ishtirokchilarning umumiy yig‘ilishi; direktor.
Ishtirokchilar umumiy yig‘ilishining vakolatlari (shu jumladan mutlaq vakolatlari), umumiy yig‘ilishni chaqirish, kun tartibiga masalalarni kiritish, qarorlar qabul qilish tartibi va muddatlari O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari va jamiyatning ustavi bilan belgilanadi.
Direktorning vakolatlari, muddati, javobgarligi va faoliyat yuritish tartibi O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari, Ustav, Direktor va Jamiyat o‘rtasidagi mehnat shartnomasi, boshqa lokal normativ hujjatlar bilan belgilanadi.
Ishtirokchi boshqa ishtirokchilarning roziligidan qat’i nazar, har qanday vaqtda jamiyatdan chiqib ketishi mumkin.
Jamiyatdan chiqib ketgan yoki chiqarib yuborilgan ishtirokchining ulushi jamiyatga o‘tadi. Bunday holda jamiyatdan chiqarib yuborilgan yoki chiqib ketgan ishtirokchiga uning ulushining haqiqiy qiymatini yoki ishtirokchining roziligi bilan, shunday qiymatdagi mol-mulkni natura holida to‘lashi shart. Jamiyatga o‘tgan ulush bir yil mobaynida ishtirokchilarning qarori bilan uchinchi shaxslarga berilishi va (yoki) sotilishi lozim.
Ishtirokchilarning jamiyat ustav fondidagi ulushining merosxo‘rlarga (qonun bo‘yicha qonuniy vorislarga) o‘tishi faqatgina boshqa ishtirokchilarning roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.
Nizo va kelishmovchiliklar ishtirokchilarning o‘zaro kelishuvi yo‘li bilan amaldagi qonun hujjatlari, ta’sis shartnomasi va ustavga asosan hal qilinadi.
Nizo va kelishmovchiliklarni muzokaralar yo‘li bilan hal qilish imkoniyati bo‘lmagan taqdirda ular sud orqali, O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq hal qilinadi.
YAKUNIY QOIDALAR
Mazkur shartnoma jamiyat O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat ro‘yxatiga olingan vaqtdan boshlab kuchga kiradi.
O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlari bilan tartibga solinmagan masalalar, qonunda boshqa hollar nazarda tutilmagan bo‘lsa, jamiyat ustaviga muvofiq tartibga solinadi.