Bosma grafika(gravyura) ko‘p nusxada nashr qilinadi: Gravyura frans: «graver» so‘zi boMib o‘yish degan ma’noni anglatadi. Bu turi rasmning bosma shaklidan iborat boMib, u metall yoki yog'och taxtaga o‘yish va o‘yuvchi modda yordamida rasm ishlashdir. Gravyura ham o‘z 0
‘mida quyidagi turlarga boMinadi: 71
wm www.ziyouz.com kutubxonasi
Litografiya - asosan toshga, linogravyura - linoleumga, ksilografiya - yog‘ochga va ofort esa - aluminiy va boshqa metallargii o ‘yib ishlanadi. Grafika san’atining mashhur ustalari Sulton Ali Mashhadiy, Kamoliddin Behzod, Leonardo da Vinchi o ‘z zamonasida samarali ijod qilishgan. 0 ‘zbekistonning XX asr grafikachi rassomlaridan Iskandar Ikromov, Qutlug‘ Basharov, Telman Muhamedov, Vladimir Qaydalov, Medet Kagapov, Nikolay Ten, N e’mat Hakimov va boshqalar ijodi e’tiborga molik. Rangtasvir. Tasviriy san’atning bu turi asosan bo‘yoqlar vositasida matoga, devorga shuningdek, tekislik va yuzalarga ishlanadigan san’atdir. Tasvir mazmuni, xarakteri va boshqa barcha xususiyatlari bo‘yoqlar orqali ifodalab berilsa, rangtasvir san’ati deb ataladi. Tasviriy san’atning bu turida ijodkor o‘z ichki kechinmalarini ranglar orqali tasvirlaydi, fazoning cheksizligi, undagi narsalaming rang- barangligi, moddiyligini mohirona ko‘rsatadi. Masalan, qizil va qora bo‘yoqlarda fojiaviylik aks ettirilsa, och moviy va yashil ranglarda tinch va osoyishta holatlar tasvirlanishi mumkin. Rangtasvir san’ati jozibali va qiziqarliligi bilan nafaqat o ‘zlashtirishda, hatto uni idrok qila bilishda ham o‘quvchidan muayyan tayyorgarlikni talab etadi.