Umumiy metodika
- o‘quv fanning nazariy qismini asoslariga
qarashli savollami va ko‘pchilik fanlarga tegishli o‘qitish usul va
uslublarini qo‘llanishlarini ko‘rib chiqadi. Bular quyidagilar:
- tasviriy san’at fanining maqsad va vazifalari;
www.ziyouz.com kutubxonasi
-tasviriy san’at fani dasturiarining tuzilishi va mazmuni;
- o'qitishning tashkiliy shakllari va metodlarini ishlab chiqish;
- ko'rgazmali metodik vositalami tadqiq qilish va tanlash (o‘quv
ko‘rgazmali qurollar va texnik vositalari);
- tasviriy san’atning boshqa fanlar bilan bog'liqligi (adabiyot,
musiqa, biologiya, tarix);
-tushunchalami, iboralami ta’riflash va boshqalar.
Xususiy metodiica - biron-bir o‘quv fanining o‘qitish uslubi
nazarda tutiladi.
- ko‘rgazmali qurollardan foydalanish bo‘yicha tavsiyalar beriladi;
- amaliy va ijodiy ishlaming mazmunlari aniqlanadi va h.k.
Hozirgi kundagi rasm o‘rgatish metodikasi birdaniga kelib,
shakllangan emas, bunga qadar mazkur metodika shakllanishi va
murakkab taraqqiyot yoiini bosib o‘tdi. Respublikamizda tasviriy
san’atni
0
‘rgatish metodikasining shakllanishida mahalliy olimlar,
metodistlaming qator izlanishlari, o‘quv qoilanmalaming ahamiyati
juda katta o‘rin tutadi. Badiiy pedagogika metodika sohasidagi so‘nggi
yutuqlari ko‘rsatilgan va talabalami pedagogik faoliyatga tayyorlash,
ulami metodik bilim va mahoratlar bilan qurollantirish, o‘qitish san’atini
egallashsga yordam berishni o‘ziga asosiy maqsad qilib qo'ygan.
^ I
A.Hamdamov.
Kulol H.Pahimova portreti.
B 'r
Í
A.Perov.
Buxorolik zardo‘zchi qizlar.
www.ziyouz.com kutubxonasi
0 ‘qituvchi tasviriy san’at darslarining tashkilotchisi, rahbari va
ilhomchisi.
Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan o‘quv-tarbiyaviy vazifalarni amalga
oshirishga dastur asosida o‘qitiladigan tasviriy san’at mashg‘ulotlari
narsaning asliga qarab tasvir chizish; xotira va mavzu asosida tasvir
chizish; dekorativ amaliy san’at va haykaltaroshlik; san’atni idrok qilish
kabi turiarda olib boriladi. Quyida biz tasviriy san’at fanning turiarini
ko‘rib chiqamiz.
0 ‘qituvchi tasviriy san’at darslarida o‘quvchilami dars mavzusiga
aktivlashtirish uchun dars mavzusining mazmuni, hayotdagi ahamiyati
va uni chizish qoidalarini tushuntirishi zarur. Ba’zida o‘qituvchilar
tasviriy san’at darslarini tashkil etish uchun o‘quvchilarga dars mavzusi
yuzasidan savollar berib, unga berilgan javoblami to‘Idirish kabi
vositalardan foydalaniladi.
0 ‘quvchiíar dars va darsdan tashqari vaqtlarda mustaqil ravishda
bajarayotgan ishlari vositasi bilimga, malakaga, ijodiy ko‘nikmaga ega
bo'ldilar, o‘qituvchining vazifasi o‘quvchilaming mustaqil ishlariga
yordam berishi, rag‘batlantirish metodi asosida ilhomlantirish, yutuq va
kamchiliklarini o‘z vaqtida ko‘rsatish, ulami o‘z kuchiga ishonchini
mustahkamlashida rahbarlik qiladi.
1.2. Shaxsning badiiy madaniyati va m a’naviyatini rivojlanishida
tasviriy san’atning o‘rni
Insoniyat ma’naviy madaniyatining tarkibiy qismi san’atdir. U
musiqa, teatr, kino, badiiy adabiyot, xoreografiya, tasviriy va amaliy
bezak san’ati kabi boshqa turlarini o‘z ichiga oladi. San’atning har bir
turi o‘z oldiga qo‘yilgan vazifalarni aks ettirishda har xil vositalardan
foydalanadi, masalan, adabiyot - so'zdan, musiqa - tovushlardan,
tasviriy san’at - rang va chiziqlardan va hokazo. Shu bilan birga, har bir
san’at turi o‘z ichida yana xillarga va janrlarga bo‘linadi.
San’atni tushunish, uning kishilar hayotidagi rolini aniqlash
masalasi butun madaniyat tarixi davomida keskin bahs, tortishuvlarga
sabab bo'lib kelgan.
San’atning eng qadimiy va keng tarqalgan turlaridan biri - tasviriy
san’atdir. Odatda real borliqni badiiy obrazlarda, mavjud predmetlami
tabiiy shaklini o‘ziga o‘xshatib umumlashtirib ifodalaydi hamda
predmetlaming hajmi, o‘zaro fazoviy joylashuvini va hokazolarda aks
ettiradi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
.. \ á
Dostları ilə paylaş: |