203-guruh talabasi rahmonova irodaning “jahon pedagogika fanining rivojlanish tarixi bayoni. Yan amos komenskiyning pedagogik sistemasi” mavzusida tayyorlagan taqdimoti



Yüklə 22,44 Kb.
səhifə1/8
tarix07.01.2024
ölçüsü22,44 Kb.
#203744
  1   2   3   4   5   6   7   8
Jahon pedagogika fanining rivojlanish tarixi bayoni.Yan Amos Komenskiyning pedagogik sistemasi


QO'QON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
BOSHLANG’ICH TA’LIM FAKULTETI
BOSHLANG’ICH TA’LIM YO’NALISHI
203-GURUH TALABASI
RAHMONOVA IRODANING
“JAHON PEDAGOGIKA FANINING RIVOJLANISH TARIXI BAYONI.YAN AMOS KOMENSKIYNING PEDAGOGIK SISTEMASI” MAVZUSIDA TAYYORLAGAN
TAQDIMOTI

Jahon pedagogika fanining rivojlanish tarixi bayoni.Yan Amos Komenskiyning pedagogik sistemasi

  • Jahon pedagogika fanining rivojlanish tarixi bayoni.Yan Amos Komenskiyning pedagogik sistemasi
  • Reja
  • 1. Jahon pedagogika fanining taraqqiyot bosqichlari. 2. Qadimgi Yunoniston va Rim davlatlarida ta‘lim-tarbiya, pedagogik qarashlar va ta‘limotlar.
  • 3. Yan Amos Komenskiyning pedagogik sistemasi

Jahon pedagogika fanining taraqqiyot bosqichlari.

  • Axloq va pedagogik qarashlar hamda ta‘limotlar tarixiy jarayon bo’lib, kishilik jamiyatining vujudga kelishi bilan paydo bo’lib, shakllanib rivojlanib borgan. Tarbiya va axloqiy fikrlarning kelib chiqishi ibtidoiy jamiyat, uning yovvoyilik va vahshiylik davrlari tugab, tsivilizatsiya davri boshlanganida «Aqlli odam» (Xomosapiens) deb atalgan odamlar shakllangan davrda paydo bo’la boshlagan.

Odamlar to’plagan turmush tajribasini yoshlarga o’rgatish, ularni g’ayotga, mehnat faoliyatiga tayyorlash ehtiyoji natijasida qadim zamonlardayoq ta‘lim va tarbiya mustaqil ijtimoiy faoliyat sifatida paydo bo’lgan. Tarbiya haqidagi pedagogik fikrlar, qarashlar va ta‘limotlar qadimgi Sharq mamlakatlari – Xoldey, Vavilon (Bobil), Misr, Xindiston, Xitoy va Markaziy Osiyo mamlakatlarida yuzaga kelgan. Shu boisdan eng qadimgi maktablar Sharq mamlakatlari, jumladan Xoldey, Vavilon, Misrda va Isroil shaharlarida ochilgan. Maktab ochishni misrliklardan greklar, greklardan rimliklar o’rganib olganlar

Qadimgi Misr o’zining tarbiyaviy-axloqiy pandnomalari (quldorlar hayotiga doir xilma-xil maslahatlar, do’stlar bilan, xizmatkorlar bilan muomala qoidalari va hokazo) bilan mashhur bo’lgan va ularni koxinlar (kelajak haqida «karomat qiluvchi» kishilar, ruxoniylar) yaratganlar. Ular axloqning ibtidosi samoda deb qaraganlar hamda odamning buyuk maqsadini xudo bilan qo’shilib ketishda ko’rganlar, asosiy axloqiy majburiyatni firavinlar (Qadimgi Misr podsholarining an‘anaviy nomi) ga xizmat qilish va xudolarga hurmat bilan qarash deb bilganlar. Koxinlar kishilardagi «odobsizlik», «tarbiyasizlik» xudolarni lozim darajada e‘zozlamaslikdan paydo bo’ladi deb bilganlar.

  • Qadimgi Misr o’zining tarbiyaviy-axloqiy pandnomalari (quldorlar hayotiga doir xilma-xil maslahatlar, do’stlar bilan, xizmatkorlar bilan muomala qoidalari va hokazo) bilan mashhur bo’lgan va ularni koxinlar (kelajak haqida «karomat qiluvchi» kishilar, ruxoniylar) yaratganlar. Ular axloqning ibtidosi samoda deb qaraganlar hamda odamning buyuk maqsadini xudo bilan qo’shilib ketishda ko’rganlar, asosiy axloqiy majburiyatni firavinlar (Qadimgi Misr podsholarining an‘anaviy nomi) ga xizmat qilish va xudolarga hurmat bilan qarash deb bilganlar. Koxinlar kishilardagi «odobsizlik», «tarbiyasizlik» xudolarni lozim darajada e‘zozlamaslikdan paydo bo’ladi deb bilganlar.

Demak, Qadimgi Misrda diniy va dunyoviy ma‘nodagi axloqiy-tarbiyaviy ta‘limotlar paydo bo’lgan. Eramizdan avvalgi II asrda qog’oz ilk bor Xitoyda kashf etildi va ishlab chiqilgan. Keyinchalik VII asrda Samarqanda qog’oz ishlab chiqarila boshlandi va Yevropa mamlakatlariga sotilgan.
XVII asrda qog’oz ishlab chiqish Yevropa mamlakatlariga ham yoyilgan.1000 yildan buyon bo’lib kelayotgan qog’oz bosish Rossiya O’rta Osiyoni bosib olgandan keyin to’xtatilgan.
Sharq mamlakatlaridagi ilk tarbiya maktablarida xat-savod o’rgatish murakkab, og’ir ish hisoblangan. Ilm olish – nina bilan quduq qazish, deb bejiz aytilmagan. Shu boisdan mutafakkir olimlar o’qitishning yengilroq usullarini topish ustida bosh qotirganlar.

Yüklə 22,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin