4-MA’RUZA: PEPTIDLAR HAQIDA TUSHUNCHALAR VA ULARNING
FIZIOLOGIK AHAMIYATI
Reja:
1. Peptidlarni hosil bo‘lishi.
2. Peptidlarni muhim guruhlari.
3. Oqsillarni tuzilishi.
Tayanch so‘z va iboralar:
Peptidlar, biologik faol peptidlar, peptidlarning sinflanishi, peptidli buferlar,
gormonli peptidlar, neyropeptidlar vazoaktivpeptidlar, peptidlitoksinlar, peptidli-
antibiotiklar, ta’m beruvchi peptidlar, protektorli peptidlar.
Peptidlar kichik molekulyarmassali moddalar bo‘lib aminokislotalar
qoldig‘idan tashkil topgan.
Tabiatda peptidlarni 2 turlari mavjud bo‘lib, birinchi turi organizm faoliyatida
sintezlanadi va fiziologik vazifasini bajaradi. Ikkinchi turlari organizmda
fermentativ yoki kimyoviy gidrolizlanish natijasida hosil bo‘ladi.
Fermentatatsiya natijasida peptidlarni hosil bo‘lishi oshqozon va ichakda
ovqat tarkibidagi oqsillarni o‘zlashtirilishida hosil bo‘ladi. Bu oshqozonda pepsin,
gastriksin ta’sirida boshlanib, ichakda tripsin, ximotripsin, amino- va
karboksipeptidaza ta’sirida tugallanadi.
Kichik peptidlarni parchalanishi di- va tripeptidaza ta’sirida yuz beradi va
erkin aminokislotalar hosil bo‘ladi. So‘ngra bular organizmda so‘riladi va
oqsillarni sinteziga sarflanadi.
Peptidlarni muhim guruhlari
Peptidli buferlar. Insonlarni va hayvonlarni etida dipeptidlardan karnozin va
anserin topilgan. Bu peptidlar bufer vazifasini bajaradi. Uni miqdori 0,2-0,3%
nitashkiletadi. Go‘shtni asosiy ekstratsiyalanuvchi moddasi hisoblanadi.
Peptid-gormonlar. Gormon – organik tabiatli modda bo‘lib ichki sekretsiya
bezlar hujayrasida sintezlanadi va qon tarkibiga o‘tib organlarni faoliyatini
boshqaradi. Masalan, oksitotsin va vazopressin gormonlari 9 ta aminokislota
qoldig‘idan iborat bo‘lib 1 ta disulfit bog‘ bor.
Bu gormonlar organizm muskulaturasini qisqarishini boshqaradi. Qondagi
osmotik bosimni va suv balansini boshqaradi va eslash jarayonini rivojlantiradi.
Melanotropin garmoni - bu bir zanjirli peptid bo‘lib soch, ko‘z va teri rangini
shakllanishini tezlashtiradi.
Dostları ilə paylaş: |