Rus pedagog-olimlarining pedagogik g’oyalari. K.D.Ushinskiy pedagogic nazariyasi va didaktik ta’limoti.
Reja:
Rus pedagog-olimlarining pedagogik g’oyalari
K.D.Ushinskiy pedagogika fani va tarbiyaning ahamiyati to’grisida
Jahon pedagogoka fanining rivojlanish tarixi va bayoni
“Pedagogika tarixi” kursiga kirish
988-yilda xristian dinini qabul qilingan Krill va Mefodiylar grek alfabiti asosida kirill alifbosini ishlab chiqdilar. Sharqiy slavyan tili rus yozuvi uchun asos qilib olindi. Kiev Rusiga xristan dini bilan birga vizantiya madaniyatining ayrim elementlari ham kira boshlagan.
U vaqtlarda maktablar cherkov va monastor qoshida ochilar edi. Rus knyazlarning maslahati bilan 988-yilda knyaz Vladimir cherkov binosini qurib poplar tayinladilar va nomdor kishilarning, o'z mulozimlarining bolalarini yig'ib o'qitdi.
1028 yilda knyaz Yaroslov Novgorod shahrida “oqsoqollar va poplarning” bolalaridan 300 ga yaqinnini to’plab kitob o'qitgan.
Yuqoridagi ikki faktdan ma`lum buo’ishicha Rossiyada maktablar X asr oxiri XI asr boshlarida ochilgan. Rossiyadagi dastlabki maktab cherkovlar va monastorlar huzurida ochilgan va kutubxonalar tashkil etilgan.
XI-XII asrlarda Kiev davlatining madaniyati g'arbiy Yevropadagi yirik davlatlarning madaniyatidan ancha kuchli edi. Rus knyazlari va boyarlari orasida o’qimishli, madaniyatli kishilar bo'lgan. Knyaz Yaroslov birinchi marta kutubxona ochgan, uning tashubbusi bilan grek timlidagi kitoblar rus tilida tarjima qilingan.
Knyaz Svyatoslov ma`lumotli kishilarni o'z atrofiga to’plagan. Svyatoslav o'z zamonasining eng ma`rifatli kishisi edi. XI asr oxirida “Svyatoslav to’plami” nashr qilingan.
Kiev rusning madaniyati – rus, ukrain va belarus xalqlari madaniyatining o'sishiga asosiy manba bo'lgan. Bu kabi faktlar shuni kursatadiki, XI-XII asrlar qadimgi rusda madaniyat va maorif rivojlangan. Ana shunday davrda rus pedagogik to’plamlari vujudga keldi: “Izmagarad” (zumrad) “Izbornik Svetoslava”,”Zlatuystroy”, “Zlatoust” kabilar. Bu to'plamlarda bola tarbiyasi haqidagi fikrlar tavsiya qilingan “Vladimir Monamaxning bolalarga nasihati” asari juda katta ahamiyatga ega. U bu asarida bolalarni Vatanni sevishga, Vatanni dushmanlardan himoya qilishga, harakatchan mehnatsevar, va botir kishilar bo'lishiga chaqiradi. U bolalarni insonparvar, kattalarni hurmat qiladigan, kichiklarni izzat qiladigan bo'lib tarbiyalashlarini talab qiladi.
XVI asrning ikkinchi yarimida cherkovlar qoshida maktablar ochila boshlaydi. Lekin bu maktablar rus ma`rifatining talabini qondira olmas edi. Natijada “Savod ustalari” tashkil qilingan.
Iogann Genrix Pestalotsining didaktika va boshlang’ich ta’lim metodikasiga qo’shgan hissasi
Iogann Fridrix Gerbart Germaniyada tug`ildi. Gerbart dastlab lotincha klassik maktabda, so`ngra esa Iyen universitetida o`qidi.
Gerbart universitetni tamomlagach, shveytsariyalik bir aristokrat oilasida tarbiyachi bo`lib ishladi. 1800 yilda u Pestalotssining Burgdorf institutiga bordi. Lekin u ulug` pedagogning demokratik qarashlarini o`zlashtira olmadi.
1802 yildan boshlab Gerbart Gyottingen va Kenigsberg universitetlarida professor bo`lib ishladi. Gerbart bu universitetlarda o`zining pedagoglik faoliyatini kengaytirib yubordi: psixologiya va pedagogikadan leksiyalar o`qidi, o`qituvchilar tayyorlash seminariyalariga rahbarlik qildi. U seminariya huzurida tajriba maktabi ochib, o`zi bu maktabda matematikadan dars berdi.
Gerbart o`zining «Tarbiya maqsadlaridan kelib chiqqan umumiy pedagogika» (1806), «Psixologiya darsligi» (1816), «Psixologiyani pedagogikaga tatbiq qilish to`g`risidagi xatlar» (1831), «Pedagogikaga doir leksiyalar ocherki» (1835) degan kitoblarida pedagogikaga doir g`oyalarini keng bayon qilib berdi.
Tarbiyaning mohiyati, maqsadi va vazifalari. Gerbart tarbiya maqsadini belgilab olishga katta ahamiyat berdi. U tarbiyaning maqsadi yaxshi fazilatli kishini tarkib toptirishdan iborat, deb hisoblaydi. Gerbart shu maqsadni abadiy va o`zgarmas deb hisoblab, odamlarni mavjud munosabatlarga moslasha oladigan, o`rnatilgan huquq tartibini hurmatlaydigan, shu tartibga itoat qiladigan kishilar qilib tarbiyalashni ko`zda tutdi.
Pedagog o`zi tarbiyalayotgan bolaning oldiga shunday maqsad qo`yishi lozimki, bola ham o`sib katta bo`lganidan keyin o`z oldiga shunday maqsadlar qo`ya bilsin. Mana shu bo`lajak maqsadlar: 1) ro`yobga chiqishi mumkin bo`lgan maqsadlar va 2) zarur maqsadlar deb ikkiga bo`linishi mumkin.
Odam bir vaqti kelib muayyan ixtisos sohasida o`z oldiga qo`yishi mumkin bo`lgan maqsadlar ro`yobga chiqishi mumkin bo`lgan maqsadlardir.
Zarur maqsadlar deb shunday maqsadlarga aytiladiki, bu maqsadlar odamga o`z faoliyatining har qanday sohasida kerak bo`ladi.
Tarbiya ro`yobga chiqishi mumkin bo`lgan maqsadlarni o`z oldiga qo`ygach, u odamda xilma-xil, har tomonlama idrok qilish qobiliyatini o`stirishi, qiziqish doirasini kengaytirishi va to`laroq qilishi lozim, mana shuning o`zi ichki erkinlik g`oyasiga, takomillik g`oyasiga muvofiq bo`lib tushadi. Zarur maqsadlarga kelganda tarbiya bo`lajak arbobning axloqini xayrixohlik g`oyasi, huquq va adolat g`oyasi asosida tarkib toptirishga yoki Gerbartning so`zi bilan aytganda, bu arbobda barqaror axloqiy xarakter vujudga keltirishga majburdir.
Dostları ilə paylaş: |