Rivojlanish psixologiyasi va pedagogik psixologiya



Yüklə 31,15 Kb.
səhifə2/2
tarix08.03.2022
ölçüsü31,15 Kb.
#53480
1   2
2. Kuzatish va eksperiment rivojlanish psixologiyasining asosiy metodi sifatida

EKSPERIMENT METODI

Eksperiment (lot. yexreptepgshp — tajriba, sinab koʻrish) — fanda narsa va hodisalarni sezgipredmet faoliyati bilan tadqiq qilish, oʻrganish. Kuzatishga qaraganda yuksakroq bilish usuli. Mohiyateʼtibori bilan tajriba tushunchasini ifodalasada, Eksperiment fanga nisbatan ishlatiladi. Eksperiment zarur shartsharoit yaratishni, turli vositalar bilan obʼyektni qayd etishni yoki hodisani sunʼiy ravishda yuzaga keltirishni, tegishli texnika va moslamalarni tatbiq etish va oʻlchash ishini oʻz ichiga oladi. Eksperiment bilish obʼyektini takror hosil qiladi, farazlarni tekshiradi. Eksperiment insonning obʼyektga moddiy taʼsir koʻrsatishiga, voqelikni amaliy oʻzlashtirishiga, bilimlarni boyitish va rivojlantirishga yordam beradi. Tabiiy va texnika fanlarida eksperimentdan haqiqatni bilish va uni isbotlash vositasi sifatida foydalaniladi. Eksperiment ijtimoiy hodisalarni, xususan, ijtimoiy fanlarni tadqiq etishda ham keng qoʻllaniladi.

Eksperiment metodi Kuzatish metodining ijobiy tomoni shundaki, bu metod yordami bilan psixik hayot faktlari ularning tabiiy sur’atda ro‘y berishida va o‘zgarishida o‘rganiladi, ya’ni haqiqatda, kishilarning kundalik turmushida qanday ro‘y bersa, o‘shanday holida tekshiriladi. Ammo bu metoddan foydalanganda ba’zi bir o‘ng‘aysizlik va qiyinchiliklarni uchratishga to‘g‘ri keladi, masalan, bu yerda tadqiqotchi psixologning tekshirishi uchun qaysi psixik hodisalarning yuzaga chiqishi kerak bo‘lsa, o‘sha hodisalar yuzaga chiqqan kishilarni qidirishga yoki biron kishida, ba’zan psixologning o‘zida shu hodisalarning yuzaga chiqishini kutib turishga to‘g‘ri keladi. Eksperiment metodidan foydalanganda bu o‘ng‘aysizlik va qiyinchiliklar barham topadi yoki kamayadi. Psixologiyada eksperimentning ikki turi: laboratoriya eksperimenti va tabiiy eksperiment tafovut qilinadi. Laboratoriya eksperimenti. Laboratoriya eksperimentining mohiyati shundaki, tekshiruvchi kishi tekshiriladigan psixik hodisani qachon kerak bo‘lsa o‘sha vaqtda ataylab vujudga keltiradi. Bunda tekshirilayotgan psixik hodisa tabiiy sharoitda birgalikda sodir bo‘ladigan boshqa psixik hodisalar kompleksidan ajratib olinishi mumkin. Tekshiriladigan psixik hodisalar eksperiment davomida o‘zgartirilishi, boshqa psixik hodisalar bilan muayyan bir sur’atda bog‘lanishi, kuch, tezlik, hajm va boshqa shu kabi jihatlari o‘lchab ko‘rilishi mumkin. Bu yerda muayyan bir psixik hodisani vujudga keltirgan sharoit sun’iy yo‘l bilan o‘zgartirilishi, psixik hodisa davom etadigan sharoit o‘zgartirilishi mumkin. Shuning uchun ham psixik hodisalarning qonuniyatlari metodi bilan tekshirishda yaxshiroq ochiladi. Eksperimental tadqiqotlar o‘tkazishda maxsus metodik materiallar – narsa, rasm va so‘zlar, shuningdek, maxsus asboblar qo‘llaniladi. Tekshiriladigan hodisalar shu material va asboblar yordami bilan vujudga keltiriladi, shuningdek, psixik hodisalarning tezligi, kuchi, hajmi va shu kabilar qayd qilinadi.

