KIRISH
Ushbu darsHk boshlang‘ich ta’lim va tarbiyaviy ish bakalavr ta’lim
yo'nalishi bo‘yicha ta’lim olayotgan talabalar
uchun moijallangan
boiib, bugungi kun talabiarini hisobga olib tuzildi. Unda boiajak
boshlangich ta’lim o‘qituvchilarini barkamol
inson etib tarbiyalashda
tasviriy va amaliy san’atimizning tutgan o‘mi, badiiy ta’limni
rivojiantirish, madaniy merosimizni mukammal bilish yoiidagi olib
borilayotgan ta’lim-tarbiyaviy ishlaming
mohiyatini ochib berish
nazarda tutilgan. Darslik boiajak boshlangich ta’lim o‘qituvchisi
tasviriy san’atning tur va janrlari, tasviriy san’at
nazariyasi va tarixi,
boshlangich sinflarda tasviriy san’at o‘qitish metodikasi kabilardan
nazariy bilim asoslari va amaliy ko'nikmalarini egallashga qaratilgan.
www.ziyouz.com kutubxonasi
I bob. TASVIRIY SAN’AT 0 ‘QITISH METODIKASI FANÍNING
NAZARIY MAZMUNI
1.1. Tasviriy san’at o‘quv fani, uning maqsadi va vazifalari
Ma’lumki, Oliy va o'rta maxsus pedagogika o‘quv yurtlarida ta’lim
mazmuni kunning eng dolzarb vazifalaridan biri boiib turibdi. Bu
vazifani hal etish hozirgi davr o‘qituvchisini o‘z fani doirasida chuqur va
keng bilimli, shuningdek, ijodkor va izlanuvchan boiishini talab qiladi.
Shu maqsadda boshlangich ta’lim va tarbiyaviy ish ta’lim
yo‘nalishida «Tasviriy san’at o‘qitish metodikasi» fani o‘qitiladi. Bu
fanning asosiy maqsadi talabalarni boshlangich sinflardagi «Tasviriy
san’at» darslarini o‘qitishga tayyorlash, tabiatdagi hamda tasviriy san’at
asarlaridagi go'zallikni ko‘ra
bilish va idrok etish, badiiy did, ko'rish
xotirasi, rangni sezish, fazoviy tasawur, kuzatuvchanlik va badiiy ijodiy
qobiliyatiami o‘stirishdan iborat.
«Tasviriy san’at o‘qitish metodikasi»
kursining asosiy vazifalari
quyidagilar:
- boiajak boshlangich sinf o‘qituvchilarida tasviriy san’at
metodikasi bo‘yicha bilim va malakalami hosil qilish va o‘stirish;
- boiajak boshlangich sinf o‘qituvchilariga tasviriy san’atning
nazariy va amaliy asoslari (yonig‘, soya, perspektiva, kompozitsiya)
haqidagi bilimlarni puxta
egallashga yordam berish;
- boiajak boshlangich sinf o'qituvchilarida rasm ishlash va badiiy
ijod bo‘yicha ko‘nikma va malaka hosil qilish;
- o‘zbek va jahon xalqlari tasviriy, amaliy va me’morchilik san’ati
bilan yaqindan tanishtirish va chuqur o‘rgatish;
- tasviriy san'at o‘qitish metodikasining o‘ziga
xos rivojlanishi
tarixi, maqsad va vazifalari, nazariy asoslari haqida ma’lumot berish;
- talabalarni zamonaviy pedagogik texnologiyalardan
foydalanish
yoilari bilan tanishtirish.
www.ziyouz.com kutubxonasi