86
ta’ma qiluvchi - gado
» leksemalari o’zaro qiyoslanmoqda. Tome’ – tamagirlar
birovga ozgina yordami, foydasi tegsa, biror narsa talab qiladilar,
har bir xatti-
harakatini pul, mol-dunyo bilan o’lchaydilar. Bunday shaxslar savob, odamiylik
nuqtai nazaridan yaxshilik, sahovat qilish kerak, degan xayolni qilmaydilar,
shuning uchun ulardan saxovat kutib bo’lmaydi. Gado esa tilanchilik bilan,
birovlarning sadaqasi evaziga hayot kechiradi. Sadaqa so’rovchidan
biror narsa
so’rab bo’lmaydi. Ta’magir shaxslar qanchalik boy-badavlat bo’lmasin,
insonlarga yordam ko’rsatmas ekan, ular gadodan ham battaroqdir. Lekin
tome’
va
gado
leksemalari unchalik bir-biriga yaqin tushunchalar emas. CHunki
tome’
leksemasi salbiy toifadagi kishilarga nisbatan qo’llanadi,
gado
leksemasida esa
salbiylik semasi yo’q. Demak, avvalgi misolda bir-biriga yaqin tushunchalar
(
fosiq – zolim
) munosabatga kirishgan bo’lsa, mazkur misolda semantik jihatdan
turlicha leksemalar (
tome’ - gado
) munosabati ifodalangan.
Quyidagi misol shu jihatdan xarakterlidir:
Mahallыda aytur sөzni asrama,
aytmas sөz tegrәsigә yөlәmә
(MQ 83). Mazkur misolda bir-biriga zid leksik
birikmalar (
aytur so’z – aytmas so’z
) o’zaro qiyoslanmoqda. Demak,
vaqti
kelganda aytadigan so’zni aytish kerak, aytish kerak bo’lmagan so’zni umuman
aytmaslik lozim.
Izohlash munosabatini ifodalovchi bog’lovchisiz qo’shma gaplar.
Bunday
qo’shma gaplar haqida fikr yuritar ekan, G’.Abdurahmonov shunday yozadi:
Bog’lovchisiz qo’shma gaplarning ayrim turlarida qo’shma gaplarning
tarkibidagi bir qismdan anglashilgan voqea, hodisa ikkinchi gapdan anglashilgan
voqea, hodisaga bog’liq bo’ladi, bir qism ikkinchisini yoki uning tarkibidagi
ayrim bo’laklarni izohlab, to’ldirib keladi. Bunday bog’lovchisiz qo’shma
gapning tarkibidagi qismlar bir-biriga mazmunan bog’liq bo’lib,
oralaridagi
mazmun munosabati yaqin bo’ladi. Bog’lovchisiz qo’shma gaplarni tashkil etgan
qismlar orasidagi murakkab mazmun munosabati ayniqsa izohlash munosabatida
yaqqol ko’rinadi (Abdurahmonov G’., 1996, 143). Bu fikrlar juda o’rinli, albatta.
Lekin murakkab mazmun munosabati faqat bunday tip gaplarda emas, umuman,
har qanday qo’shma gaplarda ifodalanishi yuqorida misollar asosida aytib o’tildi.
Izohlash munosabatini ifodalovchi bog’lovchisiz qo’shma gaplarda quyidagi
mazmun munosabatlari ifodalangan:
1. SHart-natija munosabati:
Har kimgәki bir xizmat qыldың – on shiddatg’a
muhayya turmaq kerәk
(MQ 49). Ushbu misolda birinchi denotativ shart voqeani
ifodalagan, ikkinchi denotatga semantik jihatdan tobe hisoblanadi. Bu gap
–sa
shakliy vositali shart ergash gapli qo’shma gapga sinonim bo’la oladi.
Har
kimgәki bir xizmat qыldың – on shiddatg’a muhayya turmaq kerәk – har kimgәki
bir xizmat qыlsaң, on shiddatg’a muhayya turmaq kerәk.
Xuddi shu holat ham
sodda gaplarni bog’lovchi shakliy vositalar ikkilamchi ekanligini ko’rsatadi.
Bunday gaplar haqida aytilgan quyidagi fikrlar ham mazkur mulohazamizni
tasdiqlaydi: «Birinchi, ikkinchi, uchinchi, to’rtinchi va beshinchi qo’shma gap
tarkibidagi sodda
gaplar birikish munosabatini; oltinchi, ettinchi va sakkizinchi
qo’shma gap tarkibidagi sodda gaplar zidlov munosabatini ifodalovchi voqea-
hodisani bildirgan. SHuning uchun oldingi to’rtta qo’shma gap tarkibidagi sodda
gaplar orasiga biriktiruv bog’lovchisini, keyingi uchta qo’shma gap orasiga
87
zidlov bog’lovchisini qo’yib ishlatish mumkin» (Asqarova M., Abdullaev Y.,
Omilxonova M., 1997, 151). Ergashgan qo’shma gaplar xususida ham shunday
fikrlar aytiladi: «Keltirilgan misollarning birinchi,
uchinchi va beshinchisida
sabab mazmuni ifodalangani uchun
chunki, shuning uchun
bog’ovchilarini
qo’llab, sabab ergash gapli qo’shma gap hosil qilish mumkin. Ikkinchi va ettinchi
gapda esa o’xshatish mazmuni ifodalanganidan
go’yo
yordamchisini qo’llab,
o’xshatish ergash gapli qo’shma gapni hosil qilish mumkin» (Asqarova M.,
Abdullaev Y., Omilxonova M., 1997, 172).
Demak, bog’lovchi vositalarini ishlatib ham, olib tashlab ham bog’lovchisiz
qo’shma gaplarni qo’llash mumkin ekan, ularning gapdagi tutgan o’rni unchalik
muhim emas.
2. Sabab-natija munosabati:
Tiliң bilә kөңүlni bir tut, kөңli vә tili bir kishi
aytqan sөzgә but
(MQ 163). Ushbu misolda birinchi
denotat sabab voqeani
ikkinchi denotat natija voqeani ifodalamoqda. Gaplarning o’zaro mazmuniy
bog’lanishini
til, kөңүl, bir
leksik elementlari ta’minlamoqda. Mazkur sodda
gaplar orasiga ham
chunki
shakliy vositasini qo’yish mumkin.
3. O’xshatish munosabati:
Nafsni taqva riyazatы bilә zeridast qыldыlar –
shaytannы zalыllыq bilә yergә past qыldыlar
(MQ 81). Misolda
«Nafsni taqvo
riyozati bila zeridast qilishlik»
«SHaytonni zalilliq bila erga past qilish»
ga
o’xshatilmoqda. Denotatlar tarkibidagi leksik elementlar oppozitsiyasi (
nafsni –
shaytonni
,
taqvo riyozat bila – zalilliq bila, zeridast qildilar – erga past qildilar
)
zich mazmuniy bog’lanishni ta’minlagan.