Spermatogenez.
Jinsiy voyaga yetgan erkak urug’donida spermatozoidlar yetiladi. 300000 sperma 1 minutda, yoki 1 kunda 400 million hosil bo’ladi. 18.13 rasmda spermatogenez ko’rsatilgan. Diploid to’plamdagi (2n) birlamchi spermatotsitlar meyoz I da gaploid to’plamdagi ikkilamchi spermatotsitlarga aylanadi. Ikkilamchi spermatotsitlardan meyoz II da, 4 ta gaploid (n)spermatidahosil bo’ladi. Spermatidalar spermada yetiladi (spermatozoid). Erkak organizmidagi spermatozoidda 23 ta xromosoma, ya’ni gaploid to’plam bor. Spermatogenez jarayonida 1 ta hujayradan 4 ta spermatozoid hosil bo’ladi.