S d a d a y e V p a r a z I t o L o g I y a


Endogenli yo'l bilan ovqat hazm qilish va nafas olish organlarida, shuningdek



Yüklə 6,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/136
tarix16.12.2023
ölçüsü6,91 Mb.
#183403
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   136
Parazitologiya.Дадаев С

Endogenli yo'l bilan ovqat hazm qilish va nafas olish organlarida, shuningdek,
jigar, miya va muskullar ichida yashovchi parazitlarga - askaridalar, tasmasimon
chuvalchanglar, trematodalar va akantotsefallar kiradi.
Shuningdek, parazitlar xo'jayini organizmiga jinsiy teshiklar, bumn bo'shlig'i,
ko'z va quloq orqali ham o'tishi mumkin. Ba’zi parazitlar esa bachadon devori
orqali rivojlanayotgan embrionga o'tadi (exinokokk, ankilostoma, protostrongilid
va boshqalar).
Akademik Ye.N. Pavlovskiy ta’rifi bo'yicha qon so'ruvchi bo'g'imoyoqlilar
orqali yuqadigan kasalliklarga transmissiv kasalliklar deyiladi (bezgak kasalligi,
leyshmanioz, toshmali terlama va h.k.). Kasallik qo'zg'atuvchi va xo'jayin orasida-
gi maxsus aloqaga ko'ra quyidagi transmissiv kasalliklar guruhi tafovut qilinadi:
10


1. Zoonozlar - faqat hayvonlarga tegishli kasalliklar (qushlar bezgak kasalligi).
2. Antropozoonozlar - odamda, hamda hayvoniarda tarqaladigan kasalliklar. 
Bunda tashuvchilar kasallik qo'zg'atuvchilarini hayvoniardan odamga va aksincha, 
odamdan hayvonlarga yuqtiradi (o'lat, leyshmanioz, tayga ensefaliti va h.k.).
3. A ntroponozlar-kasallikning faqat odam organizmida kuzatilishi (trixomono- 
doz, ichburug‘, bezgak, vabo va h.k.).
Parazit va xo'jayin bir-biri bilan o'zaro yaqin hamkorlikda yashaydi. Lekin 
parazitlar xo'jayini organizmiga har tomonlama ta ’sir qiladi. Bu albatta parazitning 
turiga, organizmdagi yashash joyiga, parazitning miqdoriga, organizmning yoshi 
va umumiy holatiga, himoya moslamalaming xarakteriga hamda tashqi muhit sha- 
roitiga bog'liq. Bular asosan mexanik ta ’sir, xo'jayinning normal rivojlanishi uchun 
zarur bo'lgan oziq moddalarini iste’mol qilish, har xil zaharli moddalar (toksinlar) 
ishlab chiqarish, xilma-xil patogenli mikroblar va viruslaming xo'jayin organiz­
miga kirishi uchun yo'l ochib berish, xo'jayin organizmining darmonsizlanishiga 
olib keladigan ta ’sirlardan iborat.
Mexanik ta ’sirda parazitlar xo'jayinining to'qim a va organlarida yashab, ularni 
mexanik jihatdan qattiq shikastlaydi. Yirik va ko'p sondagi ichak parazitlari (aska- 
ridalar, sestodalar) ichak bo'shlig'iga tiqilib qolib, ichakdan moddalami o'tkazm ay 
qo'yadi.
Exinokokkning lichinkalik pufaklari o'pka va jigar hajmining kattalashishiga 
olib keladi, to'qim alam i qisib qo'yadi. Senur lichinkalik davrida bosh va orqa mi- 
yalarda o'm ashib, shishlar hosil qiladi. Bu shishlar miyani morfologik jihatdan bu- 
zadi va faolligini izdan chiqaradi. K o'pgina trematodalar, sestodalar, nematodalar, 
akantotsefallar, qisqichbaqasimonlar, kanalar va hasharotlar hosil qilgan shikastlar 
orqali xo'jayin organizmiga xilma-xil zararli mikroblar, vimslar kiradi va boshqa 
turdagi kasalliklaming kelib chiqishiga sabab bo'ladi.
Parazitlarda har xil yopishuvchi organlaming bo'lishi ham ularning eng muhim 
xususiyatlaridan hisoblanadi. Parazitlar ana shu yopishuv organlari yordamida 
xo'jayiniga mustahkam bog'langan holatda yashaydi. Yopishuvchi organlar ham 
parazitizm hodisasi tufayli vujudga kelgan. Ular ektoparazitlarda ham, endoparazit- 
larda ham har xil ko'rinishda uchraydi.
Ilmoqlar parazitlaming eng asosiy yopishuv organi bo'lib, ular bir hujayrali 
hayvoniardan tortib, hasharotlarda ham uchraydi. Bir hujayrali hayvoniardan in- 
fuzonyalar va gregarinalarda bo'ladi. Parazit chuvalchanglardan monogenetik 
so‘rg ‘ichlilarda ilmoqlar juda ham ko'p uchrab, ular ayniqsa parazit tanasining orqa 
uchidagi disklarda 16 tadan joyiashgan bo'ladi.
11


Tasmasimon chuvalchanglarda ham ilmoqlar yaxshi rivojlangan, ular skoleks- 
ning o ‘rta qismida - maxsus “do‘nglik”da bir qator yoki bir necha qator b o ‘lib 
o ‘mashgan. Ilmoqlaming joylashishi, katta-kichikligi, shakli va soniga qarab tas­
masimon chuvalchanglarning turlari keskin farq qiladi. Shuning uchun sestodalar 
sinfi tasnifida ilmoqchalar muhim sistematik belgi hisoblanadi. Shuningdek, sesto- 
dalam ing lichinkalarida ham ilmoqchalar soni 6 tadan 10 tagacha o ‘zgarib turadi.
Akantotsefallarda ham ilmoqlar kuchli taraqqiy etgan va yagona yopishuvchi 
organi hisoblanib, ular maxsus xartumlarda joylashgan.
Nematodalarda ilmoqchalar boshqa gelmintlardagiga nisbatan juda oz m iqdor­
da uchraydi. Ilmoqchalar asosan xitinli tishchalar ko'rinishida o g ‘iz b o ‘shlig‘i va 
uning atrofida bo ‘ladi.
B o ‘g ‘imoyoqlilaming panjalari uchida joylashgan timoqchalar ham yopishuvchi 
ilmoqlar vazifasini bajaradi (bitlar, burgalarda).
So‘rg ‘ichlar ham asosiy yopishuvchi organlar funksiyasini bajaradi. Ular, ayniq­
sa, ektoparazitlarda kuchli rivojlangan. Monogenetik so‘rg ‘ichlilarda uchraydigan 
so ‘rg ‘ichlar gavdasining oidingi va orqa uchida joylashgan.
Trematodalarda, odatda 2 ta so‘rg ‘ich bo Tib, ular og‘iz va qorin so ‘rg ‘ichlari 
deb ataladi. Tasmasimon chuvalchanglarning ko ‘pchilik turlarining bosh qismida 
asosan 4 tadan so‘rg ‘ichlari bo ‘ladi.
Tipik so‘rg ‘ichlar b o ‘g ‘imoyoqlilarda ham uchraydi. Parazit qisqichbaqasi- 
monlarda maksillalar hisobiga vujudga kelgan so‘rg ‘ichlami ko ‘rish mumkin.
Parazitlik qilib hayot kechirish natijasida ko‘pchilik hayvonlarning ovqat hazm 
qilish sistemasida ham tub o ‘zgarishlar ro ‘y bergan. Shunga ko ‘ra parazitlam ing 
oziqlanish xususiyatlari erkin yashovchi hayvonlardan keskin farq qiladi. Har xil 
parazitlar ovqat hazm qilish sistemasidagi o ‘zgarishlar turli yo ‘nalishlar bo ‘yicha 
boradi. Chunonchi, qon bilan oziqlanuvchi parazitlaming ichagi juda ko ‘p m iq­
dorda oziqni qabul qilib olishga muvofiqlashgan bo ‘lib (masalan, zuluklar, chivin­
lar, pashshalar, kanalar), ichagi morfologiyasiga k o ‘ra o ‘zgarmasdan, uning devon 
elastik cho‘ziluvchan boTganligidan oziqni qabul qilgan sari hajmi kengayadi. 
Shunga muvofiq ravishda parazitning gavdasi (qorin qismi) ham kattalashadi. Bir 
guruh parazitlarda (masalan, zuluklar, kanalar, ayrim bo ‘g‘imoyoqlilarda) ichaklari 
shoxlanib, yuzasi kengaygan boTadi va bir vaqtning o ‘zida juda ko ‘p miqdordagi 
oziqni sig‘dira oladi. Bunday parazitlar bir marta oziq moddasini g ‘amlab olgan 
holda uzoq vaqt (2-3 yilgacha) oziqlanmay yashay oladi. Bundan tashqari, qon
12


bilan oziqlanuvchi ba’zi parazitlar (zuluklar) qonning ivib qolmasligi uchun unga 
maxsus bezlardan gemofilin yoki girudin moddasini yuboradi.
Boshqa guruh parazitlarda yuqorida qayd etilgan o ‘zgarishlaming teskarisi ku­
zatiladi, y a’ni ularda ovqat hazm qilish organlari qisqarib ketgan. Ular oziq mod- 
dalarni butun gavdasi orqali so‘rib oladi (tasmasimon chuvalchanglarda). Tremato- 
dalarda ham ichak ancha qisqargan bo‘ladi.
Bir guruh endoparazitlarda hazm organlarining reduksiyalanib ketishiga sabab, 
bu parazitlar tayyor holdagi suyuq oziq (qon, limfa suyuqligi, shiralar) ichida ya- 
shashidadir. Ular ham tayyor oziqni osmotik usulda qabul qiladi.
Parazitlaming hayot faoliyatidagi dominant funksiyalardan yana biri ularning 
ko‘payishi, y a ’ni avlod qoldirishidir. Parazitlarda germafroditizm va jinsiy organ­
lari faoliyati nihoyatda kuchaygan bo'lib, serpushtlilik hodisasi yuqori darajada 
turadi.
M a’lumki, parazitlar xo'jayinining turli to‘qima va organlarida yashaydi. Shun- 
ga ko‘ra, ayrim jinsli parazitlar hamma vaqt ham bir-biri bilan jinsiy qo‘shilish 
imkoniyatiga ega emas. Bu holat ularning nasi qoldirishini qiyinlashtiradi va tur 
sifatida yashashini cheklaydi. Bunday noqulaylikni evolutsion taraqqiyotning o ‘zi 
bartaraf etgan, y a’ni parazitlar ayrim jinslilikdan germafroditlikka o ‘tgan. Ger­
mafrodit organizmlarda esa avlod qoldirish ancha kafolatlangan bo ‘ladi. K o ‘pchilik 
parazitlar nihoyatda serpusht bo ‘lib, juda k o ‘p miqdorda tuxum qo‘yadi. Lekin bu 
xususiyat quyidagi ikki holat bilan bog'liq.
Birinchidan, parazitlar cheklanmagan oziq moddasi boig an lig i tufayli, uni chek- 
lanmagan miqdorda iste’mol qiladi. Bu esa ularning jinsiy organlari sistemasini 
yanada rivojlanishi va faoliyatining kuchayishiga olib keladi.
Ikkinchidan, ko‘p nasi qoldirgan parazitlargina tabiiy tanlanish davomida tur 
sifatida saqlanib qolgan. K o‘p nasi qoldirish, ayniqsa, parazit chuvalchanglarda 
uchraydi.
Nematodalaming erkin yashovchi vakillari odatda o ‘n va yuzlab tuxum qo ‘yadi. 
Lekin parazit turlari nihoyatda serpusht bo‘ladi. Kichkinagina trixinella 10 mingta- 
gacha lichinka tug‘sa, ankilostoma 4 -5 yillik hayoti davomida 25-30 mln. ta tuxum 
qo'yadi. Odam askaridasi bir kecha-kunduzda 250 ming, 5 -6 oylik hayoti davomi­
da esa 50-60 mln. dona tuxum qo'yadi.
Serpushtlilik tasmasimon chuvalchanglarda ham kuchli bo'ladi. Masalan, 
cho"chqa tasmasimoni o 'z hayoti davomida 200-300 mln. dona tuxum qo'ysa, shu
13


avlodga kiruvchi qoramol tasmasimoni bir kecha-kunduzda 600 mln., 10-15 yillik 
hayoti davomida esa 10 mlrd. 700 mln. dona tuxum qo‘yadi.
Parazitlar juda ko ‘p miqdorda tuxum qo‘ysalar-da, bu tuxumlaming ming, mil- 
liondan bir ulushidangina yangi avlod yetiladi.
Parazitlam ing jinsiy mahsulotlari ortib borishi bilan b o g iiq holda ularning jin ­
siy organlar sistemasi ham tobora kattalashib, soni k o ‘payib boradi. Jumladan, 
trematodalarda gavda hajmining asosiy qismini jinsiy organlar sistemasi egallab 
turadi. Tasmasimon chuvalchanglarda u butun proglottidlar yuzasini egallashidan 
tashqari, har bir proglottidda bitta erkak va bitta urg'ochi jinsiy organ sistemasi 
joyiashgan bo'ladi.
Invazion kasalliklar hayvonlarga asosan alimentar (parazitlaming tuxum va li­
chinkalari chorva mollariga passiv holatda yem-xashak, suv, oraliq xo'jayini orqali 
oshqozon va ichakka tushadigan parazit chuvalchanglar, koksidiyalar, balantidiy- 
lar), kontakt (parazitlar kasal hayvoniardan sog' mollarga, ular birga boqilganda 
va molboqarlar orqali, trixomonas va boshqalar), perkutan y o ii bilan (ankilostoma 
lichinkalari, qon so'ruvchi bo'g'im oyoqlilar, piroplazmid, tripanosomalar, onxo- 
tserka, parafilariya lichinkalarini teri orqali yuqtiradi), bumn teshigi, ko 'z orqali 
(burun tomoq bo'kasi, telyaziya), ona qomida (ayrim parazitlar onadan bolaga kin- 
dik orqali o'tadi - neoaskaridalar, taksokaralar) va boshqa y o ila r orqali yuqadi.
Bemor (yoki bakteriya tashuvchi)dan yoki kasal hayvondan bo'g'im oyoqlilar, 
asosan qon so'ruvchilar orqali sog'lom kishilarga yuqadigan kasalliklar (bezgak, 
tepkili terlama va boshqalar) transmissiv kasalliklar deyiladi.
Yuqumli kasalliklar asosan infeksion va invazion kasalliklarga bo'iinadi. Hay- 
vonot dunyosidan asosan parazit chuvalchanglar, o'rgimchaksimonlar, hasharot­
lar hamda bir hujayrali hayvonlar tomonidan qo'zg'atiladigan kasalliklar invazion 
yoki parazitar kasalliklar deyiladi. Infeksion kasalliklar esa invazion kasalliklardan 
farq qilib, o'sim liklar dunyosidan bakteriyalar, filtrlanuvchi viruslar, zam burug'lar 
hamda rikketsiyalar tomonidan qo'zg'atiladi.
Hozirgi vaqtda yer yuzida 2 mln. dan ortiq hayvonlarning turi mavjud bo'lsa, 
shulam ing 6 % ini parazitlar tashkil qiladi, ya’ni bir hujayrali hayvonlarning 
6000 dan ortiq turi, so'rg'ichlilar sinfining 4000 ga yaqin turi, M onogeniylaming 
2500 turi, tasm asimon chuvalchanglar sinfining 3000 turi, tikanboshlilar sinfining 
500 ga yaqin turi, nematodalar sinfining 3000 dan ortiq turi va b o 'g 'im o y o q lilar 
tipiga kiruvchi hayvonlarning bir qancha o'nlab ming turlari ham parazitlar 
hisoblanadi.
14



Yüklə 6,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   136




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin