Rus pedagog-olimlarining pedagogik g’oyalari. K. D. Ushinskiy pedagogic nazariyasi va didaktik ta’limoti. Reja


Pedagogika tarixi” kursiga kirish



Yüklə 97 Kb.
səhifə5/5
tarix12.04.2023
ölçüsü97 Kb.
#96891
1   2   3   4   5
Rus pedagog-olimlarining pedagogik g’oyalari. K. D. Ushinskiy pe

Pedagogika tarixi” kursiga kirish
“Pedagogika tarixi” faning maqsadi – eng qadimgi zamonlardan to hozirgi kungacha turli tarixiy davrlarda tarbiya, maktab va pedagogik fikrlar taraqqiyotini tizimli yondashuv asosida o’rganishdan iborat.
Maktab va pedagogika ko’p asrlik tarixiy yo’lni bosib o’tgan. Mazkur davrda pedagogika fani ko’plab g’oyalar va kontseptsiyalar bilan boyib bordi. “Pedagogika tarixi” faning predmeti - eng qadimgi zamonlardan to hozirgi kungacha tarbiya, maktab va pedagogik fikrlarning rivojlanish jarayoni.
“Pedagogika tarixi” fanining vazifalari:
milliy o’z-o’zini anglash, kasbiy rivojlanish bilan bog’liqlikda umumiy va pedagogik madaniyatni shakllantirish;
pedagogik fikrlar rivojini tahlil etish va tizimlashtirish;
pedagogik g’oyalarni tahlil etish asosida ularni o’quv-tarbiya jarayoniga tatbiq etish.
Pedagogika tarixi fani g’oyalarining kishilik jamiyati taraqqiyoti bilan o’zaro aloqadorligi.
Tarbiya insonning aqliy va axloqiy jihatdan tarkib topa borishiga ta’sir etgan bo’lsa, insonning shakllana borishi ham o’z navbatida kishilik jamiyatining qaror topa borishiga yordam bergan. Xullas, tafakkur yurita olish qobiliyatiga ega bo’lgan inson kamolotining ta’minlanish jarayoni hamda jamiyatning ijtimoiy taraqqiyoti o’zaro uzviy aloqada shakllangan. Mazkur tarixiy jarayon mohiyatini bilish bizga inson tafakkurining juda uzoq davr va murakkab sharoitlarda shakllana borganligidan dalolat beradi.
Ma’lumki, kishilik jamiyatining vujudga kelishi jarayonida inson ham biologik jihatdan, ham ijtimoiy jihatdan takomillashib borgan. Dastlabki diniy e’tiqodlar, eng oddiy ixtirolarning takomillashib borishi kabi holatlar inson ongining ham shakllanib borishiga turtki bo’ldi. Bu jarayon minglab yillarni o’z ichiga olgan bo’lib, ana shu davrda inson ongi shakllanishining asosi sifatida qabul qilingan xulq-odob qoidalari, ijtimoiy talablar yuzaga kelgan. Ushbu talablar muayyan davrda yaratilgan yodgorliklarining asosiy mazmuni va mohiyatini tashkil etadi.
Eng qadimgi kishilarga xos bo’lgan xislatlar, ularning dastlabki, oddiy istaklari, orzu-umidlari qadimgi eposlarda aks etgan afsonaviy obrazlar hamda qahramonlar qiyofasida o‘z ifodasini topgan. Ruhga sig’inish (onimizm), ajdodlar ruhiga sig’inish (totemizm), sehrgarlik kabi diniy e’tiqodlar va marosimlar yoritilgan afsona va rivoyatlarda eng qadimiy ajdodlarimizning tafakkur dunyosi aks etgan. Ammo bu rivoyat va afsonalar ham massaget, sak, xorazmiy, so‘g‘d hamda parfiyanlar yashagan davrlar ruhini ifoda etadi, xolos.
Eng qadimgi madaniy boyliklarimizni o‘rganishda quyidagi uch guruhga ajratilgan manbalarga tayanamiz:
Arxeologik qazilmalar natijasida topilgan ko’rgazmali ashyolar.
Xalq og’zaki ijodi materiallari hamda yozma manbalar.
Buyuk adiblar, allomalarning ijodiy merosi.
Ma’lumki, ibtidoiy kishilar mehnat faoliyati jarayonida o‘z ehtiyojlarini qondirgan va bu jarayon yosh avlodda ham mehnat qilish, amaliy faoliyatni yo‘lga qo’ya olish borasidagi nazariy bilim, ko’nikma va malakalarni hosil qilishga zamin hozirlagan. Mehnat faoliyatini tashkil etish jarayoni dastlabki paytlarda butun ijtimoiy hayotni yo’lga qo’yish negizida amalga oshirilgan bo’lsa, keyinchalik tarbiya inson faoliyati asosiy jihati, ijtimoiy ongni shakllantirishning muhim omiliga aylandi. Dastlabki urug‘chilik jamiyatidan oldin ham inson yashash uchun kurashgan, mazkur davrda urug‘ning barcha a’zolari jamoa bo’lib harakat qilganlar. Keyinroq kishilar mehnat faoliyatini jamoa a’zolarining yosh jihatlariga ko’ra quyidagi uch guruh asosida tashkil etganlar.
- bolalar va o’smirlar;
- ijtimoiy hayot va mehnatda to’la ishtirok etuvchilar;
- keksalar.
Ibtidoiy jamiyatda bola o’zi uddalay oladigan faoliyatning tashkil etilishida bevosita ishtirok etib, hayot kechirish va mehnat qilish ko‘nikmalarini o’zlashtirgan. Bu holat og’ir sharoitda kechgan. O’g’il bolalar erkaklar bilan ov qilish, qurol yasash kabi yumushlarni bajarsalar, qizlar ayollar tomonidan bajariladigan mehnat sirlarini o’zlashtirar edilar.
Yüklə 97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin