Ruhiy bemorlar bilan psixologik parvarish


ham jamiyatni psixologik xastaliklar, ularning kelib chiqishi va profilaktikasi to‘g‘risida xabardor  qilishni maqsad qiladi



Yüklə 233,12 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/7
tarix05.12.2023
ölçüsü233,12 Kb.
#173204
1   2   3   4   5   6   7
 
ham jamiyatni psixologik xastaliklar, ularning kelib chiqishi va profilaktikasi to‘g‘risida xabardor 
qilishni maqsad qiladi.
 
Ruhiy (psixologik) salomatlik nima?
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan ruhiy salomatlik holatining aniq ilmiy portreti yaratilgan. 
Ruhiy salomatligi joyida bo‘lgan shaxs o‘z salohiyati (jismoniy va aqliy imkoniyatlari)dan to‘laqonli 
foydalana olishi, kundalik yengil stresslarni yengib o‘ta olishi, mahsuldor ish tarzini olib borishga qodir 
bo‘lishi, jamiyat uchun foydali bo‘la olishi lozim. Shu xususiyatlarga ega bo‘lgan shaxslarning ruhiy 
salomatligi barqaror hisoblanadi. 
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) ma'lumotlariga ko‘ra, 
psixologik xastaliklarning aksariyati 14 yoshgacha bo‘lgan davrda boshlanadi. Afsuski, ko‘pgina 
hollarda xastalikning boshlanish davri o‘z vaqtida aniqlanmaydi. Kerakli tashxis va shu bilan bog‘liq 
ravishda muolaja ham kechikadi. Natijada ruhiy xastalikning umrbod davom etishi ehtimoli ortadi. 
Statistikaga ko‘ra, Yer sayyorasi aholisining har beshinchisi qaysidir ko‘rinishidagi ruhiy xastalikdan 
aziyat chekadi. Har ikkinchi odamda esa xastalik bilan umri davomida duch kelish ehtimoli bor. Shu 
bois, ruhiy beqarorlik holati, uni bartaraf etish, ruhiy xastalar bilan muloqot qila olish haqida 
tushunchaga ega bo‘lish lozim.
Psixologik xastalik deganda faqatgina o‘zini g‘ayritabiiy tutuvchi 
shizofreniklar, aqliy imkoniyati cheklangan «daunchilar» va yoki ijtimoiy nofaol autistlargina 
tushunilmaydi. Deyarli har birimiz uchun yaxshi tanish bo‘lgan depressiya ham ruhiy xastalik sanaladi. 
BSSTning ilmiy prognozlariga ko‘ra, 2020 yilga kelib, depressiya shaxsning mehna
tga layoqatligini 
cheklab qo‘yuvchi kasallik bo‘yicha birinchi o‘ringa ko‘tariladi. Ayni damda dunyo bo‘yicha 300 million 
atrofidagi kishi depressiyadan aziyat chekmoqda. Qandli diabet, saraton, yurak-qon tomir kasalliklari, 
OIV kabi jiddiy asoratlarga olib keladigan xastaliklarning negizida asab va ruhiyatdagi buzilishlar 
yotadi.
 
Butun dunyo hamjamiyati izchil kurash olib borayotgan suitsid ham depressiya asosida 
rivojlanadi. Suitsidlarning 5 foizi aynan tushkun kayfiyat ta'sirida amalga oshiriladi.

Yüklə 233,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin