o’zgarishlar paydo bo’lgani seziladi: o’zini tetik xis qiladi,
harakatlarni engil
bajaradi, muskullari bo’shashadi, unda ishchanlik darajasi qaytadan tiklanadi.
Muskullarning faollik darajasini boshqarish
Sport faoliyati jarayonida sportchining o’z muskullari faolligini boshqarishi
hozirgi zamon «autogen» mashg’ulotining asosiy vazifasidir. Tana muskullarining
harakatchanligini oshirish sportchidan maxsus malaka va ko’nikmalarni talab
etadi. Sportchi barcha mushak, tana muskullarini bo’shashtirishda autotrening
uslubidan foydalanadi.
Sportchi muskullarini bo’shashtirganida, tarangilikni zaiflashtirganda,
organizmda psixologik va jismoniy ishchanlik holati tiklanadi. Ayrim sportchilar
yugurganida yoki jismoniy mashqlar bajarganida muskullarini
tarang ushlashga
odatlanib qoladi. Agar sportchida bunday holat uzluksiz takrorlanaversa, u hech
qachon maromiga etkazib dam ololmaydi. Hatto, sportchi uxlaganida ham uning
muskullari tarang holatda buladi. Bunda sportchilarda asabiy zo’riqish holati
tezlashadi, bu holat ular organizmida funksional kasalliklarni keltirib chiqarishi
mumkin. Shuning uchun murabbiylar shogirdlariga yugurganida,
jismoniy
mashlar bajarganida, dam olganida, uxlashga yotayotganida
tana muskullarini
bo’shashtirish mexanizmlarini o’rgatishlari zarur.
Dostları ilə paylaş: