Руководство для спортсменов по настольному теннису для развития их полного потенциала



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/68
tarix24.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#192886
növüРуководство
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   68
SPORT VA HARAKATLI O’YINLARNI O’QITISH ўқув қўлланма 31

Tibbiy vositalar 
- ham jismoniy ish qobiliyatlarini tiklashda asosiy rolni 
o’ynaydi. Tiklanish deganda organizmning funksional holati o’zgargandan keyin 
uning fiziologik holatining ishdan oldingi yoki unga yaqin gomeostaz 
(ichki 
muhitni saqlash)
holatiga qaytishi tushuniladi. Aerob reaksiyalar va 
assumulyasiyaning ustun kelishi tiklanish jarayonlarining xarakterli tomonidir. 
Sportchilar organizmining ish qobiliyatini qayta tiklashda sport tibbiyotida 
keng kompleksli vositalar qo’llaniladi. Bunga birinchi navbatda maxsus 
ovqatlanish, ergogenli parxez va vitaminlar kiradi. Bundan tashqari o’simliklardan 
va sun’iy yo’l bilan tayyorlangan farmakologik pereparatlar qo’llaniladi. 
Gigienik vositalar 
- bir me’yordagi tartib, tabiatdagi tabiiy kuch va h.k.lar 
ham qo’llaniladi. Eng asosiysi esa tiklanishning jismoniy vositalari majmuasi: 
massajdan tortib sauna, termo-elektro, baro-magnit va boshqa uslublar 
qo’llaniladi. 
Mashg’ulotlar va musobaqalar jarayonida sportchilarning ish qobiliyatini 
oshirishda, tiklanish jarayonlarini tezlashtirishda va charchash holatlarining oldini 
olishda sportchilarning ratsional ovqatlanishi katta ahamiyatga ega. 
Qayta tiklash jarayonlarini tezda tiklash maqsadida katta yuklamalar va 
musobaqalar davomida ovqatlanish kaloriyasini ishlab chiqarilgan normativlarga 
nisbatan 5 - 10%, suyuqlikni esa 0,5 - 1 litrdan oshirish lozim. Tiklanish davrida 
kunlik ovqatlanish ratsionida oqsil moddalari iste’mol qilinishiga katta ahamiyat 
beriladi. Ovqat tarkibidagi oqsil miqdorining 50 - 60 % ini go’sht, baliq, jigar, 
suzma, sut tashkil qiladi. Oqsil moddalar tarkibiga kiruvchi aminokislotalar - 
glyutamin 
(sutli bug’doy oqsillan),
lipoproteinlar 
(sut, jigar, mol go’shti oqsil 
moddalari) 
va xolin 
(mol jigarida, tilda, tuxum sarig’ida, no’xatda)
ning qayta 
tiklanishi ta’minlanadi. 
Yog’ va uglevodlar tiklanish jarayonlarida katta rol uynaydi. Kunlik 
ratsionda yog’ mahsulotlari 20-25 % dan oshmasligi lozim va uglevodlarning 
miqdorini oshirish lozim. Jigar va mushaklarda glikogen zapaslarini oshirishda 


yuklamalardan 24-28 soat o’tgandan keyin sportchilarning ovqati tarkibi 
uglevodlar bilan boyitilishi lozim. Uglevodalar 1 sutkali kaloriyasining 60 % ini 
tashkil etishi kerak. Qayta tiklanish davrida uglevodlar tarkibining 64 % kraxmal 
va 36 % oddiy kandlardan iborat bo’lishi lozim. Katta yuklamalar davrida 
tiklanishni ta’minlashda engil suriluvchi uglevodlar 
(masalan, asal),
ho’l mevalar 
va sabzovotlar sutkali ratsionning 15-20 % ini tashkil kilishi lozim. 
Kalsiy, fosfor, natriy, magniy va temirga boy mineral moddalar tiklanish 
jarayonlarini tezlashtiradi. Bu moddalar mushaklar, bo’sh miya, miokardda modda 
almashinuvi jarayonlarini boshqarishi, fermentlarni va vitaminlarning organizmda 
o’zlashtirilishi, 
kislorodni 
tashish 
jarayonlarini 
yaxshilashda, 
suyak 
to’qimalarining mustahkamlanishida muhim ahamiyatga ega. 
Issiq Sharoitda mashq qilish davomida ko’p terlash natijasida suv va tuz 
yo’qotilishini hisobga olib tiklanish davrida ozuqa ratsionidagi osh tuzini 
miqdorini sutka davomida, 5-7 gr. ko’paytirish mumkin. Mushaklarning tirishi 
ro’y berganda sportchilarga maxsus tuzli tabletklarni berish kerak. 
Tiklanish davrining boshlanishida organizmda ishqorli moddalar zahirasini 
mineral suvlar, ho’l mevalar va sabzavotlar bilan ta’minlash kerak. Ichaklar 
faoliyatini yaxshilash maqsadida qatiq, kefir va apelsinlarni ovqatlanish ratsioniga 
kiritish lozim. 
Kun davomida 
3-4
marta ovqatlanish tavsiya etiladi 
(mashg’ulotlar va 
musobaqalar dan 1,5-2 soat o’tgandan keyin).
Tikilash muammolarida vitaminlar 
alohida o’rin egallaydi. Katta yuklamalarda vitaminlar yetishmovchiligi yuzaga 
kelishi mumkin. Zamonaviy sportda vitaminli kompleks perepratlar qo’llaniladi. 
Shular 
qatorida 
kompleksli 
pereparatlar 
(uglevodlar, 
mineral 
tuzlar, 
mikroelementlar va vitaminlar yig’indisiyoki oqsil moddalariyig’indisi)
keng 
qo’llaniladi. 
Mushaklarning energetik potensialini oshirishga olib keluvchi ovqatlanish 
energogen parxez 
(uglevodlar, oqsil va yog’ moddalarni kompozitsiyasini о 
‘zgartirish)
deb nom olgan. 
Mushaklarda glikogen miqdori qanchalik yuqori bo’Isa, jismoniy yuklama 


Shunchalik katta samara bilan bajariladi. Masalan, oddiy aralash ovqatianishda 
veloergometrda mushak kuchlanshilari koeffitsentining 75 % ini tashkil qilgan 
jadallikda mashq 114 daqiqa davomida, uglevodli parxezda - 167 daqiqa, oqsil-
yog’i parxezda esa atigi 57 daqiqa davomida to’xtovsiz mashq qilingan. Birinchi 
variantda glikogenning miqdori 100 gr. mushak og’liligiga nisbatan 1,75 gr.ni, 
ikkinchisida 3,51 gr.ni, uchinchisida esa atigi 0,63 gr.ni tashkil etganligi 
aniqlangan. 
Mushaklarda kislorodning miqdori qancha kam bo’lsa, uzun masofaga 
yugurish tezligi Shuncha past bo’ladi. Energogen parxez nafaqat sportchilarni ish 
qobiliyatini oshirishda, balki sportchilarda mashg’ulotlar va musobaqalar 
samaradorligini ta’minlashda ham qo’llaniladi. 
Fizikaviy omillar yuqori biologik faolikka ega. Ular sport tibbiyotida 
kasalliklarni oldini olish, davolash, organizmni chiniqtirish, qayta tiklanishni 
tezlashtirish va ish qobiliyatini oshirishda keng qo’llaniladi. Tibbiy omillar 
(quyosh, havo, suv)
bilan birga har xil dushlar va vannalar, maxsus vannalar, 
issiqlik va nurlar, kislorod, elektrotoklar, uqalash va hammom turlari qo’llaniladi. 
Fizikaviy omillar organizmda qator javob reaksiyalarini vujudga keltiradi 
va shu bilan birga organizmning himoya kuchlarini, tashqi muhitning noqulay 
ta’siriga qarshiligini oshiradi, charchashni tarkatadi, qayta tiklashni tezlashtiradi. 
Fizik omillar ikki guruhga bo’linadi: organizmga umumiy ta’sir qiluvchi 
(dushlar, 
vannalar, umumiy va suvli massaj, hammomlar)
va mahalliy ta’sir etuvchi 
(elektro 
muolajalar, vannalar, issiq muolajalar, sigmentar massaj va b.)
vositalar. Mahalliy 
ta’sir qiluvchi fizik muolajalar charchagan ayrim mushaklarda o’tkaziladi. Katta 
hajmli va jadal mashg’ulotlardan keyin umumiy va mahalliy charchash 
oqibatlarini tarqatishda umumiy ta’sir vositalari qo’llaniladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin