Xususiy embriologiya - ma’lum bir sistematik guruhga mansub hayvonlar yoki o’simliklarning embrion rivojlanishini o’rganadi, odam embriologiyasi, sut emizuvchilar embriologiyasi, qushlar embriologiyasi shular jumlasidan.
II. Individual rivojlanish biologiyasi fanining ikkinchi bo’limi embrion tug’ilishidan tabiiy o’limigacha bo’lgan davrni sitologiya, gistologiya, anatomiya, fiziologiya va boshqa biologiya fanlari nuqtai nazaridan o’rganadi.
Embrionni o’rganish uchun, har xil usullardan foydalaniladi.
1.Tirik embrionni kuzatish usuli. Bunda tirik embrion oddiy ko`z yoki lupa, mikroskoplar bilan kuzatiladi va tegishli xulosalar chiqariladi.
2.Fiksasiya qilingan embrionni o’rganish usuli. Yorug’lik va elektron mikroskoplar yordamida gistoradioavtografiya, gisto va immunositokimyoviy yordamida embrion o’rganiladi. Bu usullar embrion qismlarinining rivojlanish dinamikasida hujayra ichi o’zgarishlarini o’rganish imkonini beradi. Gisto va immunositokimyoviy usullar yordamida embrion hujayralarida o’tadigan biologik jarayonlar – DNK, RNK, oqsil, spesifik reseptor oqsillarning sintezi tadqiq qilinadi. Bu uslublarni qo’llash natijasida embrion rivojlanishida hujayra va to’qima ixtisoslashuvi to’g’risida muhim ma’lumotlar olinadi.
3. Gistokimyoviy usul. Bu usul yordamida ma’lumkimyoviy modda, yoki kiinyoviy jarayonning ma’lum organ, yoki to’qimaga ta’sir etishi o’rganiladi. Buning uchun, ma’lum to`qimadan bo’lakolinib, gistologikpreparat tayyorlanadivaor’ganiladi.
4. Radioavtografiya. Radioaktiv izotopli atomlar embrionga ozuqa, yoki boshqa yo’llar bilan yuboriladi. Keyin organlardan gistologik preparat tayyorlab, ular qaysi organlarga borganligi vata’siri o’rganiladi.
5.Sun’iy muhitda embrionni o’stirish usuli. Embrionning ma'lum qismini, yoki butunligicha sun'iy sharoitda o`stirib, uning ma’lum xususiyatlarini o’rganish mumkin.
6. Markerlash uslubi. 1925 yil V.Fokt (1888-1941) tomonidan taklif etilgan bu usul rivojlanayotgan embrion hujayralarining joylashuvini o’rganish imkonini beradi. Buning uchun embrion uchun zaharsiz bo’lgan markerlar (neytral qizil bo’yoqlar) va alohida oqsillarga mos antitanalar ishlatiladi. Antitanalarni qo’llashda ularning flyuroresiyalovchi bo’yoqlar va embrion oqsillari bilan birikish xususiyatidan foydalaniladi. Flyuroresent mikroskopiya yordamida bo’yoqlarning joylashuvi kuzatiladi va embrion to’qimalari rivojlanishida oqsillar sintezining dinamikasi o’rganiladi.
7. Mikroxirurgiya. XX asrning boshlarida G.Shpeman (1869-1941) maktabi vakillari tomonidan ishlab chiqilgan. Bu usul ichiga: hayvonlar tuxum hujayrasining qobiqlarini ajratish, bir embrion qismini boshqasiga ko’chirish kabi tajribalar kiradi.
Embrionning juda kichikligida maxsus nozik asboblar: shisha yoki volfrom igna, pinset, skalpellar yordamida embrionning ma’lum qismi ajralib olinib o’rganiladi. Bunday tajribalarni dastlab V. Ru o’tkazgan. Bunda, asboblar mikromani pulyator yordamida boshqariladi. Bu uslub embrion qismlari yoki uning alohida qismlarini (lazer nuri yordamida) buzilishini o’rganish imkonini beradi. Mikroxirurgiyaning bir ko’rinishi bo’lgan transplantatsiya hujayra migratsiyasi va to’qimalar rivojlanish manbalarini aniqlash uchun ishlatiladi. Bunga misol qilib bedana embrioniga tovuq embrionini ma’lum bir qismini ko’chirilishini keltirish mumkin. Bedana hujayrasining yadrosi o’ziga xos strukturaga ega bo’lib, tovuq embrioni hujayralaridan farq qiladi.
8. Eksplantatsiya. Embrionning uncha katta bo’lagan qismini ajratib olish va sun’iy muhitda o’stirish. Bu uslub yordamida embrionning rivojlanayotgan to’qimalari manbasi to’g’risida axborot olish mumkin va rivojlanish gistogenetikasi qonuniyatlarini aniqlash mumkin.
9. Yadro transplantatsiyasi. Embrionni klonlash imkonini beruvchi uslub. Masalan, Gerdonning baqalar ustida olib borgan tadqiqotlari.
10. Biokimyoviy usul. Bu usul yordamida embrion hujayrasi, yoki
to’qimasidagi moddalarning tarkibi o’riganiladi. Buning uchun, biokimyoning
hamma usullaridan foydalanish mumkin.
a) Kimyoviy uslublar – tekshirilayotgan materiallarda u yoki bu birikma va uning miqdorini bor-yo’qligini aniqlash uchun qo’llaniladi. Embrionning metabolitik xususiyatlarini tadqiq qilish uchun ko’pincha fermentlar faolligining tahlili o’tkaziladi.
b) qog’ozda xromatografiya
v) Elektroforez – Embrionning qismlarini ajratish uslubi sifatida qo’llaniladi.
g) Sentrofugalash- to’qimalarning eritmasi yoki gomogenatlari ham embrion qismlarini ajratish usuli sifatida ishlatiladi.
11.Nurlantirish usuli. Bunda, embrionning ma’lum qismini zararlantirish uchun nurlantiriladi. Buning uchun, rentgen va boshqa nurlardan foydalanish mumkin. Ayrim tajribalarda rentgen nurlar embrionning ma’lum qismiga ma’lum strukturani hujayralarining qo’zg’alishini kuzatish uchun yo’naltiriladi. Ko’p hollarda ul’trabinafsha va lazer nurlaridan foydalaniladi. Lazer nurlarining foydalanish uslubining aniqligi alohida xromasomalarni ma’lum uchastkalarini buzishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: |