Ruza. Tabiiy resurslardan oqilona foydalanish. Chiqidisiz texnologiyalarni hosil qilish asoslari



Yüklə 481,39 Kb.
səhifə1/5
tarix25.04.2023
ölçüsü481,39 Kb.
#102589
  1   2   3   4   5
2 -MARUZA


2-MA’RUZA.TABIIY RESURSLARDAN OQILONA FOYDALANISH.
CHIQIDISIZ TEXNOLOGIYALARNI HOSIL QILISH ASOSLARI
R e j a:
1.Tabiiy resurslarning tasnifi va ulardan oqilona foydalanish yo’llari.
2.Tugaydigan va tugamaydigan tabiiy resurslar.
3.Tiklanadigan va tiklanmaydigan tabiiy resurslar.
4. Chiqindisiz va kam chiqindili texnologiyalar
5.Chiqindisiz texnologiyalarning asosiy prinsiplari.


1.Tabiiy resurslarning tasnifi va ulardan oqilona foydalanish yo’llari.
Aslida "resurs" so’zi fransuz tilidan olingan bo’lib, "yashash vositasi" degan ma’noni anglatadi. Resurs deganda, tabiiy jismlar va foydalanadigan energiya turlari tushuniladi.
Tabiiy resurslar insonning yashashi uchun zarur bo’lgan shunday vositalaridirki, ular jamiyatga bevosita emas, balki ishlab chiqarish kuchlari va ishlab chiqarish vositalari orqali ta’sir etadi.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, "tabiiy resurslar" tushunchasini ko’pgina olimlar turlicha ta’riflashadi.
Masalan, geograf olimlar, eng to’liq ta’rif berganlar:
“Tabiiy resurslar – kishi bevosita tabiatdan oladigan va ularning yashashlari uchun zarur bo’lgan xilma-xil vositalardir”.
Prof.YU.G.Saushkin esa "elektr energiya olish, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab-chiqarish uchun foydalanish mumkin bo’lgan tabiiy komponentlarni va sanoat uchun xom ashyolarni "tabiiy resurslar” deb ta’riflaydi.
Geograf olim A.A.Mins esa, "tabiiy resurslardan foydalanish shakllari va yo’nalishlariga qarab, ularni iqtisodiy jihatdan sinflarga bo’lishni" birinchi o’ringa qo’yadi. Bu sinflarga bo’lishda, ya’ni tasniflashda, tabiiy resurslar moddiy ishlab chiqarishning’ asosiy sektorlarida va ishlab chiqarishdan tashqari sferada foydalanishga qarab guruhlarga ajratiladi.

Yüklə 481,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin