Kamoliddin Behzod 1455-yilda Hirotda hunarmand kosib oilasida dunyoga keldi. Naqqoshiik va musavvirlikka bo'lgan qiziqish unda juda erta uyg'ondi. Saroy naqqoshi va musawiri Mirak naqqosh Behzodning iste’dodini payqab, uni o ‘z tarbiyasiga oldi va san’at sirlarini o ‘rgatdi. Mirak naqqosh, Pir Said Ahmad, Alisher Navoiy, Sulton Husayn Mirzo singari ma’rifatparvar olimlar va san’atkorlar davrasida tarbiyalangan Behzod tezda mohir san’atkor b o iib yetishdi. Behzod miniatyuralarining mazmunini nafis, nozik bo'yoq va chiziqlarda tasvirlangan tabiat, hayvonot olami, inson va uning hayotiy munosabatlari tashkil etadi. Behzod o ‘z zamonasining mo‘jaz portret sohasini yuksak pog‘onaga koiara oigan rassom edi. U yaratgan Sulton Husayn Boyqaro, Shayboniyxon miniatyura - portretlarida insonning ichki dunyosini ochib bera oigan. Kamoliddin Behzodning shogirdi Mahmud Muzaxxib, o ‘z zamondoshi, san’atkorlar homiysí ustod A. Navoiy portretini yaratdi. Unda buyuk mutafakkir keksayib qolgan vaqtida tasvirlangan. Uning sodda, lekin nafis kiyimi, nuroniy yuzidagi yengil tabassumi, sal chimrilgan qoshlari orqali rassom A. Navoiydagi shoirona ruhni ifodalagan. Miniatyura /lotin. Minium-kinovar qizil bo‘yoq/ - nafis ishlangan kichik hajmli tasviriy san’at asarlari: q o i yozma kitoblarga ishlangan surat, manzara, grafík tasvirlar; emal, guash, akvarel va boshqa bilan ishlangan kichik portret, suratlar. Markziy Osiyo, jumladan 0 ‘zbekiston hududida ham qoiyozma kitoblarga ishlangan tasvirlar qadimdan bor. Miniatyura san’ati X-XI asrlarda rivoj topgan. Sharafíddin ali Yazdiyning «Zafarnoma»si hamda «Shayboniynoma», «Fatixnoma», «Tarixi Abulhayron» kabi tarixiy asarlar katta mahorat bilan