(yunoncha “magiya” – sehirgarlik, afsungarlik) – ibtidoiy odamlarning diniy tasavvurlari majmuasi. Sehru-jodu, kuf-suflar orqali tabiat va hayotdagi yaxshilik va yovuzlik kuchlariga, shayotonu-iblislarga ta’sir ko’rsatish amallari.
MATRIARCHY
МАТРИАРХАТ
Matriarxat
– onaurug’i davri. Urug’chilik tuzumining birinchi bosqichi. Matriarxat davri paleolit davrining so’nggi bosqichida paydo bo’lib, u neolit va eneolit davrigacha davom etgan.
MESOLITHICS
МЕЗОЛИТ
Mezolit
(yunoncha “mezo” – o’rta, “litos” – tosh) – o’rtatosh davri. Muzliklarning chekinishidan mezolit davri boshlanib, u 12-7-ming yilliklarni o’z ichiga oladi.
MIKROLITS
МИКРОЛИТ
Mikrolit
– mayda tosh qurollari. Mikrolit tosh qurollari (o’q-yoy uchlari, mayda mehnat qurollari, bigizlar va h.k.) mezolit davrida paydo bo’lgan.