Texnika juda taraqqiy etgan hozirgi zamonda psixologik tadqiqotlar uchun (ayniqsa, mehnat psixologiyasi sohasida) elektron asboblar va kibernetik metodlar, masalan, modellashtirish usuli qo‘llanilmoqda. Eksperimental tadqiqotlar asosan maxsus laboratoriya va institutlarda o‘tkaziladi. Ayrim psixik hodisalarni mukammal va aniq o‘rganish maqsadida psixologiyaga doir ilmiy tekshirish muassasalarida maxsus binolar, masalan, tovushni va yorug‘likni o‘tkazmaydigan kabinetlar, yorug‘lik ta’sirini o‘zgartirishga moslangan kabinetlar va shunga o‘xshash xonalar quriladi. Yosh psixologiyasi bilan pedagogik psixologiyaga doir masalalar yuzasidan ko‘pgina eksperimental tadqiqotlar, odatda, bolalar bog‘chalari va maktablarda o‘tkaziladi. Bu tadqiqotlarda bolalar o‘rganiladi.

Xotira jarayonlarini tekshirishda qo‘llaniladigan quyidagi usul laboratoriya eksperimentiga misol bo‘la oladi: eksperiment qilayotgan kishi tekshirilayotgan kishining oldida o‘n ikki so‘z qilib beradi. Tekshirilayotgan kishi ana shu eshitgan so‘zlarini belgilangan vaqtdan keyin aytadi. Ana shu so‘zlarning qanchalik to‘liq, aniq va tez aytib berilishi tekshirish natijalaridan bilinadi. Xuddi shunday eksperimentlar qilib, so‘zlarni, raqamlarni yoki qanday bo‘lmasin boshqa materialni yodlash tezligi, esda nechog‘li mahkam saqlash, unutish tezligi va shu kabilarni aniqlash mumkin.



Eksperimental metodni birinchi marta fiziolog Veber (1795–1878) va fizik Fexner (1801–1887), sezgilarni tekshirishda qo‘llanilgan eksperimental tadqiqot usullarini Vilgelm Vundt (1832–1920) mukammal ishlab chiqqan. 1879-yilda V. Vundt Leypsig universiteti huzurida eksperimental psixologiya bo‘yicha birinchi laboratoriyani ochgan. XIX asrning oxirida Rossiyada eksperimental psixologiya bo‘yicha bir qancha laboratoriyalar vujudga keltirildi. Tokarskiy – Moskvada, Bexterev – Qozonda, N. N. Lange – Odessada shunday laboratoriya ochishgan. 1911-yilda Moskva universiteti huzurida professor Chelpanov rahbarligi ostida eksperimental psixologiya instituti ochildi.

Maxsus qurilgan binoga joylashtirilgan va yaxshi jihozlangan bu institut hozirgi vaqtda Rossiya Federatsiyasi Pedagogika fanlari akademiyasi sistemasiga kiradi. Toshkentda birinchi laboratoriya P. I. Ivanov rahbarligida TDPU da tashkil etildi. 1-rasm. Xronoskop. Endilikda texnika taraqqiy etishi munosabati bilan laboratoriya eksperimenti tekshirilayotgan psixik hodisalarga aloqador bo‘lgan fiziologik jarayonlarni, masalan, yurak va qon tomirlari, ichki sekretsiya bezlari faoliyatidagi o‘zgarishlarni, amaliy ish vaqtida miyadagi elektr toklarining o‘zgarishini ham nazarda tutish imkonini beradi.
Yüklə 31,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin