Rostlagichlarning sinflanishi. Rostlash usullari



Yüklə 59,79 Kb.
səhifə1/5
tarix07.01.2024
ölçüsü59,79 Kb.
#201557
  1   2   3   4   5
6 maruza




ROSTLAGICHLARNING SINFLANISHI. ROSTLASH USULLARI.



Reje:

1. Avtomatik rostlagichlar haqida tushuncha

2.Proporsional rostlagichlar

3.Integral rostlagichlar






Avtomatik rostlagichlar haqida tushuncha

Avtomatik rostlagichlar sanoatning turli soxalarida texnologik jarayenlarni avtomatlashtirishda keng ishlatiladigan texnikaviy vositalar hisoblanadi. Rostlagichlarni klassifikatsiyalash rostlanuvchi miqdorning turi, rostlagichning ish usuli, ishlatiladigan energiya turi, ijro etuvchi mexanizmning rostlovchi organiga ko`rsatiladigan ta’sirning harakteri, rostlagich ishining tavsifnomasi (rostlash qonuni) kabi xususiyatlarga asoslanadi.


Rostlanuvchi miqdorning turiga ko`ra rostlagichlar qiyidagilarga bo`linadi: bosim, sarf, sath, namlik va kabi rostlagichlar. Ishlash usuliga ko`ra bevosita va bilvosita ta’sir qiluvchi rostlagichlar mavjud.
Ijro etuvchi mexanizmning rostlovchi organini ishga tushirish uchun rostlanuvchi ob’ektdan olingan energiyaning uzi bilan ishlovchi rostlagichlar bevosita ta’sir qiluvchi rostlagich deb ataladi.
Agar ijro etuvchi mexanizmning rostlovchi organini ishga tushirish uchun qo`shimcha energiya kerak bo`lsa, bilvosita ta’sir qiluvchi rostlagichlar ishlatiladi.

Foydalaniladigan energiya turiga ko`ra rostlagichlar elektr, pnevmatik, gidravlik va aralash (elektr-pnevmatik, pnevmo-gidravlik va hokazo) rostlagichlarga bo`linadi.


Ijro etuvchi mexanizmning rostlovchi organiga ko`rsatiladigan ta’sirning harakteri jixatidan rostlagichlar uzlukli va uzluksiz ishlovchi bo`ladi.
Uzlukli ishlovchi rostlagichlarda ijro etuvchi mexanizmning faqat rostlovchi organi rostlanuvchi miqdorning uzluksiz muayyan qiymatida harakat qiladi.

Yüklə 59,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin