Руководство для спортсменов по настольному теннису для развития их полного потенциала



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/68
tarix24.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#192886
növüРуководство
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   68
SPORT VA HARAKATLI O’YINLARNI O’QITISH ўқув қўлланма 31

4.2. Dopingga qarshi nazorat
Dopingga qarshi nazorat - bu maxsus tadbirlar tizimi bo’lib, musobaqa 
qatnashchilari tomonidan doping qabul qilinganini aniqlab, doping qabul qilingan 
sporchilarga tegishli sanksiya berishdan iborat. 1962-yilda XOQ ning sessiyasida 
doping qabul qilishni ta’qiqlash haqida tavsiyanoma qabul qilingan. 


1967-yilda Xalkaro Olimpiya Qo’mitasida antidoping nazorati komissiyasi 
tuzildi. Birinchi bor doping-nazorat 1968 yildagi yozgi Olipmiya o’yinlarida 
saralash yordamida o’tkazildi. 1972-yildan boshlab antidoping nazorat barcha 
Olimpiada o’yinlarida majburiy hisoblanadi. Keyinchalik hamma jahon 
chempionatlarida ko’pchilik sport turlarida ham o’tkazilishi XOQ ning ustavi va 
xalqaro sport federatsiyasi qarorlarida aniq yoritilgan. 
O’zbekiston Repspublikasining 2000-yilda yangi tahrirda qabul qilingan 
«Jismoniy tarbiya va sport to’g’risida» gi Qonunida dopingga qarshi kurashga 
alohida e’tibor berilgan. Jumladan, mazkur qonunning 24-moddasi «Sportda 
dopingni oldini olish va u bilan kurashish» ga bag’ishlagan. Qonunning mazkur 
moddasiga ko’ra: sportda dopingga qarshi qoidalarning buzilishi, shu jumladan 
sportda foydalanishi ta’qiqlangan moddalar, usullar ro’yxatiga kiritilgan 
moddalar, usullardan foydalanish yoki foydalanishga harakat qilish, doping deb 
hisoblanadi. Sportda dopingning oldini olish va u bilan kurashish xalqaro 
dopingga qarshi tashkilotlar tomonidan tasdiqlangan dopingga qarshi qoidalarga 
muvofiq olib boriladi. 
Quyidagi bitta yoki bir necha buzilishlar dopingga qarshi qoidalarni 
buzilishi deb hisoblanadi: 

sportchi tomonidan taqiqlangan modda yoki usullardan foydalanish yoki 
foydalanishga harakat qilish; 

sportchi organizmidan, shuningdek sport musobaqasida ishtirok etuvchi 
hayvon organizmidan musobaqa o’tkazish paytida yoki musobaqadan tashqari 
vaqtda olingan probadan taqiqlangan moddalar yoki ularning metabolitlari yoki 
markerlari mavjudligi aniqlansa; 

sportchining sinama olishga kelishdan bosh tortishi, dopingga qarshi 
qoidalarga muvofiq ravishda taqdimot berilganidan so’ng uzrli sabablarsiz sinama 
olishga kelmaslik yoki boshqa ko’rinishda sinama olishdan bosh tortish; 

musobaqalardan tashqari vaqtda sportchidan proba olish uchun imkoniyat 
bo’lishi to’g’risidagi dopingga qarshi qoidalarni buzish, shu jumladan sportchi 
bo’ladigan joy to’g’risidagi ma’lumotlarni bermaslik yoki testda ishtirok etmaslik; 



doping nazorati elementini qalbakilashtirish yoki qalbakilashtirishga 
harakat qilish; Umumjaxon dopingga qarshi agentlikning taqiqlangan 
moddalardan terapevtik maqsadlarda foydalanish Xalqaro standartiga muvofiq 
ravishda beriluvchi, taqiqlangan modda yoki usullardan terapevtik maqsadlarda 
foydalanishga ruxsatnomasiz taqiqlangan modda yoki usullarga egalik qilish; 

