Robotlarning atrof-muhit bilan o‘zaro aloqasi. Robotlarning atrof-muhit bilan o‘zaro aloqasi


Robotlarning atrof-muhit bilan o‘zaro ALOQASI



Yüklə 3,06 Mb.
səhifə3/4
tarix07.09.2023
ölçüsü3,06 Mb.
#141917
1   2   3   4
мавзулар робототехника

Robotlarning atrof-muhit bilan o‘zaro ALOQASI
Keyingi vaqtlarda robotlarning yangi-yangi turlari paydo bo‘layotganligi haqida ko‘p eshitgansiz. Ulardan sanoatda, maishiy turmushda, shuningdek, hayotimizning turli sohalari: ta’lim, tibbiyot, sport va hatto aviatsiyada foydalaniladi. Robot texnikasi, ayniqsa, axborot texnologiyalari asrida jadal rivojlana boshladi. “Robot” so‘zi chex yozuvchisi Karel Chapek va uning ukasi Yozef tomonidan o‘ylab topilgan hamda birinchi marta 1920-yilda Chapekning “Rossum universal robotlari” pyesasida tilga olingan. Sanoat robotlari paydo bo‘lgunicha robotlar odamlarga o‘xshash bo‘lishi kerak deb hisoblangan. Bugungi kunda odamlarga o‘xshash robotlar androidlar deb ataladi. “Robot” so‘zi, (chex tilida “robot” – ixtiyorsiz mehnat yoki “rob” – qul) – odatda, inson mehnati yoki jonivorlar vositasida amalga oshirilgan ishlab chiqarish va boshqa soha jarayonlari uchun mo‘ljallangan avtomatik qurilma ma’nosini bildiradi. Robotlar, asosan, 3 turga bo‘linadi: 1. Qat’iy dastur asosida ishlaydigan robotlar. 2. Odam (operator) boshqaradigan robotlar. 3. Sun’iy intellektli (integralli) robotlar. Ish bajarish turiga qarab, robot manipulatorlar, axborot uzatuvchi robot, odimlovchi robot va boshqalarga bo‘linadi.
Mexatronika sohasi rivojlanib borishi natijasida sanoat robotlari bilan bir qatorda turli xil robot turlari (maishiy robotlar, qidiruvchi robotlar, nanorobotlar yoki nanobotlar (juda ham kichik hajmli robotlar)) ham paydo bo‘lmoqda. Bundan ko‘rinadiki, robotlar nafaqat odamlarga o‘xshash bo‘lishi kerak, balki turli shakl va ko‘rinishlarda ham bo‘lishi mumkin. Uy-ro‘zg‘orga yordamchi – avtomatik changyutkichlar, xonadonlarda mustaqil kundalik yumushlarni amalga oshiradigan robot-dastyorlar, zamonaviy turda dasturlashtirilgan oshxona jihozlari katta ommaviylik kasb etib bormoqda (11-rasm).

Kir yuvish mashinasi Changyutkich Multivarka Robot-oynaartkich 11-rasm. Robototexnika asosida ishlaydigan uskunalar.

Shuni ishonch bilan aytish mumkinki, mexatronika sohasi shunday jadal tusda rivojlanib borsa, yaqin orada har birimizning o‘z xususiy aqlli robotimiz bo‘lishi mumkin.




Yüklə 3,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin