AMALIYOT MOBAYNIDA TALABANING AMAL QILISHI LOZIM BO‘LGAN QOIDALAR
Amaliyotchi – talaba malakaviy amaliyotni o‘tash chog‘idagi quyidagi qoidalarga rioya qilishi lozim.
• amaliyot dasturida ko‘zda tutilgan va amaliyotga rahbarlik qiluvchi o‘qituvchi tomonidan berilgan individual topshiriqlarni to‘liq bajarish;
• korxonada joriy etilgan kun tartibi va ichki mexnat intizomiga doir qoidalarni o‘rganib, ularga rioya qilish;
• korxonada uskunalardan foydalanish, texnika xavfsizligi, mehnatni muhofaza qilish va boshqa faoliyatiga tegishli qoidalarni o‘rganib, ularga qat’iy rioya qilish;
• o‘z kundaligida kunlik bajarilgan ishlarini aks ettirib borish va kun oxirigacha kelib korxonadan tayinlangan rahbarga tekshirtirish va imzolash uchun taqdim etish hamda xaftada bir marotaba universitet tomonidan tayinlangan rahbarga tekshirtirish va imzolash uchun taqdim etish (haftaning shanba kuni tanlansa maqsadga muvofiq bo‘ladi);
• xisobot uchun materiallarni yig‘ish va o‘rganish bilan doimiy ravishda shug‘ullanish
• korxona jamoasining ijtimoiy hayotida faol ishtirok etish;
Har bir amaliyot tugashi bilan amaliyot bo‘yicha hisobotni kafedraga taqdim etish;
Amaliyot dasturida bo‘yicha topshiriqlarni bajarmagan, salbiy taqriz olgan yoki amaliyot hisobotini himoya qilish chog‘ida qoniqarsizbaho olgan amaliyotchi-talaba talabalik safidan chiqariladi.
Turistik korxona va tashkilotlarning ichki qoidalarini buzgan amaliyotchi-talaba haqida universitet rektoriga xabar jo‘natiladi.
MALAKAVIY AMALIYOT NATIJALARINI YAKUNLASH VA HISOBOTINI HIMOYA QILISH
Amaliyot hisoboti barcha ilovalar bilan birgalikda universitetning “Kimyoviy texnologiyalar” kafedrasiga amaliyotdan qaytgandan so‘ng bir kun davomida topshiriladi. Kafedra tomonidan tayinlangan amaliyot rahbarlari hisobotlarni tekshiradi, o‘z mulohazalarini bayon etadi va taqriz yozadi. Kafedrada belgilangan grafikka binoan kafedra tomonidan tuzilgan xaya’t oldida (fakultet dekani yoki muovini qatnashishi shart) amaliyot hisoboti talaba tomonidan himoya qilinadi. Malakaviy amaliyot kafedra tomonidan ishlab chiqilgan “talabalar malakaviy amaliyotini tashkil etish va reyting tizimida baholash bo‘yicha uslubiy ko‘rsatma”ga binoan baholanadi.