Maqsadga intiluvchanlik sifatini sportchi stol tennisiga san’at sifatida
chuqur qiziqish bilan qaragan va sport yutuqlariga shaxsan qiziqqan sharoitda
tarbiyalash mumkin.
Murabbiy tennischi bilan uning tayyorgarligining
barcha ijobiy va salbiy
tomonlarini muhokama qilishi; xatolarni tuzatish ustida ishlash bosqichlari va
texnika hamda taktikani takomillashtirish yo’llarini belgilab berishi lozim.
Tennischi mashq topshiriqlariga
majburiyat sifatida emas,balki ijodiy
harakatlar manbai sifatida yondashishiga erishish lozim. Sportchi murabbiyning
eslatmalarini kutib o’tirmasdan, o’zi mustaqil tayyorgarlik bilan shug’ullanishi,
buning uchun o’ziga eng mos keladigan mashqlarni tanlab olishi; o’zi yoqtirgan
usullarni takomilga etkazishi lozim. Sparinglar
bilan mashq qiluvchi
tennischilarga ularning har birining harakatidagi leytmotiv nimada ekanligini
doimo eslatib turish kerak. Mashq qiluvchilar bu harakatlarni oldga qo’yilgan
maqsadga mos ravishda bajarishlari kerak.
O’z kuchiga ishonch mukammal texnika,taktika
va yuqori darajadagi
jismoniy tayyorgarlik shakllanishi natijasida yuzaga keladi. Masalan, bir qancha
himoya usullarini va biror bir texnik usulni yaxshi egallagan tennischi o’zining
kuchiga va istalgan paytda raqibga muvaffaqiyatli qarshilik ko’rsata olish
imkoniyati borligiga ishona boshlaydi.
Mag’lubiyat sportchida ishonchsizlik paydo qilmasligi kerak, uni agar o’yin
paytida ayrim kamchiliklarga yo’l qo’ymaganida shak-shubhasiz g’olib chiqqan
bo’lishiga ishontirish lozim. Mag’lubiyatdan so’ng tennischini o’zi mag’lubiyatga
uchragan raqibidagi xususiyatlar bor boshqa tennischilar mashq o’yilarida
o’ynashga majbur qilish kerak.
o’zini qo’lga ola bilish. Bu o’rinda so’z qiyin va kutilmagan holatlarda
o’zini yo’qotib qo’ymaslik, o’zining xulq-atvorini boshqarish, ruhiyatdagi yuqori
zo’riqish sharoitlarida vaziyatni nazorat qila bilish qobiliyati haqida boradi.
Harakatlarning
aniq rejasi mavjudligi, voqealar rivojining barcha ehtimoliy
jihatlarini hisobga olish, sport qonuniyatlarini
bilish bu sifatning namoyon
bo’lishiga yordam beradi.