1.Oʻrta Osiyo xonliklarining Rossiya imperiyasi tomonidanbosib olinishi va Turkiston general-gubernatorligining tashkil topishi.
XIX asrning oʻrtalarida xonliklardagi umumiy siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy ahvolga e’tibor qarating. Oʻrta Osiyo mintaqasidagi xalqaro vaziyat, sharqni egallash barasidagi ingliz-rus raqobati va bu borada xonliklar hukmdorlarining tutgan yoʻliga baho bering. Rossiya imperiyasi qoshinlarining Qoʻqon xonligi, Buxoro amirligi va Xiva xonligiga qarshi harbiy harakatlari bosqichlari, harbiy magʻlubiyatimiz, Buxoro amiri va Xiva xonligi ustidan Rossiya protektoratinig oʻrnatilishi, Qoʻqon xonligining tugatilishi sabablarini tarixiy misollar orqali yoriting.
Vatan ozodligi uchun kurashgan Mulla Aliquli (Mulla Alimqul), Bobon toʻqsoba, Abdumalik toʻra, Yoqubbek, Bobobek va Joʻrabek kabi xalq qahramonlarining faoliyatlariga baho bering.
Xonliklardan bosib olingan hududlarda dastlab Rossiya imperiyasiga qarashli Turkiston viloyati, keyinchalik Turkiston general-gubernatorligining tashkil etilishi va uning yildan yilga kengayib borishi, ma’muriy-hududiy tuzilishi, Turkiston general-gubernatorlari va ularga berilgan vakolatlar, Buxoro va Xiva bilan munosabatlarning oʻziga xos jihatlariga e’tibor qarating.
2.Rossiya imperiyasining oʻlkada yuritgan mustamlakachilik siyosati va ma’muriy boshqaruv tizimi.
1865-yilda qabul qilingan «Turkiston viloyatini boshqarish to‘g‘risidagi Muvaqqat Nizom», «Harbiy-xalq boshqaruvi» tartibining mazmun-mohiyati, 1886-yilgi «Turkiston oʻlkasini idora qilish to‘g‘risidagi Nizom»ning qabul qilinishidan koʻzlangan maqsadlar, Rossiya imperiyasining Turkistonda yer-suv, sudlov va boshqaruv tizimiga oid oʻtkazgan islohotlari hamda ularning salbiy oqibatlari, mustamlakachilik boshqaruvning xususiyatlari, koʻchirish siyosati (“Turkiston ruslar uchun” shiori ostida oʻtkazilgan siyosat), Turkiston oʻlkasi iqtisodiyotining Rossiya imperiyasi manfaatlariga boʻsundirilishi masalalarini batafsil yoriting.
Rossiya imperiyasi yuritgan ulugʻ davlatchilik va mustamlakachilik siyosati oqibatida Oʻrta Osiyo xalqlari hayoti va turmushida muhim ijtimoiy – siyosiy oʻzgarishlar yuzaga kelganligi, hamda mustamlakachilar yurgizgan shovinistik va zoʻravonlik siyosati oʻlka hayotida chuqur salbiy iz qoldirganligini yoriting.
Mahalliy millat mehnatkashlarining ikki yoqlama ayovsiz zulm va ekspluatasiya qilinishi esa ularni har tomonlama horlik va zorlikka, nochorlikka va tobelikka mahkum etganligini, paxta yakkahokimligining boshlanishi, mamlakat Rossiyaning xom ashyo bazasiga aylantirilganligini faktlar asosida tahlil eting.
Dostları ilə paylaş: |