Rivojlanish falsafasi reja


Alohidalik, xususiylik va umumiylik



Yüklə 270,38 Kb.
səhifə10/16
tarix05.12.2023
ölçüsü270,38 Kb.
#172839
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16
Rivojlanish falsafasi reja (1)

Alohidalik, xususiylik va umumiylik - narsa va hodisalar, ularning bir-biriga o‘xshash va farq qiluvchi tomonlarini ifodalaydigan kategoriyalar; olamga xos munosabat va aloqadorlikni, olam taraqqiyotining xususiyati, uning makon va zamondagi mavjudlik shakllariga, har bir narsa yoki hodisaning ayrim belgilari hamda o‘zaro birlikni ifodalovchi umumiy tomonlarni ifodalaydigan tushunchalar.
Alohidalik kategoriyasi olamdagi narsa, voqea va jarayonlarga xos bo‘lgan aniq, yagona takrorlanmaydigan belgilar hamda xususiyatlarni ifodalaydi. Mazkur kategoriya tabiat va ijtimoiy hayotdagi narsa, alohida hodisa, juz’iy fakt va yagona voqea haqidagi tushunchalarni ham bildiradi. Masalan, har bir millatga xos madaniyatning til, urf-odat, an’ana, milliy xarakter, psixologiya kabi belgilari ayni shu shakl va mazmunda boshqa xalqlarda takrorlanishi mumkin bo‘lmagan ayrimlikdir. SHuningdek, tibbiyotda infarkt miokardi – Yurak-tomir kasalliklari sistemasida o‘ziga xos belgi va xususiyatlariga ko‘ra ayrimlikni ifodalaydi. Alohidalik kategoriyasi moddiy olam mavjudligi va undagi munosabatlarning faqat bir tomonini ifodalaydi, xolos. Ayrim olingan voqea, hodisa, alohida predmet va jarayonlar, ularga xos belgilar bilan, ayni paytda materiyaning konkret ko‘rinishlari, predmet, voqea va protsesslarni o‘xshash, aynan tomonlarini bildiruvchi umumiy belgilari ham mavjud.
Umumiylik kategoriyasi narsa, hodisa, jarayonlarga xos asosiy, doimiy takrorlanadigan belgilar va xususiyatlar yig‘indisini bildiradi. Bu kategoriya narsalarning kelib chiqish jihatidan umumiy ekanligini, ular taraqqiyot umumiy zanjirining uzviy bog‘liq xalqalari ekanligini, bir xil qonuniyatlarga bo‘ysunishi mumkinligini anglatadi.
Masalan, har qanday o‘tish davri eski jamiyatdan yangisiga o‘tish muammolarini hal etilish shakli bo‘lib, uning mazmuni mavjud ijtimoiy, iqtisodiy
munosabat, tartiblarni tubdan o‘zgartirishdan iboratdir. Xususan, O‘zbekistondagi hozirgi o‘tish davrida ham ana shunday o‘zgarish amalga oshmoqda, ammo bu jarayonda faqat bizning mamlakatimizga xos xususiyatlar ham bor. Xullas, umumiylik ayrimlikka nisbatan keng mazmunga ega, u ayrim narsa, hodisa va jarayonlarga xos bo‘lgan ichki qonuniyatni, umumiy asosni, o‘xshashlikni anglatadi.
Xususiylik – narsa yoki hodisalarning shunday doirasiki, bunda ular ma’lum bir munosabatda umumiy, boshqasida esa alohidalikdir.
Falsafaning bu kategoriyasi bilan «butun», «qism» «struktura», «sistema»,
«element», kategoriyalari o‘rtasida uzviy bog‘liqlik va muayyan farqlar mavjud. YA’ni «alohidalik», «xususiylik», «umumiylik» narsa va hodisalar rivojlanish jarayonidagi bog‘lanish, aloqadorlik munosabatlarining yaxlitligini nisbatan mustaqil ifodalash bo‘lsa, «butun», «qism», «struktura», «sistema», «element», kategoriyalari esa, ularning makon va zamondagi bog‘lanish munosabatlarini jarayon tarzida ifodalashdir. SHu nuqtai nazardan, butunni umumiylik, qismni yoki elementni alohidalik tarzida olib qarash holatlari uchraydi. SHuningdek, muayyan o‘xshashlik bo‘lishiga qaramasdan, sistemani umumiylik tarzida qabul qilish mumkin emas. Bunda sistema turli darajadagi umumiyliklarning majmui ham bo‘lishi mumkin. Umuman, narsa va hodisalarni targ‘ibiy jihatdan «butun»,
«qism», element» larga ajratish bilishga xos nisbiy hodisa bo‘lib, uning samaradorligini ta’minlaydigan zaruriy shartdir. SHunga ko‘ra, Yuqorida aytilgan har ikkala kategoriyalar tizimi bilishning bosqichi sifatida emas, balki uzili sifatida olib qaralishi kerak.

Yüklə 270,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin