Руководство для спортсменов по настольному теннису для развития их полного потенциала



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/68
tarix24.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#192886
növüРуководство
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   68
SPORT VA HARAKATLI O’YINLARNI O’QITISH ўқув қўлланма 31

Egiluvchanlik
Egiluvchanlik-bo’g’imlarning katta amplitudali va maksimal darajada keng 
diapazondagi 
turli-tuman 
harakatlarni 
bajarishga 
imkon 
beradigan 
harakatchanligidir. Egiluvchanlik tushunchasi elastiklik, mushaklarning tarangligi 


hamda mushaklarning bo’shashish qobiliyati 
(relaksatsiyasi)ni
o’z ichiga oladi. 
Egiluvchanlik asosan bo’g’im yuzasining shakliga, umurtqa pog’onasining 
harakatchanligiga, bog’lam, pay va mushaklarning cho’ziluvchanligiga, mushak 
tonusiga ta’sir qiluvchi markaziy nerv sistemasining holatiga bog’liq. Jismoniy 
madaniyat amaliyoti harakatlarni to’g’ri bajarish yaxshi egiluvchanlikka 
bog’liqligini tasdiqlaydi. 
Egiluvchanlikning etarli bo’lmasligi tezlik va chaqqonlik rivojlanishini 
chegaralab qo’yadi. Harakat diapazoni qanchalik ko’p chegarlangan bo’lsa 
sportchining tezligi shuncha past bo’ladi. Sportchi katta kuch bilan ishlashga 
majbur bo’ladi va shu sababli, u tez charchaydi. Egiluvchanlikning etarli darajada 
bo’lmasligi tez-tez jarohatlanishlar 
(mushaklar, boylamlar cho ‘zilishi va uzilishi)ga
sababi boTadi. 
Harakatlarni tez, to’g’ri va maksimal diapazonda bajarish qobiliyati: 

mushaklar, boylamlar, paylarning elastikligiga; 

bo’g’imlar va umurtqa pog’onasining harakatchanligiga; 

mushak tonusiga ta’sir qiluvchi markaziy nerv sistemasining umuiy 
holatiga ko’p jihatdan bog’liq. 
Maksimal diapazonda harakat qilishda antagonist mushaklarning elastikligi 
etarli bo’lmasligi bo’g’imlar harakatchanligini chegaralab qo’yadi. Mushak 
tolalarining elastikligini mashqlar orqali yaxshilash mumkin. Bunda albatta 
mushak tolalarining o’zini dastlabki holatiga qaytish qobiliyati pasayishiga yo’l 
qo’ymaslik lozim. Mushaklar harakatchanligini rivojlantirishga qaratilgan maxsus 
mashqlarni kuch mashqlari bilan birga qo’shib olib borish kerak. Chunki kuch 
egiluvchanlikning tarkibiy qismi hisoblanadi. Egiluvchanlikni rivojlantirish butun 
yil davomidagi tayyorgarlikning majburiy elementi hisoblanadi. Bunda maksimal 
yuklama umurtqa pog’onasi, son, tizza, boldir, bo’yin sohalariga, elka kamari 
mushaklariga tushishi zarur. Egiluvchanlikni rivojlantirish uchun kattalashgan 
amplitudali harakatlar, ya’ni cho’zilish mashqlaridan foydalaniladi. Ular ikki 
guruhga bo’linadi: faol va sust harakatlar. Faol mashqlarda ayrim olingan 
bo’g’imdagi harakat hajmini oshirishga aynan shu bo’g’imdan o’tayotgan 


mushaklarning qisqarishi orqali erishiladi. Sust mashqlarda esa tashqi kuchlardan 
foydalaniladi. Faol mashqlardan keyin egiluvchanlikning oshgan ko’rsatkichlari 
passiv mashqlarga qaraganda uzoqroq saqlanadi. Bolalik va o’smirlik davrida 
egiluvchanlikni rivojlantirish doimo osonroq bo’ladi. Shu sababli egiluvchanlikni 
rivojlantirish bo’yicha asosiy ishlarni aynan shu davrga rejalashtirish lozim. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin