Bu toksinlar oziq-ovqat mahsulotlarni (sut
mahsulotlarni, go‘sht, baliq)
saqlashda va ishlov berishda bo‘ladigan nuqsonlar natijasida hosil bo‘ladi.
Botulin - eng kuchli zaharli modda. Enterotoksinlar - Salmonella va
Clostridium perfringens bakteriyalarni rivojlanishida hosil bo‘ladi.
Molekulyar
massasi 36 kD. Tarkibi 19 ta aminokislotadan iborat. Ichak hujayralarini o‘ldiradi.
Zaharli zamburug‘ rangsiz poganka - 10 ta siklik peptiddan tashkil topgan,
molekulyar massasi 1000.
Asalarini zaharli komponentlariga apamin peptidi kiradi.
Apamin markaziy
nerv sistemasiga ta’sir etadi. 18 aminokislota qoldig‘idan tashkil topgan. Dengiz
molyuskasi – konotoksin, 13 aminokislota qoldig‘idan iborat.
Peptidli- antibiotiklar. Bu guruh peptidlarga
Bacillus brevis bakteriyasi
sintezlaydigan gramitsidin S siklik antibiotik va Bacillus subtilius bakteriyasi
sintezlaydigan surfaktin sirt-aktiv antibiotik kiradi.
Ikkala antibiotik infeksion
kasallik tarqatuvchi streptokokkga va pnevmakokkga qarshi kuchli antibiotik
hisoblanadi.
Mog‘or zamburug‘i Penicillium sintezlaydigan antibiotik dipeptid bo‘lib D-
valin va sisteindan tashkil topgan.
Dostları ilə paylaş: