O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
ANDIJON MASHINASOZLIK INSTITUTI
Ro‘yxatga olindi:
№ _______________________
“_____” __________ 2022-yil
|
«TASDIQLAYMAN»
O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor v.v.b.
________________ S.R. Aliyev
«____» ____________ 2022-yil
|
“AVTOMOBILLAR TEXNIK EKSPLUATATSIYASI VA SERVISI” FANINING
ISHCHI O‘QUV DASTURI
|
|
|
|
Ta’lim sohasi:
|
310 000
|
–
|
Muhandislik ishi
|
Ta’lim yo‘nalishi:
|
5 310 600
|
–
|
Yer usti transport tizimlari va ularning ekspluatatsiyasi (avtomobil transporti) sirtqi
|
Umumiy o‘quv soati
|
|
276 soat
|
5 kurs 276 soat
|
Shu jumladan:
|
|
|
|
Ma’ruza
|
|
20 soat
|
20 soat
|
Amaliy mashg‘ulotlar
|
|
-
|
-
|
Laboratoriya mashg‘ulotlar
|
|
18 soat
|
18 soat
|
Mustaqil ta’lim soati
|
|
238 soat
|
238 soat
|
Andijon - 2022
Fanning fan dasturi Andijon mashinasozlik instituti Kengashining 2022 yil ___-____________ dagi ____- sonli bayoni bilan tasdiqlangan.
Fanning ishchi o‘quv dasturi Andijon mashinasozlik instituti O‘quv-uslubiy kengashining 2022__-yil “___” ______________ dagi “___” - sonli bayoni bilan tasdiqlangan.
Tuzuvchilar:
1. Ikromov N.A. - “YeUTT” kafеdrasi t.f.n., dots
Taqrizchilar:
1. Almatayev T.O. - AndMI “Avtomobilsozlik” kafedrasi t.f.n., professor.
2. Asronov A. – Аndijon viloyati transport boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i.
O‘quv uslubiy bo‘lim boshlig‘i:
2022 yil “___” “______”______________________________A.B. Ahmedov
(imzo)
“Transport va logistika” fakulteti dekani:
2022 yil “___” “______”____________________________D.X. Sarimsaqov
(imzo)
“Yer usti transport tizimlari” kafedrasi mudiri:
2022 yil “___” “______”______________________________ L.Y. Bakirov
(imzo)
I. O‘quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi o‘rni
“Avtomobillar texnik ekspluatatsiyasi va servisi” mutaxassislik fan hisoblanib, 5-kurs talabalariga o‘qitiladi. Dasturni amalga oshirish o‘quv rejasida rejalashtirilgan matematik va tabiiy (fizika, kimyo), umumkasbiy (konstruksion materiallar texnologiyasi, materialshunoslik, transport vositalarining tuzilishi va nazariyasi) fanlardan talabalardan yetarli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishlikni talab etadi.
Ushbu dastur tayyorlanayotgan keng qamrovli mutaxassisga avtomobillar texnik ekspluatatsiyasi sohasida avtomobillar ishonchliligini yuqori darajada saqlashni, texnik xolatini tiklashni ta’minlaydigan texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash, ularni atrof muhitga ta’sirini kamaytirish muammolari haqida nazariy va amaliy bilimlar berish bilan bog‘liq bo‘lgan masalalarni qamrab olgan.
Respublikamiz mashinasozlik sanoati oldida turgan asosiy vazifalardan biri ishlab chiqarishni jadal sur’atlar bilan rivojlantirish, uning samaradorligini oshirish, ilmiy texnika taraqqiyoti natijalarini ishlab chiqarishga joriy etib, yuqori sifatli mahsulotlar bilan xalq xo‘jaligi ehtiyojlarini to‘la qondirish, zamonaviy avtotrans korxonalarida texnik xizmat ko‘rsatish va joriy ta’mirlash ishlarini tashkil etishda, xizmat ko‘rsatishning ilg‘or usul va vositalarini tanlashdir, shuning uchun “Avtomobillarning texnik servisi” fanining o‘rni beqiyosdir.
II. O‘quv fanining maqsadi va vazifalari
Fanni o‘qitishdan maqsad - talabalarda avtomobillar ishonchliligini yuqori darajada saqlash, texnik holatni tiklashni ta’minlaydigan texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash, ularni atrof muhitga ta’sirini kamaytirish muammolari haqida nazariy va amaliy bilimlar berishdir.
Fanning vazifasi - talabalarga avtomobillarni ishga qobiliyatlilikni ta’minlash strategiya va taktikasi; texnik xizmat kursatish va ta’mirlash tizimi; avtomobillarni diagnostikalash, texnik xizmat ko‘rsatish va joriy ta’mirlash texnologiyasi va asoslari, avtomobil transporti korxonalarida texnik ekspluatatsiya texnologik jarayonlari va ularni tashkil etishning ilmiy asoslari, yonilg‘ining alternativ turlarida ishlayotgan avtomobillarning texnik ekspluatatsiyasini tashkil etish va uning texnologik xususiyatlari maxsus sharoitlarida ishonchli avtomobillarning texnik ekspluatatsiyasini o‘rgatishdan iboratdir.
“Avtomobillar texnik ekspluatatsiyasi va servisi” o`quv fanini o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr:
- fani talabalarni nazariy bilimlar, amaliy ko‘nikmalar, servis xizmat ko‘rsatish jarayonlariga uslubiy yondashuv hamda ilmiy dunyoqarashini shakllantirish vazifalarini bajaradi.
- talaba “Avtomobillar texnik ekspluatatsiyasi va servisi” o‘quv fanini o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida talaba:
- avtomobillar texnik ekspluatatsiyasining jamiyatdagi o‘rni va ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati;
- sohadagi davlat siyosati hamda ularning rivojlanish tendentsiyasi va istiqbollari;
- avtotransport vositalaridagi asosiy nosozliklarni bartaraf etish;
- avtotransport vositalariga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash texnologiyasi;
- avtoservisning asosiy xizmat ko‘rsatish turlari xaqida tasavvurga ega bo‘lish;
- sohadagi chet el va mamlakatdagi ilmiy-texnik taraqqiyot haqidagi ma’lumotlarni tizimlashtirish;
- avtotransport vositalariga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash texnologik jarayonini;
- sohadagi mavjud asosiy xuquqiy, me’yoriy-texnik va texnologik xujjatlarni bilishi va ulardan foydalana olishi;
- avtotransport vositalariga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash uchun ishlar ro‘yxati-tarkibini aniqlash;
- avtotransport vositalarini saqlashda qo‘llaniladigan jihozlar;
- korxona faoliyati, xizmat ko‘rsatish sifati va uning raqobat bardoshligini iqtisodiy baholash ko‘nikmalariga ega bo‘lish kerak.
Dostları ilə paylaş: |