og’iz qurishi;
ko’p esnash;
oshqozondagi yoqimsiz hissiyotlar, ichning suyuq ketishi,tez-tez siyish;
kaft va tovonning ho’lligi;
ovoz o’zgarishi
(hirildoq ovoz);
mushaklarning, qo’l barmoqlarining qaltirashi
(tremor);
terming, ayniqsa, yuzning qizarishi
(vazomotorika);
chigalyozdi mashqlari boshlanishidanoq charchash alomatlarini his
qilish.
Somatik xavfsiranish sport o’yinlari uchun unchalik qo’rqinchli emas va
ko’pincha yaxshi chigalyozdi mashqlari bilan olib tashlanadi.
Buning ustiga,
ko’pgina sportchilar startoldi somatik xavfsiranishni his qilmasa, samarali harakat
qila olmaydilar. Xavfsiranish pay do bo’lishi bilanoq darhol aynan mana shunday
holatda qanday muvaffaqiyatli harakat qilganliklarini eslaydilar. Doimo shuni
singdirish mumkinki, somatik xavfsiranish-g’alabaga bo’lgan
kerakli holatni
shakllantirish uchun yaxshi dastlabki vaziyatdir: kuchli qo’zg’alishsiz faol
harakatlarga o’zingni yo’naltira olmaysan.
Kognitiv xavfsiranish axborotni qayta ishlash va taktik vazifalarni hal qilish
bilan bog’liq. Bunday yuqori bosimda ish qobiliyati pasayadi, muvaffaqiyatga
ishonch yo’qoladi.
Kognitiv xavfsiranish belgilari:
turnirdan bir-ikki kun oldin har narsaga asabiylashish;
uyqusizlik, tush ko’rganda nimanidir yo’qotish, afsuslanish, bajarilmagan
ish bilan bog’liq syujetlarning paydo bo’lishi;
uyqudan keyin to’liq dam olmaslik belgisi, bosh og’rig’i;
fikrlar doimo bir ob’ektdan ikkinchi ob’ektga “sakrab o’tib turadi”;
sportchi
uchun sevimli,odatiy bo’lgan musiqa bu safar hech qanday
taa’surot uyg’otmaydi;
atrofdagilarning, yaqin odamlarning “keraksiz bezovta qilishlari”dan
asabiylashish;
ko’p gapirishdan birdaniga jim yurishga o’tish;
sportchi start oldidan murabbiyning ko’rsatmalarini e’tiborsizlik,
loqaydlik bilan tinglaydi.
Bunday holatda quyidagi psixologik regulyasiya dasturlari qo’llaniladi.
Kognitiv
(aqliy)
doiraga ta’sir ko’rsatish dasturlari:
maqsadni belgilash vositalari: sportchini kutilayotgan
psixologik
to’siqlarni
(masalan,”noqulay” chapaqay raqib va h.k.)
engib o’tishga
moslashtiradigan maqsadlar qo’yilmasi;
fikrlar yo’nalishini kerakli tomonga qaratishni tashkil etish, ongni stress-
faktorlardan tozalash: texnik usullarni kutilayotgan uchrashuv shaklidan qat’iy
nazar fikran takrorlash;
o’yinga umumiy tayyorgarlik emas, balki aniq raqib bilan uchrashuvga
tayyorgarlikni shakllantirish bilan bog’liq autotrening o’tkazish.
Sportchiga fiziologik-somatik jihatdan ta’sir o’tkazilganda nafaqat somatik
keskinlik
tartibga solinadi, balki musobaqa uchun kerakli tayyorgarlik holati
yaratiladi:
psixologik-mushak mashqlari variantlari, A.Y.Alekseev bo’yicha (1997);
mimik mushaklar holati ustidan o’z-o’zini nazorat qilish;
nafas olish ustidan o’z-o’zini nazorat qilish.
Bu turdagi istalgan ish relaksatsiya, avvalambor
mushak relaksatsiyasi
ko’nikmalarining yaxshi holatiga asoslanishi lozim. Relaksatsiyaning vazifasi
Shundaki, uning yordamida psixologik va jismoniy zo’riqish olib tashlanadi.
Bunga asab tizimining faoliyatini organizmning biologik salohiyatini qayta
tiklashga yo’naltirish hisobiga erishiladi.
Tennischining o’zi haqida aniq tasavvurga ega bo’lishi psixologik
regulyasiya ishining boshlang’ich nuqtasi hisoblanadi. o’z tanasini batafsil
biladigan, uning har bir qismining vazifalarini aniq his qiladigan sportchi o’zining
“Men”ini yaxshiroq tushunadi va o’zining xulq-atvorini yaxshiroq boshqaradi.
Mimikadan psixologik regulyasiya vositasi sifatida faol foydalanishda
ko’zgu yordam beradi. o’ziga qarab turib, u yoki bu kayfiyatga
Dostları ilə paylaş: