O g 'iz b o 'sh lig 'id a o'tkir plastinka yoki ju d a kichik ilmoqchalarga o'xshash
“tish” lari bo'lib, ular yordamida parazit o 'z xo'jayini ichagi shilliq pardasiga
yopishib qon so'rib oziqlanadi. Qon so'rgani uchun ham parazitning rangi qizg'ish
bo'ladi. Ular ayrim jinslidir, urg'ochisining tana uzunligi 10-18 mm. erkaginiki
esa 8 -1 0 m m atrofida bo'ladi. Erkagining orqa uchida bursa va spikula jo y lash
gan. Qiyshiqbosh nematoda geogelmintdir. Urug'lanishi xo'jayini ichagida o'tadi.
U rg'ochisi bir kecha-kunduzda 10 mingga yaqin urug'langan tuxum qo'yadi.
Tashqariga chiqqan tuxumdan qulay haroratda (26-30"C da)
bir-ikki kun ichida
lichinka chiqadi. Bir hafta davomida lichinka 2 marta tullab, yuqumli (invazion)
davrga o'tadi. Bunday lichinkalar qish faslida tuproq harorati pasayganda, 1 m
pastga tushadi. Harorat ko'tarilishi bilan yana tuproq yuzasiga chiqadi va tuproqda
18 oygacha o 'z hayotchanligini saqlab qoladi.
Odamlarning egribosh nematoda bilan zararlanishi asosan teri orqali ro 'y be-
radi. Bunda odam go 'n g va bar xil axlatlar tashlangan da'.alarda
ham da polizlarda
oyoqyalang yurganida parazit lichinkasi teri orqali tanaga kiradi. Lichinkalar kir-
gan joylarda har xil toshmalar hosil bo'lib, terini qichitadi, natijada teri usti qizarib
shishadi. Odam organizmiga kirgan lichinkalar terining mayda qon
tomirlari orqali
vena qon tomiriga o'tadi va organizm bo'ylab tarqaladi. Bunda lichinkalar qon bi
lan oyoqdan o'pkaga. so'ngra halqumga o'tadi. Bu yerda odam lichinkalarni yutib
yuboradi, bunday lichinkalar 12 barmoqli ichakka borib o'rnashadi va tekinxo'rlik
qiiib. jinsiy voyaga yetadi. Egribosh nematodalar ichak devorida yaralar hosil qi
ladi va xo'jayini qonini so'rib oziqlanadi. Bunday odam ozadi, ichakdan qon oqadi,
natijada bem or kamqon bo'lib qoladi. Odamlar egribosh nematoda lichinkalari bi
lan o g 'iz orqali (suv va oziq-ovqat orqali) ham zararlanishi mumkin.
Qiyshiqbosh
nematoda xususan janubda, namgarchilik k o 'p b o 'ig an joylardagi
aholi o'rtasida, ayniqsa, dehqonchilik bilan shug'ullanadigan, shaxtalarda ishlay-
digan odamlar o'rtasida keng tarqalgan.
Umuman, egribosh nematoda tug'diradigan kasallik ankilostomoz deb atalib,
rasmiy m a ’lumotlarga
qaraganda, yer yuzida u bilan 500 mln. ga yaqin odam kasal
langan. Bu kasallik M DH da Kavkaz ortida, Qozog'iston va O 'rta Osiyo respublika-
larida yashovcni aholi o'rtasida ham uchraydi. O 'zbekistonda Toshkent, Sirdaryo,
Andijon. Farg'ona va Buxoro viloyatlarida uchraydi.
Egribosh nem atodalar odam
ichagida 2 yildan 5-8 yilgacha yashashi mumkin. Bu kasallikning oldini olish uchun,
avvalo. egribosh nematodalar uc'nraydigan joylarda oyoqyalang yurmaslik, yer va
o 't ustida yotmaslik, nematoda lichinkalarini ichadigan
suvga va ovqatga tushishi-
ga yo'i qo'ym aslik, ankilostomoz tarqalgan tumanlarda aholi o'rtasida muntazam
104
ravishda degelmintizatsiya o'tkazish, odam axlatining tashqi muhitda tarqalishiga
y o'l qo'ymaslik, iste’mol qiladigan sabzavot va ko'katlarni qaynoq suvda yuvish,
hovuz suvini qaynatib ichish kabi chora-tadbirlami amalga oshirish lozim. Ankilos-
tomoz bilan og'rigan
odamlar kombantrin, vennoks, naftamon, tetraxloretilin kabi
dorilar bilan davolanadi.
Dostları ilə paylaş: