KIRISH Parazitologiya (yunoncha parasites - tekinxo‘r, parazit va logos - ta’limot, fan demakdir) - biologiya fanining bir tarmog‘i hisoblanib, parazitizm hodisa- lari, ya’ni parazit bilan xo‘jayin o ‘rtasidagi o ‘zaro munosabatlar, ulaming tashqi muhit omillariga bog‘liqligi, odam, hayvon, o ‘simliklarda uchrovchi parazitlar va ular qo‘zg‘atadigan kasalliklar hamda bu kasalliklarga qarshi kurash usullarini o ‘rganadigan fan. Parazitologiya parazitlar morfologiyasi, anatomiyasi, gistologiyasi, fiziologiya- si, embriologiyasi, ekologiyasi, geografiyasi, tasnifi, filogeniyasi hamda parazit va xo ‘jayin o ‘rtasidagi o ‘zaro munosabatlami tekshiradi. Akademik K.I. Skryabin parazitlaming kelib chiqishi xususiyatiga ko‘ra, ulami o ‘rganadigan fanni ikki guruhga bo‘ladi. Birinchi guruh - fitoparazitologiya deyilib, u o ‘simliklar dunyosidan kelib chi- qadigan bakteriya, virus va boshqa parazitlar hamda ular ta’sirida sodir bo‘ladigan yuqumli kasalliklami o‘rgatadi. Ikkinchi guruh - zooparazitologiya deyilib, qo‘zg ‘atuvchisi hayvonot dunyosi dan kelib chiqadigan (protozoolar, gelmintlar, zuluklar, bo‘g ‘imoyoqlilar va boshqalar) har xil parazitlar ta’sirida paydo bo‘ladigan kasalliklar hamda ularga qarshi kurash choralarini o ‘rgatadi. Umuman, parazitlami o ‘rganish obyektlariga ko‘ra tibbiyot parazitologiya- si veterinariya parazitologiyasi, fitoparazitologiya va umumiy parazitologiyaga bo‘linadi. Parazitologiya ko‘pgina biologik, tibbiyot va veterinariya sohasidagi maxsus fanlar bilan chambarchas bog‘langan. Parazitlaming tavsifi, morfologiyasi, biologi- yasi va tasnifini o ‘rganish bilan zoologiya fani shug‘ullansa, ular qo‘z g ‘atadigan kasalliklar patogenezi, klinikasi, diagnostikasi va davolashini o ‘rganish bilan esa