kuchiga ishonmaslik, revanshga intilish, shashqaloqlik va h.klar ko’proq nimada
namoyon bo’ladi)
mos keluvchi mimikaning barcha variantlarini baholash va
kayfiyatni boshqarish mumkin.
Psixologik-mushak mashqlari formulalari bilan parallel ravishda nafas
olishni
nazorat qilish olib borilsa, relaksatsiya samarasi yanada kuchli bo’ladi.
Nafas olish qanchalik osuda va bir tekis bo’lsa
(dastlab buning ustidan maxsus
nazorat o’rnatish lozim, keyinchalik bunday o’z-o’zini nazorat qilish ixtiyoriy
ravishda hosil bo ‘ladi),
relaksatsiya Shu darajada chuqurroq bo’ladi.
Psixologik ta’sir o’tkazishning universal vositalaridan
biri psixologik
regulyasiya pauzasi hisoblanadi. Bu vositani yuqori zo’riqishli, uzoq davom
etadigan va
(yoki)
monoton qo’zg’atuvchilar
(masalan, texnik yo’nalishdagi
mashqlar)n\ng
uzoq ta’siri kuzatiladigan ishlarda qo’llash kerak.
Odatda, soniyaundlash muolajasi o’z ichiga quyidagilarni oladi:
raqib to’g’risida axborot
(agar и oldindan tanish raqib bo’lsa-uning shu
kungi holati);
mazkur
raqib bilan muvaffaqiyatli, oz darajada esa, muvaffaqiyatsiz
uchrashuv tajribasini sportchining o’zi va raqibining bugungi kundagi holati bilan
qiyosan tahlil qilish;
kutilayotgan uchrashuvdagi holatning barcha tafsilotlarini ajratgan holda
sportchining jismoniy va psixologik holatini tahlil qilish;
mazkur raqibga qarshi harakat qilishning eng mos vositalari bo’yicha
tavsiyalar berish;
uchrashuvning taxminiy kechishi va uning u yoki bu o’zgarishlarga
uchrashida o’zini tutish taktikasini muhokama qilish;
uchrashuv albatta muvaffaqiyatli tugashi lozimligi to’g’risida ishonchni
singdirish;
uchrashuvga psixologik tayyorgarlik holatining shakllanishi.
Nima bo’lganda ham, ”o’z harakatlaringni
qarama-qarshi tomonga
o’zgartir” degandan ko’ra “Mana shunday ushlab tur!”
(agar hammasi
muvaffaqiyatli bo’lmasa ham)
deb rag’batlantirish ko’proq samara beradi.
Taktikani o’zgartirish-psixologik jihatdan juda qiyin harakat. Taktikani
boshidanoq belgilangan liniya bo’yicha almashtirish esa ancha engil kechadi.
Ko’pincha murabbiy shunday deydi:” Agar endi
sen hujum boshlasang yaxshi
bo’lardi”. Sportchi o’ylanmagan hujumlar bilan yangi partiyani boshlaydi va
doimo raqibning qarshi hujumlariga duch keladi. Agar ikkinchi partiyaga oldindan
rejalashtirilgan holda yanada faol hujumkor harakatlarga o’tilsa boshqa gap.
Bunda sportchida o’zini tutishning mos modeli shakllanadi, bu modelni psixologik
jihatdan to‘lа amalga oshirish mumkin.
Eng asosiysi: sportchiga shuni singdirish lozimki, u yomon harakat qilgani
yo’q, lekin u yoki bu muayyan o’zgarishlar kerakki, bu o’zgarishlar yuqori
natijaga olib keladi.
Musobaqalardan
keyingi
suhbatning
asosiy
mavzusi,
tabiiyki,
musobaqalarning natijasi bilan belgilanadi. G’alaba qozonilganda suhbatlarning
asosiy mavzusi: “Sen unchalik yorqin g’alabaga erishganing yo’q. Sening asosiy
g’alabalaring hali oldinda”. Musobaqa muvaffaqiyatsiz
tugallanganda mavzu
Shunday bo’lishi mumkin: ‘‘Raqibning ko’p jihatdan omadi keldi. Sening
muvaffaqiyatsizligingning muayyan sabablari bor...Ammo bu turnir bilan hayot
to’xtab qolmaydi- hammasi oldinda!”.
Suhbat vositalarining o’ziga xosligi ulkan miqdordagi sub’ektiv va ob’ektiv
omillar bilan belgilanadi. Murabbiy shaxsiyati bu o’rinda
qariyb bosh omil
hisoblanadi. Asosiysi-uning samimiyligi, o’z so’zlariga o’zi ishonishi.
Yana bir omil-murabbiyning o’zining psixologik holati. His- hayajonga o’ta
berilgan, qo’llari qaltirayotgan, ovozi xirillab chiqayotgan murabbiy-yaxshi
soniyaundant emas. Shu sababli ham tennisda his— hayajonga o’ta berilgan ayrim
murabbiylar o’z shogirdlariga soniyaundantlik qilishdan qochadilar va bunda o’z
kasbdoshlaridan yordam berishni so’raydilar.
Ammo bu erda, eng yaxshisi,
murabbiyning o’zi psixologik o’z-o’zini boshqarish usullarini egallab olishi kerak,
zero shaxsiy murabbiyning o’rnini hech kim bosa olmaydi.
Dostları ilə paylaş: