylashuvida ayrim davrlarning va bir davrdan ikkinchi davrga o‘tish jarayonida ro‘y beruvchi ijtimoiy omillar (mega omillar, makro omillar, mezo omillar, mikro omillar), voqeliklar hamda ularning ta’siri etakchi o‘rin tutadi; bolaning kamol topishi, shaxs bo‘lib shakllanishida ijtimoiy, xususan, ota- onalar va bola o‘rtasidagi munosabatlar, ularning o‘ zaro hissiy birligi muhim ahamiyatga ega; shaxs muayyan sxemalar hamda kognitiv tuzilmalar yordamida boshqariladi; shu sababli uning ana shu sxema va kognitiv tuzilmalarga moslashuvi ijtimoiylashuv mohiyatini anglatadi; shaxs ijtimoiy ta’sirlar yordamida ilmiy bilimlar hamda kishilik madaniyati unsurlarini o‘zlashtiradi, ularning negizida esa u aqliy jihatdan kamol topadi va axloqiy sifatlarga ega bo‘ladi - mazkur holat shaxs ijtimoiylashuvining ustuvor jihati hisoblanadi; shaxsning ijtimoiylashuvi turli ijtimoiy tuzumlar, jamiyat rivojining muayyan davrlarida bir xil kechmaydi; har bir davri shaxsning ijtimoiylashuvida o‘ziga xos ko‘rinishda namoyon bo‘ladi; ijtimoiylashuv bolalikkagina xos xususiyat bo‘lmay, shaxs hayotining barcha davrlarini qamrab oladi. Ma’lumki, ijtimoiylashuv shaxsning jamiyatdagi qadriyatlarni qabul qilishi va zaruriy darajada ijtimoiy, fuqaroviy va shaxsiy etuklikka erishishi asosida jamiyatga kirib borishidir. Shaxsning ijtimoiylashuvi esa, inson o‘zini jamiyatda shaxs sifatida anglab borishi jarayonidir. Bu tarbiya, ta’lim, o‘z- o‘zini tarbiyalash jarayonida yuzaga kelib, inson qachonki, o‘z maqsadlarini mustaqil aniqlay olsa va ularga erishish yo‘llarini belgilay olganida, o‘z qadr- qimmatini anglab etganida, jamiyatdagi o‘z o‘rniga ishonch hosil qilgan taqdirda amalga oshadi.
3-Mavzu:

Yüklə 107 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin