Руководство для спортсменов по настольному теннису для развития их полного потенциала


 Psixologik tayyorgarlik vositalari va metodlari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/68
tarix24.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#192886
növüРуководство
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   68
SPORT VA HARAKATLI O’YINLARNI O’QITISH ўқув қўлланма 31

3.3. Psixologik tayyorgarlik vositalari va metodlari
Mazmuniga ko’ra vosita va metodlar quyidagi guruhlarga bo’linadi: 

psixologik-pedagogik-ishontiruvchi, 
yo’naltiruvchi, 
harakatga 
keltiruvchi; 

xulq-atvor, ijtimoiy; 

psixologik-suggestiv, mental, ijtimoiy-o’yin; 

psixofiziologik, psixofarmakologik, nafas. 
Ta’sir yo’nalishiga ko’ra vositalarni quyidagilarga bo’lish mumkin: 

perseptiv-psixomotor sohani tuzatishga yo’naltirilgan vositalar; 

ong sohasiga ta’sir ko’rsatish vositalari; 

hissiyot sohasiga ta’sir o’tkazuvchi vositalar; 

irodaviy sohaga ta’sir o’tkazuvchi vositalar; 

ma’naviy jihatdan ta’sir o’tkazuvchi vositalar. 
Yosh sportchilar bilan ishlash jarayonida ta’sir o’tkazishning u yoki vosita 
va metodlari ustunligining muayyan yo’nalishi belgilanadi. Bolalar- o’smirlar 
sport maktabi Sharoitlarida bunday metodlar sirasiga so’z bilan ta’sir o’tkazish 
metodlari kiradi 
(verbal, obrazli, verbal-obrazli).
Yosh sportchilar psixologik holatiga verbal ta’sir o’tkazishning asosiy 
vositalariga quyidagilar kiradi: 
Ichki psixologik tayanch yaratish. Bu metod sensitivlik, qat’iyatsizlik, 


hissiy kuchlanish, xavfsirash kabi individual xususiyatlar mavjud bo’lgan 
Sharoitda o’z kuchiga ishonchni shakllantirish zaruriyati tug’ilganda ancha 
samara beradi. Bu metod yosh sportchida tayyorgarlikning kuchli namoyon 
bo’lishiga ishonchni shakllantirishga asoslanadi. Bu ishonch murabbiy tomonidan 
mashq mashg’ulotlarida mos vaziyatlarni sun’iy ravishda yaratish bilan 
mustahkamlanadi. ‘‘Ichki psixologik tayanch” yaratish bilan, bir tomondan, 
dolzarb va kvazistatsionar psixologik holatlar optimallashtiriladi, boshqa 
tomondan esa-yosh sportchilarning maxsus tayyorgarligi darajasi haqiqatan ham 
oshadi. 
Ratsionallashtirish-eng hammabop metod bo’lib, istalgan sportchiga 
nisbatan tayyorgarlikning barcha bosqichlarida qo’llaniladi. Bu metod o’ziga 
ishonmaydigan, yuqori sensitivlik va emotsional qo’zg’aluvchanlik bilan ajralib 
turadigan sportchilar bilan ishlashda ancha samara beradi. Bu metod yana imtihon 
sinovlari 
(nazorat normativlari yoki TTKning majburiy dasturini qabul qilishda),
nazorat o’yinlari mikrotsikllarida va musobaqa Sharoitlarida ham yuqori samara 
beradi.Verbal ta’sir o’tkazishning bu metodi murabbiy tomonidan yosh sportchiga 
qaysidir sport sinovidan oldingi davrda yuzaga keladigan noqulay holatlarning 
ayrim mexanizmlarini ratsional izohlashda o’z aksini topadi. 
Sublematsiya bir kayfiyatni boshqa bir kayfiyat bilan sun’iy almashtirish 
bo’lib, bu metod mashq yoki о’yin maqsadini almashtirishda 
(qo’yilgan maqsadni 
o’zgartirish, masalan, kuch bosimidan muayyan texnik usulni bajarishga o’tishda)
ko’proq samara beradi. Bunday verbal ta’sir o’tkazishga beqaror asab tizimiga 
ega, o’ziga ishonchini yo’qotgan, o’z kuchiga unchalik ishonmaydigan sportchilar 
ayniqsa ko’proq ehtiyoj sezadilar. 
Deaktuallashtirish - raqib kuchini sun’iy pasaytirish bo’lib, bu metod bilan 
mashq mashg’ulotlari yoki musobaqalarda yuzaga keladigan vazifalar hal qilinadi. 
Bevosita deaktullashtirish va bilvosita deaktuallashtirish mavjud. Yosh sportchiga 
raqib tayyorgarligining ojiz tomonlarini ko’rsatish bevosita deaktuallashtirish 
bo’lsa, yosh sportchining kuchli tomonlarini ta’kidlab va ajratib ko’rsatish 
bilvosita deaktullashtirishdir.Bunday verbal ta’sir o’tkazishda o’ziga ortiqcha 


ishonch pay do bo’lishining oldini olish uchun murabbiydan muayyan pedagogik 
taktni talab qiladi.Bu metod kuchsiz va qo’zg’aluvchan asab tizimiga ega yosh 
sportchilarga nisbatan ishlatilganda ko’proq samara beradi. 
Verbal ta’sirning yuqorida ko’rsatilgan barcha vositalari murabbiy 
tomonidan qo’llanilishi mumkin, zero hozirgi vaqtda murabbiy tarbiyaviy ish va 
yosh sportchilarni psixologik tayyorlash muammolaridan chetda turishi mumkin 
emas. 
Stol tennisidagi yuqori natija sportchi tomonidan musobaqalar Sharoitida 
erishilgan salohiyatni amalda qo’llashga yo’naltirilgan, hajmi, jadalligi va 
mazmuniga ko’ra turli-tuman bo’lgan ishni bajarishni ko’zda tutadi. Ruhiyatning 
muayyan xususiyatlariga ega bo’lgan shaxsgina juda ulkan zo’riqishlarga dosh 
berib, bunday sharoitlarda samarali harakat qiladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin