– Ulug’bek rasadxonasida faoliyat yuritgan mashhur astronom va matematik Qozizoda Rumiyga (1360-1437) zamondoshlari began unvon.
EMIR
ЭМИР
Amir
1) Islomiyatga qadar arablarda qabila boshlig’i, harbiy boshliq. Keyinchalik Arab xalifaligiga bo’sundirilgan mamlakatlarni boshqarish uchun tayinlangan hokim, qo’shin qo’mondoni va yirik lashkarboshilar.
2) Mo’g’ullar istilosidan so’ng Oltin O’rdada, keyin O’rta Osiyo va Eronda mo’g’ul va turk qabilalari birlashmasi – ulus boshlig’ining unvoni.
3) Sohibqiron Amir Temurning unvoni.
4) Hozirda arab podsholarining o’g’illariga beriladigan unvon (masalan: Saudiya Arabistonida).
5) Makkaga ziyorat uchun boruvchi katta guruh xojilarning yo’lboshchisi.
BALKH
БАЛХ
Balx
– Afg’onistonning shimolidagi o’rta asr shahri (Qadimgi Baqtra).
BANNO
ЗОДЧИЙ
Banno
– o’rta asrlarda imorat quruvchi usta.
BARID
БЕРИД
Barid
– 1) Chopar, xat eltuvchi, pochtalion. Somoniylar davlat boshqaruvi tizimida barid devoni mavjud bo’lib, u maktubot va axborot, ya’ni pochta vazirligi hisoblangan.
2) XIV-XVI asrlarda O’rta Osiyo xalqlarida keng qo’llanilgan masofa o’lchov birligi. Ikki farsah, ya’ni taxminan 12 km. ga teng yo’l bo’lgan.