taqiqlangan modda yoki usullarni tarqatish. Sportchilar tomonidan, 
shuningdek murabbiylar va boshqa jismoniy tarbiya va sport sohasi mutaxassislari 
tomonidan sportchilarga nisbatan dopingga qarshi qoidalarni buzish, sport 
musobaqalarida ishtirok etuvchi hayvonlarga nisbatan taqiqlangan modda yoki 
usullardan foydalanish taqiqlanadi. Taqiqlangan modda yoki usullardan sportchi 
tomonidan, shuningdek sport musobaqasida ishtirok etuvchi hayvonga nisbatan 
foydalanilganligi fakti faqatgina Umumjahon dopingga qarshi agentlik tomonidan 
akkreditatsiyalangan laboratoriyalar tomonidan o’tkazilgan tekshiruvlar natijasiga 
qarab tasdiqlanadi. 
“Doping” - aslida “dops” so’zidan olingan bo’lib, narkotik berish degan 
ma’noni anglatadi. Xalqaro Olimpiya Qo’mitasining 1984-yilda qabul qilingan 
rasmiy ajrimiga binoan “Musobaqa muvaffaqiyatlarini oshirish maqsadida 
sog’lom organizmga odatdan tashqari miqdorda va odatdagidan boshqa yo’l bilan 
sun’iy va noqonuniy ravishda yuborilgan yot modda doping hisoblanadi”. Doping 
organizmni sun’iy stimulyasiya qilibgina qolmay, jismoniy yuklamalarda 
funksional sistemalar faoliyatini tejamsiz sarflaydi. Hatto energetik resurslarning 
tugab qolishi va yuklamalardan keyingi ta’sirotlarning zo’rayishiga olib keladi.
Bu esa jismoniy o’ta zo’riqishga sabab bo’ladi hamda sportchi organizmida 
patologiya oldi va patologik holatlarini vujudga keltiradi. Sport natijalarini 
oshirish maqsadida qilinadigan har xil psixologik ta’sirlar ham doping ta’siriga 
kiradi.
Shunday qilib, sportehilar organizmiga bevosita musobaqalar oldidin va 
musobaqalar davomida sun’iy ravishda ish qobiliyatini va sport natijalarini 
oshirish uchun turli usullar bilan har xil moddalarni yuborish-doping qabul qilish 
hisoblanadi. Bu holda sportchining musobaqalarda qatnashishi qat’iy an man 


etiladi.
1984-yilda Xalqaro Olimpiya Qo’mitasining tibbiy komissiyasi quyidagi 
beshta guruh tibbiy moddalarni dopinglarga kiritgan. 
Psixomotor stimulyatorlar: amfetamin va uning hosilalari. 
Simpatomimetik aminlar: efidrin, kordiamin, adrenalin va boshqalar. 
Markaziy nerv sistemasining turli situmulyatorlari: leptadol, nikotinamid va 
boshqalar. 
Og’riq qoldiruvchi narkotiklar: morfiy, kokain, geroin va boshqalar. 
Anabolik steroidlar: retabolil, nerabol va boshqalar. 
Psixomotor stimulyatorlarga hatto damlab ichilgan 5-7 piyola achchiq choy 
yoki 1-2 piyola qora kofe ham kiradi. Chunki ular tarkibida kofein keragidan 
ortiqcha miqdorda boTadi. 
Ikkinchi gruppdagi simpatomimetik aminlarga tarkibida efedrin bo’lgan 
dorilar kiradi. Masalan, tumov bo’lganda burunga tomiziladigan dorilar tarkibida 
ham bu modda bor. Anabolik steroidlar-dunyoda keng tarqalgan bo’lib, asosan 
in’eksiya orqali qabul qilinadi.
Ularning ta’siri surunkali bo’lib, organizmda suv va ba’zi moddalarni 
ushlab qoladi. Bu bilan oqsil almashinuvi tezlashib, skelet mushaklarining massasi 
ortadi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin