rang-barang,
keng qamrovli, murakkab, ko’p bosqichli jarayon bo’lib, turli
usullar, vositalar yordamida amalga oshiriladi. Masalan, o’quvchini o’qishga va
mehnatga
tayyorlash, harbiy askarni texnik, taktik va irodaviy tayyorgarlik
sifatlarini
rivojlantira borib, jismoniy, psixologik, siyosiy jihatdan og’ir
Sharoitlarda jangovor mashqlarga, ona-Yatanni himoya qilishga tayyorlash ko’p
bosqichli, turli xil usullar vositasida amalga oshiriladigan qiyin va qizg’in irodaviy
tarbiyaviy jarayondir.
Shuningdek, o’quv, tarbiyaviy va amaliy faoliyatda
sportchilarni jismoniy mashqlarga hamda sport musobaqalariga ruhan tayyorlash,
musobaqada g’alaba qilishga, yangi rekordlar o’rnatishga yo’llash
usullari ham
rang - barangdir. Sportchi yoki jamoa a’zolarining sport musobaqalarida yuqori
natijalarga erishishi, birinchi navbatda, ularning ma’naviy, mafkuraviy, irodaviy,
jismoniy, texnik, taktik tayyorgarligiga bog’liq.
Sport amaliyotida bo’lajak aniq musobaqalarga psixologik jihatdan alohida
tayyorgarlik ko’rgan tennischilarning ko’pincha g’alaba qozonishi ilmiy
isbotlangan. Demak, sport mutaxassislari murabbiylar tennischilarni musobaqaga
psixologik jihatdan tayyorlashga alohida e’tibor berishlari maqsadga muvofiqdir.
Buning uchun ulardan sportchini musobaqaga ruhan
tayyorlash bosqichlarini
nazariy va amaliy jihatdan puxta bilishlari talab qilinadi. Sport turlarining o’ziga
xos xususiyatlaridan kelib chiqib, tennischilarni tayyorlashni quyidagi
bosqichlarga bo’lish mumkin:
tennischilarga raqibi va bo’lajak musobaqalarning
shart-sharoitlari
haqida yetarlicha ma’lumotlar berib borish;
sport mashg’ulotlari va musobaqalar haqida olingan ma’lumotlarni
tekshirib ko’rish, ishonchlilik darajasini aniqlash, musobaqaning boshlanish vaqti
yoki kutilmagan o’zgarishlarning alohida sportchilar yoki jamoaga g’alaba
keltirish imkoniyatlarini o’rganish;
tennischilarga musobaqada qatnashishdan ko’zlangan maqsad va
vazifalarni aniq belgilab olishlari haqida ko’rsatmalar berish;
sportchining musobaqada ishtirok etish sababi,
mohiyati va aniq
maqsadini aniqlash, g’alabaga erishishning ijtimoiy ahamiyatini tushuntirish;
sportchining bo’lajak musobaqa jarayonidagi faoliyatini rejalashtirish,
aqliy sifatlarini o’stirishga e’tibor berish, musobaqaga taktik va texnik jihatdan
psixologik tayyorgarligini takomillashtirish;
tennischini musobaqaga ruhan tayyorlash maqsadida kutilmagan maxsus
to’siqlar vujudga keltirish, ularda bu to’siqlar va qiyinchiliklarni enga oladigan
malaka va ko’nikmalar hosil qilish uchun qo’shimcha mashg’ulotlar uyushtirish;
tennischiga musobaqa jarayonida paydo bo’ladigan
ichki psixologik
holatni boshqarish uslublaridan foydalanishni o’rgatish;
tennischini musobaqa boshlanishida psixologik ko’tarinkilikka, asab
tizimi faoliyatini boshqarishga, ruhan charchamaslikka odatlantirish hamda
musobaqa jarayonida yanada faol harakat qilishga erishishga undash.
Dostları ilə paylaş: