Руководство для спортсменов по настольному теннису для развития их полного потенциала


Nafas olish ritmi (maromi)ni boshqarish



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/68
tarix24.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#192886
növüРуководство
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   68
SPORT VA HARAKATLI O’YINLARNI O’QITISH ўқув қўлланма 31

Nafas olish ritmi (maromi)ni boshqarish
Sport faoliyatida sportchilarga to’g’ri nafas olish mashqlarini bajarishni 
o’rgatish yordamida ulardagi psixologik tayyorgarlik darajasini oshirishga alohida 
e’tibor berilishi lozim. Sportchining nafas olish ritmi (maromi)ni quyidagi 3 
davrga bo’lib o’rganish maqsadga muvofiq: 

nafas olish; 

nafas chiqarish; 

to’xtab nafas olish. 
Sportchi nafas olganida psixologik faolligi oshadi, nafas chiqarganida 
muskullari bo’shashadi, ya’ni organizmi tinchlanadi. Sport mashg’uloti va 
mashg’ulotlarda tez-tez nafas olish, nafasni cho’zib chiqarish jarayonida 
sportchining asab tizimida va butun organizmida ishchanlik va psixologik faollik 


darajasi o’sadi, sportchida ruhan faol harakat qilish imkoniyatlari oshadi. 
Sportchi mashg’ulotlarda mashqlardan juda charchab chiqqan paytlarda 
yoki boshqa birorta mashqni sifatli va aniq bajarishda qiynalayotgan vaqtda 
quyidagi mashqlardan mini-trening sifatida foydalanish tavsiya etiladi: siz birorta 
qulay joyda bo’shashgan holatda o’tiring va 2-3 daqiqa davomida ko’zlaringizni 
yuming. Siz yaxshi kayfiyatda ekanligingizni tasavvur eting. Masalan, go’yo 
o’zingizni voleybol o’ynayotgandek yoki birorta faol harakatni tez 
bajarayotgandek tasavvur qiling va xayolan o’sha holatga kiring, keyin 
ko’zingizini ochib, zarur bo’lgan mashqni bajarishga kirishing. Shu tariqa asta-
sekin o’zingizning xatingizni sermazmun, jo’shqin bo’lishi va kayfiyatingizni 
oshirish uchun maxsus reja tuzing va unga amal qilishga o’rganing. 
Sportchilarni musobaqaga psixologik jihatdan tayyorlashda ularga yaqin 
kunlarda bo’ladigan musobaqa to’g’risida aniq va xolis ma’lumotlar berib borish 
muhim o’rin tutadi. Chunki sportchining bo’lajak musobaqani o’tkazish joyi, 
vaqti, muhit, sharoit, ob’ektiv va sub’ektiv munosabatlar, musobaqa 
qatnashchilarining tarkibi, raqib jamoalar tarkibi, asosiy raqiblar, alohida raqib 
sportchining individual xususiyatlari; jismoniy, psixologik, taktik, irodaviy 
tayyorgarligi; alohida raqib yoki raqib jamoa a’zaolarining qanday imkoniyatlarga 
ega ekanligi to’g’risida axborotlar olishi musobaqaga psixologik va jismoniy 
tayyorgarligini oshirishda, bo’lajak musobaqaning rejasini tuzishda muhim omil 
hisoblanadi. To’g’ri bo’lajak musobaqaning mayda-chuydasigacha bilib olish juda 
qiyin. Shunday bo’lsada, sportchi uchun bo’lajak musobaqaning ayrim muhim 
tomonlari to’g’risidagi ma’lumotlarga ega bo’lish ham muvaffaqiyat keltirishda 
yordam beradi. Ba’zan sportchi musobaqa hakida aniq ma’lumotlarga ega 
bo’lmaganligi sababli, unda g’alabaga ishonch o’rniga qo’rqinch, vahima, o’ziga 
ishonmaslik holati paydo bo’ladi yoki g’alabaga befarq bo’lib qoladi. 
Musobaqa 
jarayonida 
sportchilardagi 
noxushlik, 
bezovtalanish, 
tashvishlanish kabi psixologik holatlarni yo’qotish yoki pasaytirish uchun 
yuqorida nomlari ta’kidlangan maxsus psixologik uslublardan foydalanish 
ularning musobaqalarga psixologik jihatdan tayyorgarlik holatini yanada 


yaxshilaydi, g’alaba qozonishga bo’lgan psixologik, jismoniy va taktik 
imkoniyatlarni oshiradi. Xatto, ayrim murabbiylar shogirdalarini musobaqaga 
ruhan tayyorlash muammosini to’g’ri hal etish maqsadida, ularning raqiblari 
hakida ma’lumotlar yig’ib, raqibning suratini mashq qiladigan sport zalining 
e’lonlar taxtasiga ilib qo’yib, tagiga yoshi, bo’yi, ma’lumoti, jismoniy 
tayyorgarligi, psixologik holati, irodaviy sifatlari, texnik va taktik mahorati, 
sportda erishgan ko’rsatkichlarini yozib qo’yadilar. 
Boshqa ba’zi bir tajribali murabbiylar shogirdlariga teng keladigan raqib 
obrazini yaratib, sport mashg’uloti jarayonida o’sha raqib sportchiga qarshi xar xil 
texnik va taktik usullar ishlatish, raqibning zaif himoyalangan nuqtalariga zarba 
berish kabilar yordamida shogirdlarini bo’lajak katta musobaqalarga jismoniy, 
psixologik, taktik jihatdan tayyorlab boradilar. 
Murabbiy g’alaba qilish uchun aniq imkoniyatlarni hisobga olish, kuchli 
raqiblar bilan juda ehtiyot bo’lib bellashish, mehnatsiz maqsadga erishish mumkin 
emasligi kabilar haqida tushuntirish ishlari olib borishi lozim. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin