Hobbi o‘ylab toping. Har qanday inson uchun shug‘ullanish yoqimli bo‘lgan mashg‘ulot bo‘ladi. Rasm
chizish, o‘yinchoqlar yasash, to‘qish... istalgan ko‘rinishdagi hobbi tushkun kayfiyatni chetlab
o‘tishga
yordamlashadi.
Eng muhimi, o‘zingizda beqarorlik holatini kuzatganingizda ruhshunos xizmatidan
foydalanishga uyalmang.
Psixolog xizmati nima uchun zarur? Psixolog shifokor emas. Psixolog qabuliga borish sizni «jinni»ga
chiqarmaydi. Ruhshunosga f
aqatgina nosog‘lom odamlar boradi, degan fikrdan xalos bo‘lish lozim.
Ruhshunos inson psixologiyasi haqida oliy gumanitar ta'limga ega bo‘lgan shaxs. Deyarli barcha
muammolarni boshlang‘ich bosqichda ruhshunos bilan birgina suhbat orqali hal qilish mumkin.
Depressiya va jismoniy muammolarni keltirib chiqaradigan oilaviy muammolar, ishdagi g‘alvalar,
qo‘rquv kabi muammolarni hal qilish, ichki muvozanati tiklashda psixolog yordam beradi. Meni eshitib,
maslahat beradigan do‘stlarim turganda pul sarflab ruhshunosga boramanmi, deb o‘ylaydiganlar
bo‘lishi mumkin. Ruhshunos inson psixologiyasi haqida professional darajada bilimga ega bo‘ladi.
So‘zlarni to‘g‘ri qo‘llay olish, masalaning o‘ylanmagan tomonidan yondashish, inson o‘zi bilmagan, lekin
unga azob berayotga
n omillarni aniqlay olish ko‘nikmasiga ega bo‘ladi.
Ruhiy xastalar bilan qanday muloqotda bo‘lish kerak? Ruhiyatida jiddiy beqarorlik bo‘lgan shaxs o‘zining va suhbatdoshining gap
-
so‘zlari, xatti
-harakatlarini
tahlil qila olish qobiliyatiga ega bo‘lmaydi. «Men haqman, atrofdagilar meni tushunmayapti» degan o‘y
ularni tark etmaydi. Shu bois ruhiy muvozanati buzilgan shaxslar bilan muloqotda ehtiyotkor bo‘lish
talab etiladi.
Agressiyadan uzoqlashing. Bemor agressiv harakatlar, so‘zlarni qo‘llay boshlaganda si
z ham qizishib,
xuddi shunday muomalaga o‘tmang. Shunchaki bahslashmang. Bunday paytda uning haqligini
tasdiqlab, yolg‘iz qoldirish kerak.