Руководство для спортсменов по настольному теннису для развития их полного потенциала



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/68
tarix24.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#192886
növüРуководство
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   68
SPORT VA HARAKATLI O’YINLARNI O’QITISH ўқув қўлланма 31

Diqqatni boshqarish
Malakasi xali endi shakllanayotgan yosh tennischilar kuchli hayajonda 
bo’lganligi bois, musobaqa jarayonida sodir bo’layotgan ko’pgina voqea va 
hodisalarning kelib chiqish sabablarini diqqat bilan aqlan hal qilishda kutilmagan 
qiyinchiliklarga uchraydi. Jumladan, tennis zalidagi ko’plab tomoshabinlar va 
murabbiyning 
tinimsiz 
hayqiriqi 
natijasida 
sportchida 
hayajonlanish, 
bezovtalanish, tashvishlanish holati oshib ketadi. Natijada ularda fikrini bir 
nuqtada to’plab, uni aniq bir ob’ektga ishonchsizlik bilan harakatlanish holati 
sodir bo’ladi. 
Masalan, tennischi musobaqa jarayonida hujumkor taktikada o’ynaydigan 
sportchi bilan raqib bo’ldi. Partiya boshlanishidan raqibning murakkab shar 
uzatishlarini 
(podacha)
va ketma-ket kuchli bo’lgan top- spin zarbalarini o’tkazib 
yuborishi sababli, hujumdan ko’ra ko’proq himoya taktikasiga o’tadi va unda 
diqqat bilan raqibning berayotgan zarbalariga nisbatan sharni qaytarish hamda 
turli xil qarshi usullardan foydalanish holatlari pasayib ketadi. Shuningdek, raqib 
imkoniyatlari, harakatlari to’g’risida vaqtida etarli ma’lumot ololmaydi, aniq 
vaziyatni hisobga olib fikran stol yonida to’g’ri joy tanlashda 
(stoyka),
mustaqil 
bir qarorga kelishda qiynaladi. Shuning uchun tennischilar bilan diqqatni 
murakkab vaziyatlarda ham aniq zaruriy obe’ktga to’plash va yo’naltirishga 


yordam beradigan har xil mashqlar o’tkazish orqali ularda o’z diqqatini boshqarish 
malakalarini rivojlantirish zarur. 
Hissiy obrazlar vositasida fikrlash
Tennischi bu uslub yordamida bo’lajak musobaqada o’z harakatini xayolan 
obrazlar vositasida tafakkurida mushohada etib, fikran tasavvur etadi, mashq 
qiladi. Natijada, sportchi xayolan mashq qilgan harakatlarini musobaqa jarayonida 
tez, shiddatli, yuqori darajada aniq bajarish imkoniyatiga ega bo’ladi. o’z 
harakatlarining boshlanish, o’rta va keyingi qismlari izchilligini saqlagan holda 
bir necha obrazlarda xayolan takror va takror ishlab chiqadi. Sportchi fikran oddiy 
hissiy obrazlardan murakkab obrazlarga o’tadi. Bu obrazlar real hayotda, sport 
amaliyotida 
(jismoniy mashqlar va musobaqa jarayonida)
kuzatilgan, orttirilgan 
tajribalarga ko’ra, mushohadalar natijasida yuzaga keladi. Jumladan, qachondir 
qozonilgan g’alaba, o’rnatilgan yangi rekord yoki muddatdan oldin o’z raqibi 
ustidan qozonilgan g’alaba to’g’risidagi turli aniq-tiniq obrazlar yordamida fikran 
mashq qilish ham sportchining musobaqalarda g’oyat aniqlik bilan harakat 
qilishini ta’minlaydi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin