Toshkent moliya universiteti
TOSHKENT MOLIYA UNIVERSITETI
Makroiqtisodiyot fanidan
Mustaqil ish
Mavzu: Naflilik nazariyasi va uning amaliyotdagi o‘rni.
Bajardi: Jo’raqulov Shaxobjon
Toshkent – 2022
REJA
Naflilik tushunchasi
Yalpi naflilik va keyingi naflilik tushunchalari
Me’yoriy naflilik va uning pasayib borishi.
Xulosa
Mavzuning qisqacha tafsiloti. Xarid qilishda iste’molchilar yoki uy xo‘jaligi tovar iste’mol qilishdan olinadigan me’yoriy naflilikni hisobga olishadi. Bu ikkita savolni yuzaga keltiradi: naflilik nima va u qanday hisoblanadi?
Biz ushbu bobda naflilik tushunchasi haqida va uning talab egri chizig’i bilan bog’liqligi, hamda shaxsning berilgan
Naflilik, yalpi naflilik va songgi qo’shilgan naflilik tushunchalari.
“Umumiy tarzda naflilikni insonning extiyojiniqondirabilish qobiliyati deb ta’riflashimiz mumkin”1. Iste’molchining bozordagi xatti-harakati so‘nggi qo‘shilgan naflilik nazariyasi hamda iste’molchi tanlovi nazariyasi orqali izohlanadi. Bu nazariya yordamida iste’molchining manfaati nuqtai-nazaridan uning afzal ko‘rishi qoidalari bayon etiladi.
Agar naflilikka iste’molchi o‘lchami bilan qaralsa, u iste’molchining biron-bir ne’matni iste’mol qilishidan olinadigan qoniqishni anglatadi. Iste’molchi tomonidan o‘zi uchun turli tovarlarning naflilik darajasining baholanishi iste’molchining afzal ko‘rishi deyiladi.2
Naflilik funksiyasi ma’lum miqdordagi tovarlarga boshqa bir miqdordagi tovarlarni taqqoslashni bildiradi. Naflilikni mutlaq ko‘rsatkichlarda o‘lchashning ahamiyati bo‘lmay, iste’molchi tanlovini naflilik darajasining ketma- ket joylashuvi bilan izohlash mumkin. Bir to‘plamdagi tovarlar nafliligi boshqasidan qay darajada afzalligini ko‘rsatib berish mumkin emas.
U (X ,Y ) XY
Naflilik funksiyasi iste’mol qilinayotgan tovarlar(X,Y)dan olinayotgan naflilikning hosilasini ifodalaydi:
So‘nggi qo‘shilgan naflilik (marginal utility) – muayyan ne’matning navbatdagi birligini iste’mol qilishdan olingan qo‘shimcha naflilikdir. So‘nggi qo‘shilgan naflilik umumiy naflilikning o‘sgan qismidan iborat ekan, u naflilik funksiyasining hosilasi hisoblanadi.
Muayyan ehtiyojni qondiruvchi har bir navbatdagi ne’mat oldingisiga qaraganda kamroq naflilikka ega bo‘ladi. Ne’matlarning cheklangan miqdori sharoitida esa doimo ehtiyojni eng kam darajada qondiruvchi «so‘nggi nusxasi» mavjud bo‘ladi.”3
“So‘nggi qo‘shilgan naflilik pasayib borish tendensiyasiga ega bo‘lib, bu iqtisodiy tamoyil sifatida ifoda etiladi. Mazkur tamoyilning mohiyati shundan iboratki, agar alohida olingan yakka iste’molchining holatidan kelib chiqilsa, ne’matlarni iste’mol qilish hajmining ko‘payib borishi bilan, ma’lum vaqtdan boshlab, muayyan ne’matning navbatdagi birligini iste’mol qilishdan olingan qo‘shimcha naflilik oldingisiga nisbatan kamayib boradi”4.
Kishi qanchalik ko‘p miqdordagi tovarni iste’mol qilsa, u shunchalik ko‘p yalpi naflilikka ega bo‘ladi.
Yalpi (umumiy) naflilik (total utility) so‘nggi qo‘shilgan naflilik ko‘rsatkichlarini jamlash orqali aniqlanadi.
Agar iste’molchi manfiy so‘nggi qo‘shilgan naflilikka ega bo‘lsa, u holda yalpi naflilik kamayadi.
So‘nggi qo‘shilgan naflilikning pasayib borish qonunini iste’mol qilingan muzqaymoq misolida 1.1-jadval orqali ifodalash mumkin.
1-jadval
Muzqaymoq iste’mol qilishdan olingan so‘nggi qo‘shilgan va yalpi naflilik
Iste’mol qilingan muzqaymoqlar soni
|
So‘nggi qo‘shilgan naflilik (MU)
|
Yalpi naflilik (TU)
|
0
1
2
3
4
5
6
7
|
- 10
8
6
4
2
0
-2
|
0
10
18
24
28
30
30
28
|
Jadvaldan ko‘rinadiki, musbat ishorali so‘nggi qo‘shilgan naflilikning oshib borishi bilan, yalpi naflilik miqdori o‘sib bormoqda. Biroq, bu o‘sish sur’ati muzqaymoqlarning navbatdagi soni qo‘shilishi bilan pasayib bormoqda. Manfiy ishorali so‘nggi qo‘shilgan naflilik yalpi naflilikning qisqarishiga olib kelmoqda.
Yuqorida keltirilgan misolni umumiy va so‘nggi qo‘shilgan naflilik grafiklarida quyidagicha tasvirlashimiz mumkin. Unga ko‘ra kishining umumiy nafliligi ma’lum iste’mol xajmigacha o‘sib boradi, keyin esa manfiy so‘nggi qo‘shilgan naflilik hisobiga kamayib boradi. Sunggi qo‘shilgan naflilik esa har doim tushib boradi. Bu so‘nggi qo‘shilgan naflilikning tushib borish qonuni deb ataladi
2-jadvalda rim raqamlari tovarlarning muximligiga qarab darajalarga ajratilishini bildiradi. Raqam qancha katta bo’lsa, tovarlar muhimligi shuncha kam bo’ladi. Shu tufayli suv 1- darajali, transport esa 5-darajali bo’lishi mumkin. Kamayib boruvchi arab raqamlari esa tovarlarni qancha ko’p istе'mol qilgan sari shunchalik mе'yoriy nafliligining kamayishini ko’rsatadi. Birinchi darajali tovarning birinchi birligining mе'yoriy nafliligi 10ga tеng, ammo kеyingi istе'mol qilingan birliklar uchun mе'yoriy naflilik kamayib boradi.
Menger jadvali
Umumiy va so‘nggi qo‘shilgan naflilik egri chiziqlari5
Befarqlik egri chizig‘i (indifference map) ehtiyojlarni bir xil darajada qondirilishini ta’minlovchi iste’mol to‘plamlari yig‘indisini namoyon etadi.
Masalan X nuqtadaga A va B tovarlari kombinatsiyasi I1 darajadagi naflilikni beradi nuqtada joylashgan A va B tovarlari kombinatsiyasi X nuqtadaga A va B tovarlari kombinatsiyasi bilan bitta I1 befarqlik egri chizig‘ida joylashganligi uchun ulardan iste’molchi tarafidan olinadigan naflilik miqdori bir biriga tengdir. Shuning uchun iste’molchi o‘z nafliligi maksimallashtiruvchi sub’ek sifatida ana shu ikki hil kombinatsiyani tanlashda befarq. Befarqlik egri chizig‘i pasayib boruvchi ko‘rinishda bo‘ladi. Befarqlik egri chizig‘ining pasayib borishi shu bilan izohlanadiki, tanlanishi lozim bo‘lgan har ikkala tovar ham iste’molchi uchun nafli hisoblanadi. SHunga ko‘ra, bir tovarlar to‘plami Zdan boshqa bir tovarlar to‘plami Xga tomon harakat qilinsa, A tovari iste’moli oshib boradi, aksincha V tovari iste’moli esa kamayib boradi. Iste’molchi bir hil befarqlik egri chizig‘ida bo‘lganligi sababli qo‘shimcha A tovarini iste’mol qilishdan olingan naflilik V tovarini bir qismidan voz kechilgani uchun yo‘qotilgan naflilikka teng bo‘lishi kerak. Befarqlik egri chizig‘i bo‘ylab iste’molchi o‘z tanlovini o‘zgartirgan sari istemolchining umumiy naflilik darajasi o‘zgarmaydi, lekin A yoki V tovarlari iste’moli kombinatsiyasi o‘zgaradi. Qisqasi, V tovar qanchalik ko‘p bo‘lsa, A tovar shunchalik oz bo‘ladi, chunki A va V tovarlar o‘rtasida teskari aloqa mavjud. O‘zgaruvchilari o‘rtasida teskari aloqa mavjud bo‘lgan har qanday egri chiziq esa pasayib boruvchi ko‘rinishda bo‘ladi.9
Agar iste’molchining A va V tovarlarning barcha to‘plamlari bo‘yicha afzal ko‘rishlarini egri chiziqlar orqali tasvirlansa, befarqlik kartasi hosil bo‘ladi. Har bir befarqlik egri chizig‘i kishi har biriga bir xilda qaraydigan tovarlar to‘plamini ifodalaydi. 2-chizmada befarqlik kartasining bir qismini aks ettiruvchi uchta befarqlik egri chizig‘i tasvirlangan. I3 befarqlik egri chizig‘i ehtiyojlarni qondirilishining eng yuqori darajasini aks ettiradi.10
Ehtiyojlarning har bir darajasiga ko‘ra cheksiz befarqlik egri chizig‘i mavjud bo‘lishi mumkin. Biz sodda ko‘rinishda faqat uchta egri chiziqni ifodaladik. Bu uch egri chiziq tovarlar to‘plamining ranjirovkasi (tartibini) ta’minlaydi. Ranjirlash to‘plamlarni afzallikning eng yuqori darajasidan eng kam tomonga yo‘naltirilgan tartibda qo‘yib chiqadi. Biroq, bu tartib bir to‘plamning boshqa biridan nechog‘liq afzalligini ko‘rsatib bera olmaydi. 11
Iste’molchi byudjeti
Iste’molchi hatti-harakatini tushunishda iste’molchi byudjetining cheklanganligi muhim ahamiyat kasb etadi. Byudjet cheklanganligi iste’molchining muayyan pul daromadlari mavjudligi sharoitida narxlarning muayyan darajasida u yoki bu turdagi tovarlarning ma’lum cheklangan miqdorini sotib olish imkoniyati orqali ifodalanadi.12 Iste’molchi byudjetining cheklanganligini grafikda ikki turdagi tovarni sotib olishning turli kombinatsiyalarini ko‘rsatuvchi byudjet chizig‘i (budget line) shaklida ham aks ettirish mumkin.
Byudjet chegarasi tenglamasi Р1Х 1+ Р2Х2 = R
Iste’molchi byudjeti chizig‘ining holatiga uning daromadlari va tovarlar narxining o‘zgarishi ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Misol uchun, iste’molchi daromadining muayyan miqdorida 20 birlik A tovar yoki 10 birlik V tovar sotib olish mumkin bo‘lsin. Birdaniga sotib olinishi mumkin bo‘lgan har ikkala tovarning turli kombinatsiyalari G byudjet chizig‘ida joylashadi. Agar iste’molchining daromadi 2 barvar oshsa, u holda uning byudjet chizig‘i ham tegishli ravishda G1 holatiga siljiydi. Aksincha, daromadning kamayishi, byudjet chizig‘ining ham qisqarishiga va G2 holatiga siljishiga olib keladi(3-chizma).
O‘z navbatida narxning o‘zgarishi ham byudjet chizig‘idagi turli o‘zgarishlarni keltirib chiqaradi (4-chizma).
Jumladan:
V tovar narxining pasayishi byudjet chizig‘i burchagining o‘zgargan holda yangi chiziq hosil bo‘lishiga olib keladi (M chiziq);
B tovar narxining oshishi byudjet chizig‘i burchagining o‘zgargan holda yangi chiziq hosil bo‘lishiga olib keladi (N chiziq):
A va V tovarlar narxi ilgarigi nisbat saqlangan holda oshsa, u holda eski chiziqqa parallel bo‘lgan yangi chiziq hosil bo‘ladi (L chiziq).
Iqtisodiyot nazariyasida iste’molchi tanlovini o‘rganishda mazkur tanlov oqilona ravishda amalga oshiriladi va quyidagi shartlar ta’minlanadi deb faraz qilinadi:
mavjud va cheklangan byudjetdan to‘liq foydalaniladi;
ehtiyojlar maksimal darajada qondiriladi.
Ma’lum olingan tovarning narxi o‘zgarsa u byudjet chizig‘iga ikkala turdagi o‘zgarish orqali ta’sir qiladi. Bu daromad samarasi va almashtirish samarasi. Bizning misolimizda olingan ikki tovardan aytaylik V tovarning narxi oshsa unda byudjetimizning real qiymati pasayadi, natijada iste’molchi nominal qiymati o‘zgarmagan xuddi shu byudjet darajasida har ikkala tovardan kamroq sotib olishi mumkin va bu byudjet chizig‘i chap tarafga parallel ravishda ko‘chib o‘tib, Qa1 Qb1 to‘g‘ri chizig‘i shaklini oladi (3.3-chizma). Bu narx o‘zgarishining daromad samarasi deyiladi. Ammo narx o‘zgarishi natijasida almashtirish samarasi yuz beradi. A tovarning narxi o‘zgarmay turib va ikkala tovarlarning nafliliklari o‘zgarmay turib V tovarning narxi oshishiuning narxiga nisbatan sunggi qo‘shilgan nafliligini kamaytiradi va iste’molchi o‘z tanlovini A tovarga tomon o‘zgartiradi. Bu esa byudjet chizig‘ining burchak koeffitsientini o‘zgartirishga olib keladi va byudjet daromadi darajasini o‘zgartirmagan holatda Qa1 Qb1 byudjet chizig‘i Qa0Qb2 to‘g‘ri chizig‘i shaklini oladi. Bu narx o‘zgarishining almashtirish samarasi deyiladi.
Iste’molchi tanlovi nazariyasi
Iste’molchi tovarlarning turli to‘plamini xarid qilishda doimo naflilikni maksimallashtirish qoidasiga amal qiladi. Bu qoidaning mazmuni quyidagicha bayon etiladi:
iste’molchi o‘zining daromadini shunday sarflashi kerakki, daromad to‘liq sarflangan holatda tovarni xarid qilishdan olingan so‘nggi qo‘shilgan naflilikning tovar narxiga nisbati barcha tovarlar uchun bir xil qiymatga ega bo‘lishi lozim.
bu erda: MU – X va Y tovarlarning so‘nggi qo‘shilgan nafliligi; P – ularning narxi.
Bu qoida iste’molchining muvozanatli holatini ifodalaydi.15
Iste’molchi o‘zining o‘z didi va ruhiyatiga ko‘ra turli xil tovarlar to‘plamini ma’qul ko‘rishi mumkin. Bunda u tovarlarning ma’lum bir to‘plamini boshqa biriga taqqoslab ko‘radi. Iste’molchi tanlovini tushuntirishda befarqlik egri chizig‘i muhim rol o‘ynaydi.
Optimal tanlov quyidagi shartlarni keltirib chiqaradi:
birinchidan, tanlov nuqtasining byudjet chizig‘ida yotishi. Iste’molchi amalda barcha daromadini iste’molga sarflamay, ma’lum qismini kelgusidagi iste’molga qoldirsada, nazariy jihatdan biz uni barchasi sarflanadi, deb faraz qilamiz. Agar nuqta byudjet chizig‘idan chapda yotsa – uning to‘liq sarflanmaganligini, o‘ngda yotsa – imkoniyat darajasidan chetda ekanligini tushunamiz;
ikkinchidan, tanlangan iste’mol tovarlari to‘plami eng ma’qul ko‘rilgan kombinatsiyada bo‘lishi lozim (6 - chizma).
Iste’molchining optimal tanlovi
6-chizmada uchta befarqlik egri chizig‘i ifodalangan bo‘lib, ular iste’molchiga turli darajadagi qoniqish beradi: I3 – eng yuqori darajadagi qoniqish; I2 – o‘rtacha qoniqish; I1 – eng kam qoniqish. Har bir egri chiziqda iste’molchi tanlovini ifodalovchi bittadan nuqta joylashgan: I1 da – C; I2 da – D; I3 da – F nuqtalar. S va D nuqtalar bir hil byudjet chizig‘ida joylashganligi uchun ikkala kombinatsiyaga ham bir hil byudjet sarflanadi. Iste’molchining C nuqtani tanlashi oqilona emas, chunki D nuqta unga nisbatan ko‘proq ehtiyojni qondiradi; F nuqta eng ko‘p ehtiyojni qondirishi mumkin, biroq u byudjet imkoniyatidan tashqarida hisoblanadi.
D nuqtada iste’molchi ehtiyojlarining qondirilishi maksimumlashadi, chunki bu nuqta ehtiyojlarning maksimal qondirilishini ta’minlovchi tovar va xizmatlar to‘plami eng ko‘p qoniqish beruvchi befarqlik egri chizig‘ining byudjet chizig‘i bilan kesishgan joyida yotadi.
D nuqta ayni paytda byudjet chizig‘ining va befarqlik egri chizig‘ining burchak koeffitsientlari bir biriga teng bo‘ladi. D nuqtada byudjet chizig‘ining burchak koeffitsienti A va V tovarlar narxlari nisbatiga teng, befarqlik egri chizig‘ining burchak koeffitsienti esa A va V tovarlar so‘nggi qo‘shilgan nafliliklari nisbatiga teng. Bundan kelib chiqib quyidagi formulani keltirishimiz mumkin17:
Dostları ilə paylaş: |