Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences VOLUME 1 | ISSUE 6 ISSN 2181-1784 Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 53
w www.oriens.uz July 2021 qo`llaniladi. Bunda dastlab rux keki qayta ishlangan elektrolit bilan 6-8 soat
davomida, 95
0
C haroratda tanlab eritiladi. Jarayon sulfat kislotasining qoldiq
miqdori 50 g/l bo`lguncha davom ettiriladi. Olingan qo`rg`shin kumush keki tarkibida
25% Pb va 3-4% Zn bo`ladi. Shundan so`ng kek qo`rg`shin ishlab chiqarishga
yuboriladi.
Yarozit jarayoni hozirgi kunda Norvegiyaning Oddo shahridagi rux ishlab
chiqarish zavodida qo`llaniladi. Bu yerda rux keki 150-200 g/l sulfat kislota
eritmasida 80-90
0
C da 4-6 soat davomida qayta ishlanadi. Qoldiq tarkibida asosan
qo`rg`shin sulfat, kremniy oksidi temir oksidlari va oltin, kumush bo`lib, eritmadan
ajratib olinadi va qo`rgoshin zavodiga yuboriladi. Jarayonnig kamchiligi: eritmani
qizdirish va sovitish uchun qo`shimcha jihozlar ishlatilishi, yarazitning cho`ktirsh
vaqtining ko`pligi [16-20].
Gematit jarayoni Yaponiyaning “Akita zink”` firmasining `Induzima``zavodi
sharoitida rux keki qayta ishlanadi. Gematit jarayonida rux keklari avtoklavda qayta
ishlanadi. Bunda harorat 110-180
0
C ni tashkil etib, 150-180g/l konsentratsiyali sulfat
kislotasida tanlab eritiladi. Sulfat kislotasi konsentratsiyasi 40-50g/l bo`lguncha
tanlab eritiladi.
Bu jarayon sanoatda asosan ikkita korxonada ishlatiladi: Yaponiyaning “Akita
Zink” firmasining induzima zavodida va Germaniyaning “Datelh” zavodida
qo`llaniladi.
Keklarni gematit usulida qayta ishlaganimizda cho`kmaga ko`p miqdorda temir
o`tadi. Gematit jarayoni boshqa jarayonlardan avzalligi shundaki ko`p miqdordagi
temirni ajratish bilan birga yuqori temir tarkibli mahsulot olinadi va po`lat eritish
zavodiga yuboriladi. Jarayonning kamchiligi shundan iboratki jarayonning
murakkabligi va yuqori qiymatli dastgoh avtoklavning ishlatilishidir. Gematit
jarayonining kimyoviy tarkibi quydagicha: Zn 0,8%; Fe 63,5%; S 1,5%; Pb 0,02%;
As 0,03% [18-21].
Yuqorida biz rux keklarini gidrometallurgik qayta ishlashning bir nechta
usullarini ko`rib chiqdik. Bunda ko`rinib turibdiki rux keklarini gematit usulida qayta
ishlash samaraliroqdir.
Yana bir rux ishlab chiqarish jarayonidan hosil bo`lgan texnogen chiqindilaridan
biri bu kekni velslash usulidan hosil bo`lgan klinker chiqindisidir. Klinkerni qayta
ishlash bo`yicha ham juda ko`p olimlar tadqiqot ishlari olib borilgan va olib
borilmoqda. Klinker murakkab tarkibli texnogen chiqindi hisoblanib, tarkibida turli
xil rangli metallardan tashqari nodir va noyob metallar mavjud. Klinkerda
metallarning foiz miqdori quyidagicha (%): 2,2- Cu, 0,51-Pb, 2,1-Zn, 0,01-Cd, 19,53-