Rux ishlab chiqarish chiqindilarini qayta ishlash tadqiqotining tahlili



Yüklə 443,24 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/7
tarix03.03.2023
ölçüsü443,24 Kb.
#86397
1   2   3   4   5   6   7
rux-ishlab-chiqarish-chiqindilarini-qayta-ishlash-tadqiqotining-tahlili

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 1 | ISSUE 6 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 
54 
w
www.oriens.uz
July 
2021
 
 
Fe, 0,155-As, 8,39-S, 29,55-C,2,1-Ba, 0,01-H
2
O, 16,42-SiO2, 6.06-CaO, 2,7-MgO, 
4,08-Al
2
O
3
, 0.47-Mn
2
O
3
, 0,21-TiO
2
, 3,2 gr/t Au, 260,27gr/t Ag [2]. 
Bu tarkibdan koʻrinib turibdiki metallarning koʻp miqdori klinker tarkibiga oʻtib 
qolmoqda. Bu muammolarni hal qilishni hali deyarli yechimi topilgani yoq. Klinkerni 
qayta ishlash boʻyicha ilmiy tadqiqotlar natijasida metallarni kompleks ajratib olish 
tadqiqotlar amalga oshirilgan va turli xil usullar ishlab chiqilgan. Bunda quydagi 
usullardan foydalanilgan: gravitatsiya, flotatsiya, elektromagnit jarayonlari, 
gidrometallurgik va pirometallurgik jarayonlardir. Bundan tashqari turli xil 
erituvchilar bilan ham tanlab eritish jarayonlari amalga oshirilgan lekin bu 
amaliyotda hali qoʻllanilmagan. 
Nagirinyak. F.I. Okunev.A.I. Shugol. L.S. Gagarin. E.S. va Fridman. S.E. lar 
klinkerni elektromagnit boyitish usulini o`rganganlar. Ular klinkerda mis va temir 
metall holda ekanligini aniqladi. Bunda boshlang`ch klinkerdagi mis miqdori 4,4 % 
va - 0,15 mm gacha yanchishdan magnitli konsentrat ( 6,2% Cu )olindi, shunda 
misni ajratib olish 47% bo`ldi va qoldiqdan (3,5% Cu) mis ajratib olish 53%; 
magnitli seperatsiyada temirni ajratib olish 82%ni tashkil qildi [12]. 
Klinkerni magnitli separatsiya yordamida qayta ishlanganda undan uchta 
mahsulot hosil boʻladi. Bular:magnitli, magnit boʻlmagan va oraliq mahsulot. 
Magnitli mahsulotni temir konsentrat sifatida ishlatsa boʻladi. Oraliq mahsulot 
chiqishi 40-70 % ni tashkil etadi va yanchilib, flotatsiya usulida boyitiladi. Magnit 
boʻlmagan mahsulot esa koks. Yuqoridagilardan ko`rinib turibdiki klinkerni 
kompleks qayta ishlash avzalroqdir. Klinkerni kompleks qayta ishlashning avzalligi 
shundagi bunda bir nechta metallarni ajratib olish imkonining mavjudligi, kamchiligi 
esa jarayonning ko`pligi.
Rux ishlab chiqarish chiqindilardan metallarni foizini kamaytirish uchun 
kuyindini tarkibidagi zararli metallarni ajratib olish usullarini o`ylab toppish kerak.
Kek va klinkerdan metallarni ajratib olishda qiyinchilik tugʻdiradigan asosiy 
metallar temir va kremniydir. Bular rux va boshqa rangli metallarga birikib murakkab 
modda hosil qiladi, bu esa metallarni ajratib olishni qiyinlashtiradi. 
XULOSA 
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki tanlab eritish jarayonidan hosil boʻlgan 
keklarni suv bugʻi ishtirokida qayta ishlash samaraliroqdir. Sababi bunda asosan 
yoqilgʻining sarfi ancha tejaladi va keyingi jarayonlarni borishiga ijobiy ta`sir qiladi. 
Kekni suv bugʻi yordamida qayta ishlanganda rux sulfidi ZnS asosan ZnO 
koʻrinishiga oʻtadi; rux feritlari esa ZnSO
4
va Fe
2
O
3
ga; mis CuO ga; temir sulfidlari 
esa Fe
2
O
3
ga oʻtadi. Kekga suv bugʻi bilan ishlov berilgandan qolgan kekni gematit 



Yüklə 443,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin