– 1) Chingizxon (1151-1227) tomonidan joriy qilingan qonun-qoidalar to’plami. Fuqarolar yasoga, ya’ni qonun-qoidalarga qanday amal qilayotganini nazorat qilib turuvchi kichik mansabdor yasovul deb atalgan.
2) Mo’g’ul imperiyasi, xususan Oltin O’rda davlati tomonidan itoat ettirilgan xalqlardan natura bilan undiriladigan soliq turi ham yasoq deb yuritilgan.
3) Buxoro xonligida (Shayboniylar davrida) aholining mehnat majburiyati. Bu majburiyat aholini kanallar, zovurlar qazishga, yo’l va ko’priklar qurishga, yem-xashak yig’ishga jalb etishni nazarda tutardi. Majburiyatni o’tashga jalb etilganlar o’z mehnat qurollari bilan kelardilar, o’zlari hisobidan ovqatlanar edilar.
CHERIK
ЧЕРИК
CHerik
– qo’shin, askar. O’rta asrlarda Mo’g’uliston, Dashti Qipchoq va O’rta Osiyoda harbiy yurish vaqtida viloyat, o’lka va uluslardan yordam uchun to’planadigan nomuntazam qo’shin. Cherikni to’plab kelish tavochilarning zimmasida bo’lgan.
CHIG’ATOY ULUSI
ЧАГАТАЙСКИЙ УДЕЛЬ (УЛУС)
Chig’atoy ulusi
– Chingizxon tomonidan 1224-yilda ikkinchi o’g’li Chig’atoy va uning avlodlariga meros qilib berilgan viloyatlar. Hududi Movarounnahr, Yettisuv va Sharqiy Turkistondan iborat bo’lgan. Ko’chmanchi tarzda hayot kechiruvchi mo’g’ullar o’troq aholini boshqarish uchun tajribaga ega emas edilar. Shuning uchun ham Chig’atoy ulusini boshqarish xorazmlik Mahmud Yalavoch (1225-1238) va uning o’g’li Mas’udbekka (1238-1289) topshirilgan. O’zlari esa ulusdan keladigan daromadlarning asosiy qismini olish bilan qanoatlanganlar. Chig’atoy ulusining hukmronligiga Amir Temur hokimiyatga kelgach barham berilgan.