Rivojlanish falsafasi reja



Yüklə 270,38 Kb.
səhifə14/16
tarix05.12.2023
ölçüsü270,38 Kb.
#172839
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Rivojlanish falsafasi reja (1)

Mohiyat va hodisa – olamdagi narsa, hodisa jarayonlarning ichki, muhim jihatlari hamda Yuzaki, tashqi tomonlarini ifodalaydigan falsafiy kategoriyalar. Mohiyat, narsa, buYum, jarayonlarning ichki, muhim, asosiy, zaruriy, barqaror aloqalari, tomonlari munosabatlarning yig‘indisini anglatadi. Hodisa esa mohiyatning tashqi ifodasi, namoyon bo‘lishi, narsa va jarayonlarning Yuzaki, nisbatan o‘zgaruvchan tomonlarini bildiradi. Zero, olamda yakka hujayrali tirik organizmlardan tortib, insongacha bo‘lgan qanchadan-qancha shakllari (hodisalar) borki, ularning bir qarashda payqash mumkin bo‘lmagan ichki umumiy tomoni, barchasiga xos modda almashinuvi (mohiyati) mavjud. Ma’lum mohiyatga ega bo‘lmagan jism, jarayon bo‘lmaganidek, muayyan hodisada ifodalanmagan mohiyat ham bo‘lishi mumkin emas. Binobarin, mohiyat va hodisa olamdagi narsa,
jarayonlarga xos tashqi va ichki tomonlarning birligidan iborat. Falsafada mohiyat va hodisa masalasiga turlicha, idealistik, materialistik va metafizik qarashlar mavjud. Jumladan, olam, uning hodisalari turli g‘oyalar yoki sezgilar yig‘indisidan iborat deb talqin etuvchilar nazdida mohiyat va hodisa ob’ektiv xarakterga ega emas, deyiladi. Boshqalar esa, butun voqelik ruhiy boshlang‘ichga asoslanadi, hodisalar mohiyati absolYut ideyadan kelib chiqadi (Gegel), mohiyat alohida ideal zamindir, u hodisalardan ayrim holda mavjud bo‘ladi, deb qaraydilar. Agnostitsizm mohiyat bilan hodisani ajratib tashlaydi, mohiyatga bilib bo‘lmas «narsa o‘zida» tartibida qaraydi. Ikkinchi tomondan ayrim faylsuflar narsalar mohiyatiga ruhiy mazmun beradilar va bu mazmunni moddiy jismlarga nisbatan birlamchi, deb hisoblaydilar (Aflotunning umumiy mohiyatlar g‘oyaviy olami, Gegelning tabiat mohiyatning ifodasi sifatidagi mutlaq g‘oyasi). Faylasuflarning ba’zi vakillari predmetlarda mohiyat bilan hodisani ajratib ko‘rsatishni sof sub’ektiv jarayon, deb hisoblaydilar (DYui, LYuis), mohiyatning ob’ektivligini inkor etadilar, hodisani esa sezgilar bilan bir qilib qo‘yadilar (Max fenomalizmi). Sub’ektiv idealizmning vakillaridan J.Berkli, D.YUm va I.Kant singarilar reallik sezgilar kompleksidan iborat ekan, demak, mohiyat va hodisa ham inson aqliy faoliyatining natijasi, deb qaraydilar. I.Kant nazarida mohiyat va hodisa o‘zaro bir-biriga aloqasi bo‘lmagan, ikki mustaqil substansiya bo‘lib, inson bilish jarayonida «narsa o‘zida» ni hech qachon bilishi mumkin emas. Kant hodisalarni bilishning hissiy va ratsional momentlari o‘rtasidagi birlik, bog‘lanishning hosilasidir, deb e’tirof etadi. Bunday qarashlarni, hozirgi zamon falsafasidagi nepozitivizm, pragmatizm oqimlari ham targ‘ib qilmoqda. Bu oqimlarning namoyandalari Uaytxed, Karnap, rassel kabilar Kant qarashlarini davom ettirmoqdalar. Tabiyot va tarixiy taraqqiyot shuni ko‘rsatadiki, mohiyat va hodisa olamning mavjudlik holatlari sifatida bir narsaning o‘zaro uzviy bog‘liq ikki tomonidir. Bir-biridan mustasno va aloqasiz hodisalar ham, mohiyatlar ham bo‘lmaydi. Hodisalar mazmunga ko‘ra mazmunan keng bo‘lib, har bir narsa va jarayonga xos individuallikni ifodalaydi. Mohiyat esa chuqur aloqalarni, hodisalarning o‘zaro munosabati va bog‘liqligidan kelib chiquvchi umumiylikni anglatadi. Mohiyat va hodisa tushunchalari hamisha o‘zaro chambarchas bog‘liqdir. Olamda hech qanday mohiyat yo‘qki, u zohirda namoyon bo‘lmasin va bilib olinmasin. SHuningdek, hech qanday hodisa yo‘qki, u mohiyat haqida biror – bir to‘la axborotni o‘z ichiga olmasin. Lekin mohiyat bilan hodisaning birligi ularning bir-biriga to‘la va mutlaq mos kelishini bildirmaydi. Mohiyat, hodisa zamirida yashiringan bo‘ladi, u naqadar chuqur bo‘lsa, uni nazariyada bilish shu qadar og‘ir kechadi.

Yüklə 270,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin