1.YUk: 0,1-100H 2.Uzayishi: 0,1-800% 3.O‘lchash aniqligi: Uzish kuchi: o‘lchovchi qalpoqcha massasi quvvatidan 0,1% Uzayish: berilgan miqdordan 0,1% 4.Qisqichlar orasidagi masofa: 0,1-800mm.
5.Qo‘zg‘aluvchi qisqichning tezligi 100-500mm oraliqda 1mm/min qadamlar bo‘yicha boshqariladi.
6. Avtomatik ish rejimi uchun qisqichlar: Qisish yuzasi: eni 10mm, uzunligi 46mm/
Qisuvchi bosim: 5 bar.da-2000H (maks.8 bar=3200H, min. 3bar=1200H)
Qisqichlarning maksimal oralig‘i: 960mm.7.So‘rish: soplodagi maksimal vacuum 350 m bar.
Asbobni sinovga tayorlash.
Ishni boshlashdan avval dastgohni, keyin komp’yuter programmasini ishga tushiriladi. Mashinada uzilish kuchi 100 H dan katta bo‘lgan iplarni sinash mumkin emas. Qurilma kompressor yordamida ishlaydi. Sinovni boshlashdan avval kompressorni tekshirish zarur. Undan kondensor chiqarib yuboriladi. So‘ngra kompyuter yoqiladi va “TEXTECHNO STATIMAT C” dasturi ishga tushiriladi. Dasturga ip haqidagi ma’lumotlar kiritiladi; chiziqli zichligi, printerda qaysi ko‘rsatkichlarni chop etish va boshqalar.
Kompyuterga ip namunasini tekshirish uchun avval kiritib qo‘yilgan parametrlar (qisqichlar orasidagi masofa, tezlik va boshqalar) bo‘yicha topshiriq beriladi. Buning uchun ochilgan “Testing Order” oynasida sichqoncha yordamida ro‘yhatdan kerakli guruh tanlab olinadi. So‘ngra “Insert” tugmachasi (ro‘yhatga kiritish) bosiladi, bunda tanlangan guruh oynada paydo bo‘ladi. Agar bisr vaqtning o‘zida turli namunalarni sinash kerak bo‘lsa, vazifalar ro‘yhatiga bir qancha vazifalarni kiritish mumkin. So‘ng “Edit Group Parameter Set” – guruh parametrlarini taxrirlash tugmasi bosiladi.