Руководство для спортсменов по настольному теннису для развития их полного потенциала



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/68
tarix24.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#192886
növüРуководство
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   68
SPORT VA HARAKATLI O’YINLARNI O’QITISH ўқув қўлланма 31

3.2. Psixologik tayyorgarlik
Yosh sportchilar bilan o’tkaziladigan mashg’ulotlarda yuksak axloqiy 
sifatlarni, O’zbekistonga sadoqat ruhini, jamoa bilan ishlash, mehnatsevarlik va 
tartib-intizom qadriyatlarini tarbiyalash asosiy vazifa hisoblanadi. Yosh 
sportchilarni ma’naviy tarbiyalashda bevosita sport faoliyati muhim rol o’ynaydi, 
zero bu faoliyat ma’naviy sifatlarni tarbiyalashda katta imkoniyatlarga ega. 
Jamiyat oldidagi yuksak mas’uliyat hissi, yosh sportchilar shaxsiyatidagi 
ma’naviy sifatlarni shakllantirish sportchining irodaviy sifatlarini rivojlantirish 
bilan bir vaqtda amalga oshirilishi lozim, bunda psixologik tayyorgarlikni yosh 
sportchilar shaxsini rivojlantirish va takomillashtirishga yo’naltirilgan tarbiya 
jarayoni sifatida tushunish lozim. Bunda davomiy mashq jarayoniga psixologik 
tayyorgarlik sport faoliyati motivlarini to’xtovsiz rivojlantirish va mashq 
jarayonining turli tomonlariga qulay munosabatlar hisobiga amalga oshiriladi. 
Yosh sportchilarni psixologik tayyorlash shaxsning o’ziga xos 
xususiyatlarini shakllantirishga yo’naltirilgan bo’lib, bu xususiyatlar muayyan 
sharoitlarga moslashish va musobaqalarning ekstremal shart- sharoitlariga 
moslashish hisobiga musobaqalarda muvaffaqiyatli qatnashish imkonini beradi. 
Psixologik tayyorgarlik bu o’rinda tarbiyaviy va o’z-o’zini tarbiyalash jarayoni 
sifatida maydonga chiqadi. Bu jarayonda murabbiy-pedagog markaziy figura 
hisoblanadi, murabbiy- pedagog sportchilarning mashq mashg’ulotlari va 
musobaqalardagi xulq- atvorini boshqarish bilangina cheklanib qolmaydi. Yosh 
sportchilarni tarbiyalashning muvaffaqiyati ko’p jihatdan murabbiyning sport 
tayyorgarligi va umumiy tarbiya vazifalarini kundalik uyg’unlashtirib borishi 
bilan belgilanadi. 
Intizomlilikni tarbiyalashni ilk mashg’ulotlardan boshlash maqsadga 


muvofiqdir. Mashq mashg’ulotlari va musobaqalarda qatnashish qoidalariga 
qat’iy rioya qilish, murabbiy ko’rsatmalarini aniq bajarish, mashq 
mashg’ulotlarida, maktab va uyda o’zini a’lo darajada tutish- bularning barchasiga 
murabbiy doimo e’tibor qaratishi lozim. Sport mashg’ulotlarining boshidanoq 
mehnatsevarlik va qiyinchiliklarni engib o’tish qobiliyatini tarbiyalash muhimdir, 
bunga esa mashq vazifalarini muntazam ravishda bajarib borish orqali erishiladi. 
Yosh sportchini aniq misollar bilan shunga ishontirish lozimki, zamonaviy sportda 
muvaffaqiyat mehnatsevarlikka bog’liqdir. Yosh sportchilar bilan mashg’ulotlar 
jarayonida intellektual 
(aqliy)
tarbiya muhim ahamiyat kasb etadi. Aqliy 
tarbiyaning asosiy vazifasi o’quvchilar tomonidan sport trenirovkasi, gigiena va 
boshqa sohalarga xos maxsus bilimlarning egallanishi hisoblanadi. 
Stol tennisi kabi zamonaviy sport o’yinlari uchun mashq va musobaqa 
yuklamalarining yuqori darajasi xosdir. Tayyorgarlikning barcha bosqichlarida 
juda qattiq saralashdan faqat yaxshi jismonan sog’lom va kerak bo’lganda o’z 
imkoniyatlarini maksimal darajada yuzaga chiqara oladigan sportchigina o’ta 
oladi. Bu natijaga erishishning yuqori manfaatdorligi mavjud bo’lgandagina 
mumkindir. 
Eslatib o’tamizki, motiv - bu muayyan ehtiyojlarni qondirish bilan bog’liq 
faoliyatga undashdir. Ehtiyoj - inson holati bo’lib, unda insonning muayyan 
yashash sharoitlariga bog’liqligi ifodalanadi. 
Natijaga erishish istagi sifatida belgilanadigan yutuqlarning yuqori 
motivatsiyasi sportchining imkoniyatlarini bir joyga yo’naltiradi, ijodiy 
salohiyatni ochib beradi, sportchini xulq-atvorning eng qiziq variantlarini izlash 
va topishga majbur qiladi, me’yor va mas’uliyat hissini hamda birdaniga 
bo’lmasa-da, muayyan vaqt o’tib yuqori natijaga erishish uchun kerak bo’lgan 
barcha narsani beradi. Sportchi ichki tomondan o’zgaradi, rekord natijalar 
ko’rsatishga loyiq bo’lib boradi, o’zining eng yaxshi jihatlarini namoyon qiladi. 
Albatta, bu o’rinda so’z qoidalar va oliy ahloqiy g’oyalardan chetga chiqmagan 
holda g’alabaga erishish istagi haqida boradi. 
Sportchi imkoniyatlarini safarbar qilish darajasi uning oldga qo’yilgan 


vazifani bajarish istagining ko’rsatkichidir va, shunga mos ravishda, bu istagi 
(motivatsiya)
ga ta’sir ko’rsatib, imkoniyatlarni safarbar qilish darajasini oshirish 
mumkin. Inson muayyan natijaga erishishni qanchalik ko’p xohlasa, u shunga 
muvofiq natijaga erishish uchun shuncha ko’p harakat qiladi. 
Stol tennisi amaliyotida motivatsiya muammosi ikkita yo’l bilan hal 
qilinadi: yuqori motivatsiya darajasiga ega sportchilarni saralab olish va bu 
darajani rag’batlantirish (moddiy va ma’naviy), jazo, ishontirish, majburlash va 
h.k.lar hisobiga yanada oshirish. Bunda sportchidagi oldindan yuqori ahamiyatga 
ega bo’lgan motivatsiyani maxsus ta’sir o’tkazish yo’li bilan oshirish samarali yo’l 
hisoblanadi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin